"Мирзиёевни ғалаба билан табриклайман!"
Озодлик тингловчиларидан сайловчиларнинг аксарияти Бош вазир Мирзиёевга овоз бергани, ҳали овоз бериш якунига етмай туриб, аксарият Шавкат Мирзиёевни президентлик билан табриклай бошлагани ҳақида мактублар кела бошлади:
"Bugun saylovga bordim oldimgi yilarga qaraganda rostakam saylov bolmoqda Oldingi saylovda manabu jouga qoshiq qoying deb ozligi xoxlagan nomzodni korsatardi bu gal esa buluten berib xoxlagan 4 ta nomzodan biriga qoshiq qoying deb aytyoti.lekin xamma odamla mirziyayevga ovoz bermoqda.Bu degani mirziyayev golib chiqadi Mirziyayvni galaba bilan tanrikliman ishlariga omad tilab qolaman Ishqlib bundan buyogida xam yaxshi olib boradilar deb umid qlib qolaman".
(Мактуб таҳрирсиз чоп этилди - таҳр.)
"Самарқандда бир киши бир неча киши учун овоз берганини кўрдим"
Самарқандлик тингловчининг айтишича, у овоз берган участкада сайлов куни ҳам Мирзиёевга овоз бериш тарғиб қилинган, шунингдек, бир оиланинг бир неча аъзоси учун бир киши овоз бериши, айрим сайловчилар эса паспортсиз қатнашганига гувоҳ бўлганини иддао қилди:
Марказий сайлов комиссияси маҳаллий вақт билан соат 18:00да қарийб 80 фоиз сайловчи овоз бериб бўлганини маълум қилди
"Мени овоз беришга оғзаки тарзда чақиришди"...
"Men 1998-yil 13-dekabr kuni tuglganman. Joriy yil 18ga to'laman, saylaw tog'risidagi qonunlarda 4-dekabrgaca tuglganlar saylash xuquqiga ega deb yozlganligi ucun wu kungaca menga xech qanday saylovga taklifnoma kelmagandi. Lekin bugun ertalab meni saylov uchastkasiga og'zaki tarzda kelib chaqirishdi. mening xam ismim ro'yxatda borligini va ovoz berishga borishimni so'rashdi. balki qonunlar o'zgartirilgandir deb internetdan izlab ko'rdim ammo topolmadim. Men borib saylovda o'z ovozimni berib keldim. Xuddi men kabi 4-dekabrdan keyin tuglgan o'rtoqlarimga qo'ngiroq qilib ovoz berishga borishganini so'radim ular esa yo'q deb javob berishdi. To'g'ri bu uncalik etiborga arzimaydigan narsa lekin men uchun juda qiziq va g'alati... Ushbu qonun xaqida bironnma bilsangiz menga xam aytishingizni so'rardim".
(Мактуб таҳрирсиз чоп этилди - таҳр.)