Линклар

Шошилинч хабар
23 декабр 2024, Тошкент вақти: 11:33

“Qonunni buzgan DXX xodimiga jazo yo‘qmi?”


Toshkent shahridan OzodMikrofon ga arz qilgan Zokirjon Tuvalovning iddao qilishicha, joriy yilning 25 iyun kuni Farg‘ona shahrida uning ukasi, harbiy xizmatchi Bahodir Tuvalovni O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati bo‘limining xodimi boshqargan avtomobil urib yuborgani natijasida og‘ir jarohat olib, bir oy koma holatida yotgan.

“Bizga uning DXX xodimi ekanligi aniq bo‘lsada, pasportidagi yashash manzili Farg‘ona viloyati DXX binosiga ro‘yxatga qo‘yilgan bo‘lsada, lekin u tergov materillarida tadbirkor sifatida o‘tyapti. Oddiy tadbirkor DXX joylashgan binoga ro‘yxatga qo‘yiladimi? Marg‘ilon shahar ichki ishlar bo‘limi esa bu ishni bosti-bosti qilishga harakat qilyapti. DXX xodimi bo‘lsa unga qonun kor qilmaydimi?”, deydi Zokirjon Tuvalov.

ОзодМикрофон: “Қонунни бузган ДХХ ходимига жазо йўқми?”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:13 0:00
Бевосита линк

----------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG