Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 08:47

Karimovning Moskvada o‘rnatilgan haykali ochilmay turib bahs uyg‘otdi (VIDEO)


Islom Karimovning Moskvada o‘rnatilgan haykalining bu suratini deputat A.Morev olgan.
Islom Karimovning Moskvada o‘rnatilgan haykalining bu suratini deputat A.Morev olgan.

Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi yaqinidagi xiyobonga 15 oktabrga o‘tar kechasi politsiya va qo‘riqchilar nazorati ostida Islom Karimov haykali o‘rnatildi.

Atrofida obodonlashtirish ishlari davom etayotgan va yaxshi qo‘riqlanayotgan monument qachon ochilishi borasida rasmiy idoralar ma’lumot bermayapti.

Moskvaning Yakimanka mavzesidagi O‘zbekiston elchixonasi yonidagi Islom Karimov xiyobonida o‘rnatilgan Islom Karimov haykali fotosurati ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Oq choyshab bilan o‘ralgan monument yaqinida hanuzgacha bir avtobus politsiya xodimi turganiga guvoh bo‘ldik: qo‘riqchilar parda tortilgan yodgorlikni suratga olishga ruxsat bermayotir.

Surati ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan Islom Karimov haykali ko‘plab san’atkorlar va muxlislar tanqidiga uchramoqda.

Deputat A.Morev sahifasidan
Deputat A.Morev sahifasidan

Bloger Rustem Adagamov Yakimankada o‘rnatilgan haykal ostiga “Bratvadan Islomga” deb yozib qo‘yishni, zero haykalni u Moskva qabristonlarida banditlarga o‘rnatilgan sanoqsiz bema’ni haykallarga o‘xshatdi.

San’atshunos Boris Chuxovich esa, monumentni “G‘arib diktator - g‘arib farzandlari – g‘aribona buyurtma - g‘arib haykal” deya ta’rifladi.

Boshqalar esa, hatto Karimov haykali kostyumi tugmalari oxirigacha qadalganiga e’tibor bermoqda.

Monument o‘rnatilgan kechasi faqat mahalliy deputat Morev parda ortiga kirib, suratga olishga muvaffaq bo‘ldi.

Yodgorlik kostyum-shim kiygan va bir qo‘li cho‘ntagida bo‘lgan Islom Karimov va uning ortidagi Registon tasviridan iborat.

Islom Karimov yodgorligining Moskvada ochilishi vaqti-soati to‘g‘risida O‘zbekiston na elchixonasi, na boshqa rasmiy idoralari ma’lumot berdi.

Yakimanka mavzesi aholisi Islom Karimovga haykal o‘rnatilishiga qarshi o‘z noroziligini qizg‘in bildirib kelgan edi. Xususan, Change.org saytida mahalliy deputatlar tashabbusi bilan “O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovga Moskvada yodgorlik o‘rnatilishiga qarshi” petitsiya yig‘ish ham davom etayotgani ma’lum.

Mazkur chaqiriq matnida Karimovning asosiy kamchiliklari uning "ruslarga qarshi siyosat olib borgani", lotin grafikasini kiritgani, desovetizatsiya va Ulug‘ Vatan urushiga bag‘ishlab qurilgan memoriallarni vayron qilishdan iborat ekani ta’kidlangan.

O‘tgan yil may oyida O‘zbekiston marhum prezidentining kenja qizi Lola Karimova-Tillaeva Moskvadagi Islom Karimov nomi berilgan xiyobonga o‘rnatiladigan haykalni britaniyalik haykaltarosh Pol Dey (Paul Day) yasashini e’lon qilgan edi.

Islom Karimov haykali atrofida tortilgan choyshab, 17.10.2018
Islom Karimov haykali atrofida tortilgan choyshab, 17.10.2018

Pol Dey – Britaniyada eng ko‘zga ko‘ringan siyosiy voqealarni tasvirlagan juda mashhur ingliz san’atkoridir.

Ta’qib va tazyiqlar ortidan O‘zbekistonni tark etishga majbur bo‘lgan o‘ndan oshiq siyosiy faol Pol Deyga ochiq maktub bilan murojaat qilgan edi.

“Markaziy Osiyoda inson huquqlari” assotsiatsiyasi saytida e’lon qilingan bu maktubda faollar Deydan Islom Karimov haykalini yasashdan voz kechishni so‘ragan.

Britaniyadagi The Times gazetasining yozishicha¸ Dey san’atkor sifatidagi o‘z vazifasi siyosatchilar faoliyati ustidan hukm chiqarish emas¸ o‘ziga pul to‘lovchi mijozlari buyurtmasini sidqidildan bajarish ekanini bildirgan.

Путиннинг Ўзбекистонга ташрифи олдидан Москвада Каримов ҳайкали ўрнатилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:21 0:00

Ayni damda, kuzatuvchilar Islom Karimov yodgorligi shu yilning 18-19 oktabr kunlari O‘zbekistonga kelishi kutilayotgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi arafasida zudlik bilan o‘rnatilayotganiga e’tibor qaratmoqda. U bilan birga O‘zbekistonga tadbirkorlar, siyosatchilar, harbiylar va yuqori lavozimli amaldorlardan iborat kattakon Rossiya delegatsiyasi kelishi kutilmoqda.

2016 yilning 1 noyabrida, Moskva hokimi Sergey Sobyanin poytaxtning Yakimanka okrugida joylashgan O‘zbekiston Mehmonlar uyi yaqinidagi xiyobonga Islom Karimov nomini berish to‘g‘risida maxsus qaror qabul qilgan edi. Qarorga binoan, Islom Karimov yodgorligi Rossiya poytaxtida 2019 yilning 31 dekabrigacha o‘rnatilishi lozim.

2017 yilning 7 mart kuni Turkmanistonning Turkmanobod shahrida Islom Karimovning xorijdagi ilk byusti ochilgan edi.

Islom Karimov sharafiga ishlangan haykallar Toshkent, Samarqand va Qarshi shaharlariga ham o‘rnatilgan.

XS
SM
MD
LG