Линклар

Шошилинч хабар
30 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:54

Silga chalingan bolalar internatiga ko‘rpalar qaytarib berildi


To‘rtko‘ldagi 5 sanatoriya internat-maktabi yotoqxonasi
To‘rtko‘ldagi 5 sanatoriya internat-maktabi yotoqxonasi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumanidagi 5-sanatoriya maktab-internati o‘quvchilarining paxta terayotgan harbiy xizmatchilarga berib yuborilgan ko‘rpalari o‘rniga boshqa ko‘rpa-to‘shak olib kelindi.

Bu haqda maktab-internat tarbiyalanuvchilaridan biri Ozodlikka xabar qildi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining Ozodlikka bildirishicha, internatdagi bolalarning ko‘rpa-to‘shak bilan to‘liq ta’minlangani aniqlangan.

Ozodlik internatda davolanib o‘qiyotgan sil kasalligiga moyil bolalar kechasi bilan uxlolmay sovqotib chiqayotgani, shamollab kasal bo‘layotgani haqida ota-onalar Ozodlikka 25 oktabrda xabar qilgan edi.

Ismi sir qolishini so‘ragan internet tarbiyalanuvchilaridan birining Ozodlikka aytishicha, maqola e’lon qilingan kunning ertasi, 26 oktabr kuni internatga ko‘rpa-to‘shak keltirilgan:

"Moshinada olib kelishdi, nechta ekanligini sanay olmadim. Lekin 26 oktabr kuni hamma bolalar ko‘rpa-to‘shakli bo‘ldi", deydi tarbiyachilardan biri.

Ma’lumot bergani uchun jazolanishidan cho‘chib¸ ismi ochiqlanmasligini so‘ragan tarbiyachi bolalarning ahvolini ko‘rib, yuragi achiyotganini Ozodlikka aytib, shunday degan edi:

50 ta ko‘rpa, 50ta to‘shakni 28 sentabrda paxta terayotgan askarlarga deb, olib ketishdi. Bolalar ko‘rpachasiz, ustiga pododeyalnik yopib yotadigan bo‘lishdi. O‘sha kunlar havo iliq edi, unchalik sezilmadi. Endi esa yomg‘ir yog‘ib, havo sovuganidan keyin, bolalar shamollab, kasal bo‘la boshladi. Kechasi bilan aylanib ularning prostinga o‘ralib g‘ujanak bo‘lib yotganini ko‘rsam, ichim ezilib ketadi. Buning ustiga bu bolalar silga moyil. Ularga sovuq, namgarchilik umuman mumkin emas. Nahotki, shonli terimchi askarlarimizning kuni kasal bolalarning ko‘rpa-to‘shagiga qolgan bo‘lsa”, deydi tarbiyachi.

Ozodlik bolalar yotgan krovatlarning to‘shak va ko‘rpasiz ekanligi haqida video ham e’lon qilgan edi.​

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining Ozodlikka bildirishicha:

"Maktabdagi ko‘rpa to‘shaklar paxta terimiga jalb qilingan muddatli harbiy xizmatchilarga berib yuborilganligi bo‘yicha holati bo‘yicha tuman moliya bo‘limi hamda Respublika xalq ta’limi vazirligi mutaxassislari ishtirokida o‘rganilganda, muassasa yotoqxonasi quvvati 216 o‘ringa mo‘ljallanligi, joriy yilning 26 oktabr kuni holatiga yotoqxonada 186 nafar (53 nafari qiz bolalar) o‘quvchilarning yashayotganligi, o‘rganishda 204 ta yotoq o‘rinlari ko‘rpa to‘shaklar bilan to‘liq ta’minlanganligi, qolgan ko‘rpa-to‘shaklarga zarurat bo‘lmaganligi sababli, omborxonada saqlanayotganligi aniqlandi".

Maktab ma’muriyati yuqorining buyrug‘i bilan 50ta ko‘rpa-to‘shak safarbarlik rezervidagi harbiylarga berib yuborilganini Ozodlikka tasdiqlagan edi.

XS
SM
MD
LG