Bugungi musobaqlar (London vaqti bilan)
10.12 da dzyudochi Ramziddin Saidov 100 kilo vazn toifasida AQSh dzyudochisi Kayl Vashkulat bilan kuch sinashadi. 30 yoshli Ramziddin Saidov raqibidan 8 yoshga katta.
Soat 11.31da suzish bo‘yicha musobaqaga start beriladi. Unda o‘zbekistonlik suzuvchi, 18 yoshli Yulduz Qo‘chqorova birinchi guruhda Janubiy Koreya, Vengriya, Vetnam va Kolumbiya vakillari bilan musobaqlashadi.
Soat 21.00 da 21 yoshli bokschi Fazliddin G‘oyibnazarov 60 kilo bo‘lgan vazn toifasida bo‘lgan vaznda 19 yoshdagi AQSh vakili Xose Ramires bilan ringga tushadi.
Soat 21.30 da 26 yoshli bokschi Abbos Atoyev 75 kilo bo‘lgan vazn toifasida ruminyalik 22 yoshli bokschi Bogdan Yuratoni bilan kuch sinashadi. Abbos Atoyev Olimpiada o‘yinlari doirasida 28 iyul kuni o‘tkazgan birinchi jangida marokashlik bokschi Badriddin Hadduviyni11:9 hisobida mag‘lub etgan edi.
Olimpiadaning beshinchi kuni rekordlari
200 metrga suzish. Erkaklar:
Danielь Gyurta (Vengriya) – 2.07,28 (jahon rekordi)
Og‘ir atletika. Erkaklar. 77 kilogrammgacha bo‘lgan og‘irlikda:
Lyu Syaotszyunь (Xitoy) – 379 kilogramm (jahon rekordi)
Eng ko‘p medallarni Xitoy qo‘lga kiritmoqda
Norasmiy jamoaviy hisobda eng ko‘p oltin medallarni qo‘lga kiritgan birinchi o‘ntalikdagi davlatlar ro‘yxati:
# | Davlatlar | Oltin | Kumush | Bronza |
1 | Xitoy | 17 | 9 | 4 |
2 | AQSh | 12 | 8 | 9 |
3 | Janubiy Koreya | 6 | 2 | 4 |
4 | Frantsiya | 5 | 3 | 5 |
5 | Shimoliy Koreya | 4 | 0 | 1 |
6 | Germaniya | 3 | 8 | 2 |
7 | Italiya | 3 | 4 | 2 |
8 | Qozog‘iston | 3 | 0 | 0 |
9 | Yaponiya | 2 | 4 | 11 |
10 | Rossiya | 2 | 4 | 5 |
O‘zbekiston bitta bronza medal bilan jamoaviy hisobda 39-o‘rinda.