Линклар

Шошилинч хабар
24 декабр 2024, Тошкент вақти: 04:55

OzodMikrofon: "Insult bo‘lgan vatandoshni yurtga olib ketishga yordam bering"


Yordamga muhtoj bemor, andijonlik Abduvahob Hasanov
Yordamga muhtoj bemor, andijonlik Abduvahob Hasanov

Rossiyadagi mehnat muhojirlaridan biri Moskvada ishlayotgan hamyurtining insultga uchragani va uni O‘zbekistonga olib ketish uchun vatandoshlaridan ko‘mak so‘rab, OzodMikrofon ga bog‘landi. Andijon viloyatining Marhamat tumanida istiqomat qiladigan 1-guruh nogironi Muxtorjon Yo‘ldoshev ham bolalikdan ojiz ko‘zlarini ochtirish uchun Rossiyada jarrohlik amaliyoti o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘lgani haqida gapirib, vatandoshlardan yordam so‘radi.

"Paralich bo‘lib qolgan musofirga yordam bering!"

"Shu kunlarda Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanidan bo‘lgan mehnat muhojiri 45 yashar Abduvahob Hasanov boshiga og‘ir musibat tushib qoldi. Bu odam kutilmaganda insultga uchrab, tanasining o‘ng tomoni umuman ishlamay qoldi. Abduvahob aka hozir Moskva viloyatining Krasnogorskiy 1-kasalxonasida yotibdi. Bunday holatda odam to‘shakka mixlanib qolishini bilasizlar. Uning ukasi Asror akasini yurtiga olib ketish uchun Moskvaga keldi. Lekin, vrachlar bemorning ahvoli og‘ir bo‘lgani uchun, birpas davolab keyin javob berishini aytmoqda.

Abduvahob akaning davolanishi va vatanga qaytishi uchun moddiy yordam kerak. Shuning uchun bunday taqdirlarga befarq bo‘lmagan vatandoshlardan hamyurtimizga yordam qo‘lini cho‘zishni iltimos qilamiz. Ayni paytda bemor uchun SberBank Rossiya, 4817 7600 6411 8437 hisob raqami ochilib, pul yig‘ilmoqda.

Pul o‘tkazishda tushunmovchilik yoki boshqa savollar bulsa Bekjonga murojaat qilishingizni suraymiz! Telefon: +79660056262.

ILTIMOS YORDAMINGIZNI AYaMANG!!!"

"Bolalikdan ojiz bo‘lib qolgan ko‘zim ochilishi mumkin!"

Andijon viloyatining Marhamat tumanida istiqomat qiladigan Muxtorjon Yo‘ldoshev, bolalikda ko‘r bo‘lib qolgan ko‘zlari yana ochilishiga umid paydo bo‘lganini Ozodlikka aytdi.

Muxtorjonga ko‘ra, Rossiyaning Ufa shahridagi shifokorlar uning ko‘zini tekshirib ko‘rib, jarrohlik amaliyoti orqali ko‘zlar ochilishiga kafolat berganlar.

Ammo, qo‘li kaltaligi bois, Muxtorjon yo‘lkira va operatsiya uchun mablag‘ topolmayotganini va bu uchun vatandoshlaridan yordam berishini so‘radi.

Ногирон МУхторжон Йўлдошев ёрдамга муҳтож
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:10 0:00
Бевосита линк

Muxtorjon Yo‘ldoshevning manzili: Andijon viloyati, Marhamat tumani, Qoraqo‘rg‘on qishlog‘i, Xo‘jaariq mahallasi, Taraqqiyot ko‘chasi, 13 uy. Telefon raqami +998 90 571 43 03.

XS
SM
MD
LG