Линклар

Шошилинч хабар
24 декабр 2024, Тошкент вақти: 06:59

Norvegiyadan Toshkentga qaytgach qamalgan muhojirlar qiynoqqa solingani aytilmoqda


Toshkent viloyat sudi 12-13 yilga hukm qilgan olti o‘zbek.
Toshkent viloyat sudi 12-13 yilga hukm qilgan olti o‘zbek.

O‘zbekistonlik huquq faollari Norvegiyadagi mehnat muhojirligidan Toshkentga qaytgach diniy motivlar va Konstitutsiyaviy tuzimga tajovuz qilganlikda ayblanib 12-13 yilga qamalgan 6 yigitga nisbatan tergov davomida qo‘llanilgan qiynoqlar yuzasidan tergov o‘tkazishni talab qilmoqda.

Toshkent viloyat jinoyat ishlari sudi 24 dekabr kuni Norvegiyada mehnat muhojirligida bo‘lib, 2014 yil bahorida O‘zbekistonga qaytgan Shuhrat Ilhomov, Davron Raxmonov, Asad Rixsiyev, Jahongir Tojiyev, Zafar Karimov, Axmadjon Xoliqovlarning har birini 12 yildan 13 yilgacha ozodlikdan mahrum qilgani haqida Ozodlik radiosi o‘z vaqtida xabar bergan edi.

Mahbuslarning yaqinlari mazkur shaxslar tergov jarayonida qiynoqlarga solinganini aytmoqda.

-Meni xo‘jayinim sud zalida “Meni oyog‘imga urgani uchun men ko‘rsatmalarga majbur bo‘lib qo‘l qo‘yib berdim”, deb aytdilar. Men hamma yoqqa yozdim. Bularning hammasi sud zalida tasdig‘ini topdi, lekin inobatga olinmadi, -dedi 12 yilga qamalgan Shuhrat Ilhomovning rafiqasi Dilnoza Ilhomova.

Норвегиядан Тошкентга қайтгач қамалган муҳожирлар қийноққа солингани айтилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:34 0:00
Бевосита линк

Toshkentdagi Huquq faollari alyansining bildirishicha, tergov davomida qo‘lga olingan shaxslarga olti kun uxlashga ruxsat berilmagan, bir necha kun davomida ayovsiz kaltaklangan, elektr toki bilan qiynoqqa solingan. Ayblanuvchi Davron Raxmonovning tili qiynoqlarga solish jarayonida yirtib tashlangan.

Toshkentlik huquq faoli Shuhrat Rustamov sudda sudlanuvchilarning qiynoqlar to‘g‘risidagi bayonotlari e‘tiborga olinmagani uchun ham sud jarayoni qonunbuzarliklar bilan o‘tdi, deb hisoblaydi:

- Mahbuslarga tazyiq o‘tkazilgan, qiynoqlar qo‘llanilgan. Sudda sudlanuvchilar qiynoqlar haqida ko‘rsatma berishdi. Ular ko‘rsatmalarga qiynoqlar ostida qo‘l qo‘yganlarini ham aytishdi. Sud ayblovni ko‘rib chiqishdan oldin qiynoqlar to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishi kerak edi. Biroq sud bu masalani ko‘rib chiqmasdan turib, ayblovni ko‘ra boshladi. Sud jarayoni bir yoqlama bo‘lgan, chunki sudlanuvchilarning e‘tirozlari, qiynoqlar to‘g‘risidagi bayonotlari e‘tiborga olinmagan, - dedi Shuhrat Rustamov.

Shundan kelib chiqqan holda Huquq faollari alьyansi xalqaro hamjamiyatni, jumladan, Norvegiyadagi huquq faollarini yuzaga kelgan vaziyatga tezkor ravishda munosabat bildirishga, O‘zbekiston hukumatini nomi aytib o‘tilgan mahbuslarga qo‘llanilgan qiynoqlar yuzasidan tergov o‘tkazishga chaqirishga da‘vat etmoqda.

-Biz xalqaro hamjamiyatni va Norvegiya huquq faollari e‘tiborini mazkur masalaga qaratmoqchimiz. Qiynoqlar masalasi dolzarb bo‘lib turgani uchun ham bu mavzuga qaytishimiz lozim, -dedi toshkentlik huquq faoli Yelena Urlayeva.

Shuhrat Ilhomov, Davron Raxmonov, Asad Rixsiyev, Jahongir Tojiyev, Zafar Karimov, Axmadjon Xoliqov bir necha yillik mehnat muhojirligidan so‘ng 2014 yil bahorida Norvegiyadan Toshkentga qaytgan. O‘tgan yilning iyul oyida bu shaxslar noqonuniy diniy tuzilmaga a‘zo bo‘lganlikda va Konstitutsiyaviy tuzimga tajovuzda ayblanib qo‘lga olingan edi.

Ozodlik radiosi 15 dekabr kungi eshittirishida “O‘zbekiston” telekanalida 37 yoshli Shuhrat Ilhomov, 30 yoshli Davron Raxmonov, 28 yoshli Asad Rixsiyev, 38 yoshli Jahongir Tojiyev, 29 yoshli Zafar Karimov, 34 yoshli Axmadjon Xoliqov haqida “Xiyonat” deb nomlangan filmni namoyish qilgani haqida xabar bergan edi.

11 dekabr kuni namoyish etilgan mazkur filmda “O‘zbekiston” telekanali hali sud hukmi o‘qilmay turib, ayblanuvchilar Norvegiyada yashirin faoliyat ko‘rsatgan diniy-ekstremistik oqimga a‘zo bo‘lgani, ularga Oslodagi Abduvohid ismli imom boshchilik qilganini aytgan.

"O‘zbekiston" telekanalining o‘zbekistonliklarni jihodchilik va besoqolbozlikda ayblab, namoyish qilgan ko‘rsatuvidan so‘ng Norvegiya o‘zbek qochqinlarining deportatsiyasini to‘xtadi.

Markaziy Osiyoda inson huquqlari tashkiloti ma‘lumotiga ko‘ra, Norvegiyadan O‘zbekistonga qaytgan 18 kishi tazyiq va bosimga uchragan.

XS
SM
MD
LG