Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 14:38

Putin pensiya muammosini migrant ishchilar hisobidan hal qilmoqchi


Rossiyaning barcha mintaqalarida pensiya islohotiga qarshi namoyishlar avj oldi
Rossiyaning barcha mintaqalarida pensiya islohotiga qarshi namoyishlar avj oldi

2019 yildan boshlab Rossiya qurilishda ishlovchi xorijlik migrantlarini kvotalash tizimini joriy etadi. Bu haqda e’lon qilgan bosh vazir muovini Tatyana Golikovaga ko‘ra, quruvchi muhojirlar soni umumiy hisobning 80 foizidan oshmasligi belgilanadi.

"Rossiya iqtisodiyotining barcha sohalarida kvotalash joriy etiladi"

Rossiyaning Ijtimoiy-mehnat munosabatlari bo‘yicha uch tomonlama komissiyasi yig‘ilishida so‘zga chiqqan hukumat raisi muovini Tatyana Golikova 2019 yilda mehnat muhojirlari sonini Rossiya iqtisodiyotida cheklash bo‘yicha hukumat loyihasi ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

U bu tashabbus “ishchilar birlashmalari va ish beruvchilar” tomonidan ham ma’qullanayotganini aytdi. Shu bilan birga u developerlarni ishchi-migrantlarga kam haq to‘lash mumkinligi qiziqtirayotganini ham ochiqladi.

Tatyana Golikova oxirgi yillarda ayniqsa qurilish sohasida xorijlik migrantlar soni yuqori bo‘lgan korxonalar ko‘payib borayotgani va shu bois cheklov kiritish vaqti yetib kelganini tushuntirishga urindi:

- Migrantlar mehnatiga tayangan qurilish sohasiga xorij ishchi kuchini jalb etishni qisqartirish lozimligiga e’tibor qaratmoqchi edim. Shu tariqa, qurilishda xorijlik ishchilar sonini 80% etib belgilash taklif etilmoqda. Bu kvotaning joriy qilinishi ortidan bo‘shab qolgan ishchi o‘rinlar rossiyaliklar tomonidan egallanadi, zero mintaqalarda mehnat zahiralari yetarlidir, dedi hukumat rasmiysi.

Tatyana Golikova so‘zlaricha, hukumat “yo‘lovchi transport va yuk tashish transportidagi iqtisodiyot sohasidagi xorijlik ishchilar ulushini 28-dan 26 foizga kamaytirishni taklif etmoqda”.

Bosh vazir muovini Tatyana Golikova
Bosh vazir muovini Tatyana Golikova

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Mehnat va ijtimoiy muhofaza vaziri Maksim Topilin bunday kvotalash birinchi marotaba joriy etilayotgani va odatda barcha qurilish firmalarida migrantlar ishchilarning 100 foizini tashkil etishini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Mehnat vaziri kelgusi yilda joriy etilajak cheklovlar uchta mintaqa - Moskva shahri, Xabarovsk o‘lkasi va Amur viyalotiga tegishli emasligini qo‘shimcha qildi.

Rossiya Statistika xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 2017 yilda qurilish sohasida 6,3 million odam jalb qilingan va ularning 96 fizini markaziy osiyolik migrantlar tashkil etgan.

O‘zbekiston Mehnat vazirligi 2018 yilning boshidan buyon Rossiyaga ishlashga 1 milliondan ziyod o‘zbekistonlik mehnat muhojiri kirib kelganini ma’lum qildi.

"Hukumat nafaqaga chiqarilmagan rossiyaliklarga ish o‘rinlarini yaratmoqchi"

Kuzatuvchilar hukumatning migrantlar sonini cheklashga qaratgan harakatlarini Rossiyada Vladimir Putin hukumati tomonidan joriy etilgan va aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan pensiya islohotlari bilan bog‘lamoqda.

Bundan oldinroq Mehnat vaziri muovini Andrey Pudov Rossiya mehnat muhojirlari oqimi pensiya yoshi keskin oshirilganidan keyin yoshi o‘tgan rossiyaliklarga ish topishga qiyinchiliklar yaratilmasligi kerakligini bildirgandi. Buning ortidan ko‘plab mintaqalarda qator sohalarga xorijlik ishchilarni jalb qilishga cheklovlar kiritila boshlandi.

Xususan, Yoqutistonda 2018 yil yanvarida qurilish va tog‘-kon ishlariga, 2016 yilda Novosibirsk viloyatida maktab, bog‘cha umumiy ovqatlanish sohasida, Kemerovoda iqtisodiyotning birvarakayiga 10 sohasida migrantlarga kvotalar joriy qilindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 iyunida Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev pensiya yoshining oshirilishini e’lon qildi.

Rossiyaning barcha mintaqalarida pensiya yoshi oshirilishiga qarshi norozilik chiqishlari avj olib ketdi. Jumladan 9 sentabr kuni Rossiyaning 33 shahrida o‘tkazilgan norozilik namoyishlarida 839 odam qo‘lga olindi.

XS
SM
MD
LG