Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 20:49

Jizzaxda ishchilarni paxta terimiga olib ketayotgan avtobus ag‘darildi


Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida terimchilarni paxta dalasiga tashiyotgan “Isuzu” rusumli avtobusi halokatga uchrashi oqibatida 19 odam jarohatlandi. Avtobusda o‘ttizga yaqin odam bo‘lgan. Guvohlarning Ozodlikka aytishicha, halokat avtobusning yo‘l chetiga chiqib ketib, ag‘darilishi natijasida yuz bergan. Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi halokat sabablarini o‘rganmoqda.

11 oktabr kuni Jizzaxda “Isuzu” rusumli avtobus yo‘l chetiga chiqib ketib ag‘darildi.

Guvohlarning Ozodlikka aytishicha, halokat oqibatida paxta terimiga borayotgan 28 kishidan 19 nafari turli jarohatlar bilan viloyat tez tibbiy yordam shifoxonasiga olib borilgan.

Shifokorlarga ko‘ra, ulardan o‘n olti nafari hozirda shifoxonani tark etgan, qolganlarning hayoti xavf ostida emas.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, 3 nafar yo‘lovchi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan hamda 16 nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

IIV matbuot xizmati bildiruvida 11 oktabr kuni “Isuzu” rusumli avtobusi salonida jami 28 nafar yo‘lovchi bilan “Jizzax-Do‘stlik-Gagarin” yo‘lining 23-km.da haydab ketayotib, haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida avtobus yo‘l chetiga yonboshlab qolgani aytiladi.

Natijada 3 nafar yo‘lovchi jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan hamda 16 nafar yo‘lovchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda Jizzax Ichki ishlar boshqarmasi halokat yuzasidan surishtiruv ishlari olib bormoqda.

Shu kunlarda paxta yig‘im-terimiga O‘zbekiston bo‘ylab ommaviy safarbarlik e’lon qilingan. O‘tgan oy Buxoroning Kogon tumanida yo‘lovchi avtobusining portlashi natijasida 5 kishi qurbon bo‘lgan, 20 dan ortiqrog‘i yaralangandi.

Ayrim mustaqil manbalar xabar tarqatganidek, avtobusda paxta terimchilari bo‘lgan. Lekin, hukumat rasmiylari avtobus mardikorlarni makkajo‘xori terimiga olib borayotganini bildirgan.

Har bir kilogram terilgan paxta uchun 900-1300 so‘m miqdorida haq to‘lanmoqda.

Jizzaxdagi hodisa mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkent viloyati paxta dalalariga safar qilgan bir paytda ro‘y berdi.

Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi "Valixon ota" fermer xo‘jaligiga borgan va paxtakorlar bilan muloqotda bo‘lgan prezident Mirziyoev bu yilgi paxta terimini uyushqoqlik bilan tashkil etish zarurligini ta’kidladi,

XS
SM
MD
LG