Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:29

Uka “Damas” ustida talashib o‘z akasini o‘ldirdi va jasadini daraxtga osdi


Samarqand Ichki ishlar boshqarmasi xodimining Ozodlikka aytishicha, qotillikda gumonlanib 1999 yilda tug‘ilgan R.K. hibsga olingan, tergov davomida u o‘z akasini o‘ldirganiga iqror bo‘lgan. (Illyustrativ surat)
Samarqand Ichki ishlar boshqarmasi xodimining Ozodlikka aytishicha, qotillikda gumonlanib 1999 yilda tug‘ilgan R.K. hibsga olingan, tergov davomida u o‘z akasini o‘ldirganiga iqror bo‘lgan. (Illyustrativ surat)

Samarqandda 20 yoshli yigit 29 yoshli o‘z akasini bo‘g‘ib o‘ldirgan va uni o‘z joniga qasd qilgan qilib ko‘rsatish uchun jasadini daraxtga osganlikda gumonlanib, hibsga olindi.

Bu haqda qotillik ro‘y bergan xonadon qo‘shnisi Ozodlikka ma’lum qildi, tuman huquq-tartibot organlari bu voqea bo‘lganini tasdiqladi.

Samarqand Ichki ishlar boshqarmasi xodimining Ozodlikka aytishicha, qotillikda gumonlanib 1999 yilda tug‘ilgan R.K. hibsga olingan, tergov davomida u o‘z akasini o‘ldirganiga iqror bo‘lgan.

Voqea 12 aprel kuni Samarqandning Bulung‘ur tuman, Elobod qishlog‘ida ro‘y berdi.

Qotillik ro‘y bergan xonadon qo‘shnisining Ozodlikka aytishicha, aka va uka o‘rtasidagi janjal "Damas" mashinasi ustida chiqqan.

- Otasining eski, o‘tgan asrdan qolgan, shalog‘i chiqqan “Damas”i bo‘lgan. O‘shani oiladagi katta o‘g‘il O.K. minib yurgan. Ukasiga bermagan. "Men haydayman", deb aka-uka mashinani talashgan. Keyin uka o‘z akasini bo‘g‘ib o‘ldirgan. Odamlarni chalg‘itish uchun jasadni daraxtga osgan. Keyin uyiga akam o‘zini osdi, deb borgan, - dedi qotillik ro‘y bergan xonadon qo‘shnisi Ozodlikka.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimi Bulung‘urda shunday voqea bo‘lganini Ozodlikka tasdiqladi.

Uning bildirishicha, tuman prokuraturasi O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 97 moddasi - qasddan odam o‘ldirish bandi bo‘yicha jinoyat ishi ochib, tergov olib bormoqda.

Tergov doirasida o‘tkazilgan ekspertiza natijalari 29 yoshli O.K avval o‘ldirilib, keyin osilganini ko‘rsatgan.

- Bu ish bo‘yicha tuman prokuraturasi shug‘ullanyapti. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, O.K. bo‘g‘ib o‘ldirilib keyin osilgan. Hibsga olingan 1999 yilda tug‘ilgan, hech qaerda ishlamaydigan R.K. hammasini bo‘yniga oldi, - dedi Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimi Ozodlikka.

Qo‘shnilarining Ozodlikka aytishicha, birodarkushlikda ayblanayotgan R.K. oiladagi eng kenja o‘g‘il bo‘lgan.

- Oilada to‘rtta farzand edi. Qizlar turmushga chiqib ketgan. Ota va o‘g‘illar ham hech qaerda ishlamagan. Shu "Damas" evaziga kun ko‘rib kelishayotgan edi. Endi katta aka yo‘q, kichik o‘g‘il qamoqda, - dedi ismi ochiqlanmasligini istagan qo‘shni.

O‘zbekistonda mol-mulk ustida sodir bo‘lgan boshqa shu kabi voqealar haqida Ozodlik avval ham xabar qilgan.

XS
SM
MD
LG