Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 08:55

Angrenda 4 yoshli bolani urib, tishini sindirgan bog‘cha opaga hayfsan berildi (VIDEO)


Angrenlik ona 4 yoshli o‘g‘lini bog‘cha tarbiyachisi urib, tishini sindirganini da’vo qildi. U Ozodlikka jo‘natgan videoda bolakay onasiga bog‘cha opasi uning yuziga urganida tishi "qirsillab" tushganini aytib beradi. Hodisa ro‘y bergan Angrendagi 40-sonli bolalar bog‘chasi rahbarlaridan biri Ozodlik bilan suhbatda masala majlisda muhokama qilingani, bog‘cha tarbiyachisiga hayfsan berilgani va bo‘lgan voqea uchun bolaning ota-onasidan kechirim so‘ralganini aytdi.

4 yoshli bola onasining da’vo qilishicha, tarbiyachi farzandini muntazam urib kelgan.

28 yanvar kuni bolaning qo‘llari bog‘chadan qon bo‘lib kelganidan so‘ng ona bog‘cha rahbariyatiga borib shikoyat qilishga majbur bo‘lganini aytdi.

- Qo‘llari qon ahvolda keldi. Yana nega urding, deb bordim. Borsam, bolangni tarbiyalab qo‘y, deb menga baqirib ketdi. Endi bolam 8 yoshgacha tishsiz yuradimi, - deb bildirdi angrenlik ona.

Ozodlikka onasi jo‘natgan videoda, 4 yoshli bola bog‘cha opasi yuziga urganida tishi tirsillab tushganini aytadi.

4 ёшли бола боғча опаси уриб тишини синдирганини даъво қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:58 0:00

Hodisa ro‘y bergan 40-sonli bog‘cha rahbarlaridan biri Ozodlikka masala majlisda muhokama etilgani, tarbiyachiga hayfsan berilgani va bolaning onasidan kechirim so‘ralganini aytdi.

- Ko‘rib chiqdik, buni. Tarbiyachiga chora ko‘rdik. Ota-onasini oldida kechirim so‘radi. O‘ziga hayfsan berdik. "Boshqa qilmayman", dedi. Bolani tishi qimirlab turgan ekan, keyin tushib qolibdi. Onasini gapi bo‘yicha tarbiyachi urganidan sinib ketgan. Bola sho‘x. Lekin, tarbiyachi "urmadim", deyapti. Uning aytishicha, liqqillab turgan sut tishi tushgan. Shunday bo‘lsa ham onadan kechirim so‘radik, - dedi bog‘cha rahbarlaridan biri.

Lekin, bolaning onasi o‘g‘liga qo‘l ko‘targan bog‘cha tarbiyachisiga qo‘llanilgan "hayfsan" jazosidan norozi ekanini aytdi.

- Bolalarni uradigan tarbiyachiga bog‘chada o‘rin bo‘lmasligi kerak, u tushuntirish xati va hayfsan bilan qutilib qolyapti, - deb bildirdi angrenlik ona.

Bolalarning kaltaklanishi – O‘zbekistonda tarqalgan xolat

O‘zbekiston bog‘chalari va maktablarida tarbiyachi va muallimlarning bolalarni tahqirlashi, kaltaklashi holatlari haqida Ozodlik avval ham xabar bergan.

O‘tgan yilning sentabr oyida Toshkentning Chilonzor tumanida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi 1-sinf o‘quvchisini urgani uchun ishdan bo‘shatilgan edi.

Xorazmning Urganch shahrida o‘tgan yilning aprel oyida o‘quvchisini kavushi bilan urayotgani aks etgan videosi ijtimoiy termoqda tarqalishi ortidan o‘qituvchi ishdan bo‘shatilgandi.

2017 yilning 16 martida esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘quv quroli bilan urib haqorat qilgan farg‘onalik o‘qituvchi ham ishdan haydalgandi.

Bu holat bo‘yicha ham o‘quvchilar olgan video ijtimoiy tarmoqqa qo‘yilib ovoza bo‘lganidan so‘ng o‘qituvchiga chora ko‘rilgan edi.

Bog‘chada bolalarning xo‘rlanishi bilan bog‘liq eng katta janjal esa ikki yil avval Surxondaryoda ro‘y bergan edi.

Surxondaryoning Denov, Angor va Termiz shaharlaridagi kunduzi bolalar jismoniy jazolanadigan, tunda esa fohishaxonaga aylanadigan bog‘chalarning qorovullari va tarbiyachilari sudga tortilgani ortidan o‘nga yaqin mulozim ishdan olingani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG