Линклар

Шошилинч хабар
24 декабр 2024, Тошкент вақти: 01:07

Orolga yaqin mintaqalarda tabiiy ofatdan aholi sog‘ligi va dehqonchilik xavf ostida qoldi (VIDEO)


Оролга яқин минтақаларда туз бўрони кузатилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:02 0:00

O‘zbekistonning shimoliy hududlarida 26 may kuni yuz bergan yomg‘ir aralash tuz bo‘roni 27 may kuni Xorazm viloyati markazi Urganch shahriga yetib keldi.

Ozodlikka kelayotgan xabarlarda Urganch aholisi nafas olish qiyinlashganidan shikoyat qilmoqda. Odamlarga niqob taqib yurish tavsiya qilingan.

Ma’lumotlarga qaraganda, mazkur hududda mart oyida ham tuz bo‘roni ko‘tarilgan va ekinlarga zarar yetgan edi. Tuz bo‘roni ortidan hududda joriy yilgi dehqonchilik katta halokat yoqasida qolgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bo‘ron Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlarida hamdaTurkmanistonning Dasho‘g‘iz viloyatida kuzatilgan.

O‘zgidrometga ko‘ra, mamlakatning shimoli-g‘arbidan sekundiga 20 metr tezlikda esgan kuchli shamol qum-tuz to‘zonini ko‘targan.

“O‘zbekiston havo yo‘llari” shirkatining “Toshkent-Urganch-Moskva” yo‘nalishidagi reysi 27 may kuni qum bo‘roni sababli 4,5 soatga kechiktirildi.

Shirkatning bildirishicha, Toshkentdan Urganch orqali Moskvaga uchayotgan NU-55 reysi poytaxtdan mahalliy vaqt bilan soat 10:00da uchgan. Biroq samolyot bo‘ron oqibatida Urganchga bora olmagan va Buxoro aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘lgan.

Bundan tashqari qum bo‘roni oqibatida “Toshkent-Urganch-Buxoro” reysi Nukusdagi zahira aerodromidan amalga oshirilgan. Bu reys ham 4,5 soatga kechikkan.

27 may kuni kechqurun 2 larda Dasho‘g‘uz viloyatida tabiiy ofat ro‘y bergani to‘g‘risida “Ozodlik” radiosi turkman xizmati muxbiri xabar qildi.

Shimoli-g‘arbdan soniyasiga 20 metr tezlikda esgan shamol tuz-qum bo‘ronini ko‘targan.

Dasho‘g‘uz viloyati Turkmanistonning ekologiyasi yaxshi bo‘lmagan mintaqasi hisoblanadi. Bu viloyatda Orol dengizining qurib borish oqibatlari kuchli seziladi. Mahalliy aholi suvning sifati yomonligi va yerning sho‘rlanishidan shikoyat qiladi. Bu mintaqada tuz-qum bo‘ronlari tez-tez bo‘lmasa-da, har holda muntazam kuzatiladi.

“Ozodlik” mintaqadagi vaziyatni o‘rganmoqda.

XS
SM
MD
LG