Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2024, Тошкент вақти: 06:37

Islom Karimov qarshi, ammo GESlar qurilmoqda


O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Ostonada o‘tkazgan matbuot anjumanida Tojikistonda Rog‘un va Qirg‘izistonda Qambarota GESlari barpo etilishi yuzasidan pozitsiyasi o‘zgarmaganini va bu borada Qozog‘iston prezidenti u bilan hamfikr ekanini ma‘lum qildi. Biroq O‘zbekiston qarshiligiga qaramay GESlar loyihasi bo‘yicha ishlar davom etmoqda

Karimov o‘z fikrini o‘zgartirmadi, Nazarboyev Karimov tarafida(mi?)

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 25 noyabr kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan Ostonada o‘tgan muzokaralardan so‘ng bergan matbuot anjumanida mintaqadagi suv-energetika zahiralaridan foydalanish muammolarini yana bir bor tilga olib o‘tdi:

-Bugun biz Amudaryo va Sirdaryoning yuqori oqimlarida barpo etiladigan yangi gidrotexnik inshootlar tan olingan xalqaro huquq me‘yorlari, BMT konventsiyalari va bu daryolarning quyi qismida joylashgan davlatlar bilan albatta kelishilgan holda amalga oshirilishi shartligi yuzasidan pozitsiyalarimiz yagona ekanini tasdiqladik, -dedi Islom Karimov.

Ислом Каримов қарши, аммо ГЭСлар қурилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:29 0:00
Бевосита линк

O‘zbekiston prezidentining bu kabi bayonotlari birinchi marta yangrayotgani yo‘q. Karimov 2012 yilning 7 sentabrida Qozog‘istonga qilgan tashrifi chog‘ida Tojikistondagi Rog‘un GESi va Qirg‘izistondagi Qambarota GESi qurilishi haqida gapirar ekan: "Vaziyat shu darajada keskinlashib ketishi mumkinki, bu holat shunchaki diniy qarama-qarshilik emas, urushlarni keltirib chiqarishi mumkin", deya ta‘kidlagan edi.

O‘zbekiston rasmiylari fikricha, Rog‘un va Qambarota GESlari qurilishi mintaqadagi ekologik vaziyatga juda katta salbiy ta‘sir ko‘rsatadi va suv taqchilligiga sabab bo‘ladi.

Rossiya O‘zbekistonga ham "xo‘p", dedi, Qirg‘izistonga ham

Bir necha yil oldin Rossiya hukumati ham O‘zbekistonning gidroinshootlar masalasidagi pozitsiyasiga qo‘shilishini bildirgan. Biroq Rossiya va Qozog‘iston rahbarlari O‘zbekiston prezidenti bilan hamfikr ekanini aytish bilangina cheklangan va Qirg‘iziston hamda Tojikiston hukumatlariga bu masalada bosim o‘tkazishga harakat qilmagan. Aksincha, Rossiya mintaqadagi gidroinshootlar qurilishida sarmoyador sifatida ishtirok etishdan manfaatdor ekanini bildirib keladi.

Masalan, Rossiyaning “Rusgidro” shirkati Qirg‘izistonda Yuqori Norin GES kaskadlari qurilishini boshlagan. Ayni paytda Rossiya bilan hamkorlikda Qambarota -1 GESining texnik asoslari ishlab chiqilmoqda.

Biroq ekspertlar Vladimir Putinning Toshkentga dekabr oyida qiladigan tashrifi chog‘ida bu masala Islom Karimov tomonidan yana bir bor ko‘tariladi va Toshkentni o‘ziga yaqinlashtirishga harakat qilayotgan Kreml “O‘zbekiston pozitsiyasiga yana bir bor qo‘shiladi”, degan fikrni bildirmoqdalar.

Rossiya va‘dalarini bajara olishi dargumon

Ekspertlar fikricha, bu gal Moskvaning O‘zbekiston pozitsiyasini qo‘llashi jiddiyroq bo‘ladi, chunki bu bilan Kreml ikki quyonni bir o‘q bilan urgan bo‘ladi. Ya‘ni O‘zbekistonni o‘ziga yaqinlashitradi va mintaqaning boshqa davlatlariga berilgan balandparvoz va‘dalar, jumladan, Qambarota -1 GESi qurilishiga 2milliard dollar sarmoya yotqizish shartnomasini bajarishni ortga suradi.

-Qambarota-1 GESining loyihaviy qiymati 4 milliard dollar atrofida. Hozir Rossiya qurilishga va‘da qilgan 1 milliard dollarni ololmayapmiz. 4 milliard dollarni kim beradi? Ayni paytda Rossiyaning o‘zi AQSh va G‘arb davlatlari joriy etgan sanktsiyalar oqibatida muammolar girdobida qolgan, -dedi qirg‘izistonlik ekspert Ernest Karibekov.

Ayni paytda Tojikistonda Rog‘un GESi qurilishi davom etmoqda. So‘nggi ma‘lumotlarga qaraganda, Jahon banki 2015 yilgacha mazkur qurilishga 710 million dollar miqdorida mablag‘ ajratish haqida qaror chiqargan. Jahon banki 2010-2012 yillar davomida Rog‘un qurilishiga 710 million dollar bergan edi.

O‘zbekiston CASA-1000 loyihasiga ham qarshi

O‘zbekiston Tojikiston va Qirg‘izistondan Afg‘oniston hamda Pokistonga elektr uzatishga qaratilgan CASA-1000 loyihasi mintaqa iqtisodi va ekologiyasi uchun halokatli bo‘lishini iddao qilib, mazkur loyihaga qarshi chiqib kelmoqda.

O‘zbekistonlik ekspertlar CASA-1000 loyihasini amalga oshirilishi Tojikistonning Rog‘un GESi, Qirg‘izistonning esa Qambarota 1 GESi qurilishi bilan uzviy bog‘liq ekanini aytmoqdalar. O‘zbekiston tomoni fikricha, mazkur qurilishlarning amalga oshirilishi mintaqa suv xo‘jaligi hamda ekologiyasiga katta miqdorda zarar yetkazadi.

O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi tomonidan shu yilning bahorida tayyorlagan xulosada CASA-1000 loyihasida moliyaviy va texnik kamchiliklar ham borligi qayd etiladi. Agar mazkur hujjatga ishonilsa, texnik jihatdan loyiha mukammal emas va u elektr uzatishlarda muntazam uzilishlarga sabab bo‘ladi. Bu holatda esa har bir uzilish mintaqa elektr ta‘minoti uchun 1000 megavat miqdoridagi kuchlanishning yo‘qotilishiga olib keladi.

Moliyaviy jihatdan esa, O‘zbekiston mutaxasislari hisob-kitobicha, CASA-1000 loyihasi rejalashtirilganidek 1 milliard 281 million dollar emas, kamida 1 milliard 821 million dollarni talab qiladi. Mazkur loyihani amalga oshirilishidan esa sarmoyadorlar 104 million dollar zarar ko‘rishlari mumkin.

XS
SM
MD
LG