Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:07

Toshkentni "zerikarli", deb yozgan jurnalist O‘zTVda “xalq dushmani” ga chiqarildi


Jurnalist Nikita Makarenko "Toshkentni ma’naviyat barbod qiladimi" degan  maqolasi gazeta.uzda e’lon qilindi.
Jurnalist Nikita Makarenko "Toshkentni ma’naviyat barbod qiladimi" degan  maqolasi gazeta.uzda e’lon qilindi.

O‘zbekistondagi gazeta.uz nashri muxbiri 30 yashar Nikita Makarenkoning ayni nashrda 23 avgust kuni chop qilingan "Toshkentni ma’naviyat barbod qiladimi" degan maqolasi O‘zA axborot agentligi va O‘zMTRK telekanallarida tanqid qilindi¸ muallifining o‘ziga esa, “shovinist” va “xalq dushmani” yorliqlari yopishtirildi.

«O‘zbekiston» telekanalida 26 avgust oqshomida efirga uzatilgan «Munosabat» ko‘rsatuvida chiqish qilgan Toshkent Davlat Texnika universitetida huquqshunoslikdan dars beradigan o‘qituvchi Anjelika Abdullaeva Nikita Makarenkoni “Xalq dushmani” deb atadi:

- Bu xalq dushmani bu. Kerak bo‘lsa¸ shu odamni bu yoqqa chaqirish kerak edi, dedi Abdullaeva.

Blogerni "Xalq dushmani" deya atagan Anjelika Abdullaeva
Blogerni "Xalq dushmani" deya atagan Anjelika Abdullaeva

Boshlovchining “siz shu maqolani o‘qiganmisiz, degan savoliga huquqshunos o‘qituvchi “- Men maqolani o‘qimadim”, deya javob berdi.

Ayni ko‘rsatuvda qatnashgan bloger Nozim Safarov bu o‘qituvchini jurnalistni haqorat qilganlikda aybladi.

Ozodlik bilan suhbatda Nozim Safarov Anjelika Abdullaevani toqatsizlikda aybladi va u “jurnalist Nikita Makarenkodan uzr so‘rashi” kerakligini urg‘uladi:

- Opa, negadir, Makarenkoning shaxsiyatiga o‘tib, uni jonli efirda butun o‘zbekistonliklar oldida xalq dushmani, deb atadi. Agar TVda ko‘rgan bo‘lsangiz men va deputat Rasul Kusherbaev bu opaga e’tiroz bildirdik. Men u opaga maqolani o‘qidingizmi desam yo‘q, lekin bilaman deb javob berdi. Bu toqatsizlikning oliy ko‘rinishi bo‘ldi. Bunday xolat na ma’naviyat¸ na etika va na odamgarchilikka to‘g‘ri kelmaydi. Abdullaeva kechirim so‘rasin.

Блогер Нозим Сафаров билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:53 0:00

Jurnalist Nikita Makarenko Ozodlik bilan 27 avgust kungi suhbatda "bu johil ayolning saviyasiz aybloviga e’tibor bermagani va uning kechirimiga muxtoj emasligini" aytdi:

- O‘ta saviyasiz bu yorliqqa¸ ya’ni meni xalq dushmani deb aytishlariyb e’tiborsiz qoldirishni ma’qul deb bilaman. Bular hali ham Sovet davridan qolgan totalitar zehniyat qulligidan ozod bo‘lmaganiga achinaman, xolos. Toshkent zerikarli shahar deb yozgan gapimni ko‘pchilik ma’qullaganiga e’tibor qaratishni ma’qul ko‘raman. Toshkent juda zerikarli shahar. Buni rad qilish imkonsiz. Ishonmasangiz, jahonning har qanday rivojlangan shahri bilan taqqoslab ko‘ring.

Nikita Makarenkodning yana aytishicha¸ Toshkent doimo ham zerikarli shahar bo‘lmagan:

- To‘qsoninchi yillar boshida Toshkent turli g‘oyalar va qiziqarli shaxslar shaxri edi. Erkinlik bor edi. Odamlar kechalari ommaviy sayrga chiqardi, tungi hayot va birmuncha erkinlik bor edi. Ammo Karimov davridagi mulozimlar bu shaharni qo‘rquv girdobidagi hududga aylantirishdi. Bugungi Toshkentni Olmaota yoki Boku bilan solishtirsangiz tushunib olasiz farqini:

Muallifning 23 avgust kungi maqolasida “Ma’naviyat, bu — yolg‘on konsepsiya, adashish. Chunki u barcha insonlarda bir xil qadriyat va ehtiyoj bo‘lishini talab qiladi. Universal qadriyatlar bo‘lmaydi. Eng muvaffaqiyatli va barqaror jamiyat, bu — xilma-xillik, oz sonli guruhlar ham o‘zini erkin his etishidir. Monojamiyat esa — tarixiy berk ko‘chadir.”¸ deya yozgan edi.

Bu gapga qarshi¸ O‘zA “Tungi hayot niqobida «ommaviy madaniyat»ni targ‘ib qilmang!”¸” Eng oson ish – maslahat berish”¸ “Lof ham evi bilan-da, birodar!”¸ “Janob, Farg‘onaga bir keling!” degan bir nechta maqola ketma-ket chop qilindi.

Rasmiy organ O‘zA Nikita Makarenkoni "tirnoq orasidan kir" qidirishda¸ “Bugungi kun ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rib turib ko‘rmaslikka va undan faqat kamchilik qidirish” da ayblaydi.

Ozodlik bilan suhbatda jurnalist Nikita Makarenko bu hurujlarning buyurtma ekanligini aytgan holda¸ davlat yoki boshqa organlardan tazyiq bo‘lmaganligini ta’kidladi:

- Ilgarigidek oldin gazetada urib¸ keyin militsiya olib ketadigan zamon emas. Ular yozishdi menga qarshi¸ lekin buning ortidan huquq- tartibot organlari kelib meni so‘rab-surishtirgani yo‘q. Men Toshkentda tug‘ildim bu shaharni sevaman. Bu mening shahrim. “Ma’naviyat” haqidagi turli to‘qima gaplar bilan shahar hayotini murakablashtirmang!

XS
SM
MD
LG