Линклар

Шошилинч хабар
29 ноябр 2024, Тошкент вақти: 03:34

Angorda yuqori kuchlanishda kelgan tokdan televizor portlab, uy yondi(VIDEO)


Yong‘in oqibati
Yong‘in oqibati

Surxondaryo viloyati, Angor tumanining Navshahar mahallasida yashaydigan 77 yashar Hayitmurod Gapparovning uyida ishlab turgan televizor 24 aprel kuni yuqori kuchlanishda kelgan elektr tokidan portlab ketdi.

Ikki marta insultga uchrab¸ uyida og‘ir ahvolda yotgan Hayitmurod Gapparovni portlashdan keyingi olov va quyuq tutun ichidan olib chiqmochi bo‘lgan kelini zaharlanib kasalxonaga yotqizildi.

Angor tuman elektr tarmoqlari idorasi boshlig‘i tok uzatishda hech qanday kuchlanish bo‘lmaganini aytar ekan, bu voqeadan xabarsiz ekanligini bildirdi.

Yong‘in oqibati
Yong‘in oqibati

Angor tumanining Navshahar mahallasida yashaydigan 77 yashar Hayitmurod Gapparovning o‘g‘li Erkin Gapparovning Ozodlikka aytishicha, voqea 24 aprel kuni kechki payt sodir bo‘lgan.

“Otam ikki marta insult olib bir yildan buyon bir joyli bo‘lib yotib qolgan. Kelinimiz televizorni qo‘yib berib, o‘zi tashqarida uy ishlari bilan mashg‘ul ekan. Soat kechki oltidan besh minut o‘tganda, birdaniga katta tok kelib, televizor portlab, yona boshlabdi. Meni uyim ham otamga qo‘shni. Shovqin suronni eshitib, yugurib borsam, hamma yoq qop-qora tutun, uy yonayapti. Qo‘ni-qo‘shnilar yordamga kelib, olovni o‘chirdik. Kelinimiz bir amallab otamni sudrab tashqariga olib chiqdiyu, qo‘rqqanidan va ko‘p tutun yutganidan o‘zining ham mazasi qochib qoldi. Tez yordam chaqirdik. Otamga va kelinga birinchi yordam ko‘rsatib, ketishdi. Lekin kelinimizni yana mazasi bo‘lmadi, ukam kasalxonaga yotqizib keldi”.

Ҳайитмурод Гаппаров хонадонида юз берган ёнғин оқибатлари
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:29 0:00

​Erkin Gapparov, tokning birda o‘chib¸ birda kelishi o‘z mahallasida birinchi bor sodir bo‘lmayotganini bildirdi.

“Bizda elektr o‘ynab turadi, 15 minut bersa, 15 minut o‘chadi. Keyin birdaniga katta tok kelishi oqibatida aholining elektrda ishlaydigan yuzlab jihozlari kuyib qolaveradi. Bu bir necha yildan buyon davom etmoqda”.

Erkin Gapparov Navshahar MFYiga borib, bu haqda dalolatnoma yozib topshirganini qo‘shimcha qildi.

Angor tumani elektr tarmoqlari idorasi boshlig‘i Alisher Yo‘ldoshev Ozodlik bilan suhbatda elektr toki ta’minotida o‘zgarish bo‘lmaganini aytdi.

- Hech qanday tok ko‘paygani ham yo‘q, hech narsa portlagani ham yo‘q. Portlagan bo‘lsa suratlarini olib kelsin, ko‘raylikchi. Bizda bu haqda ma’lumot yo‘q, degan boshliq aloqani uzib qo‘ydi.

Erkin Gapparovning aytishicha, Ozodlik bilan bu suhbatdan so‘ng 25 aprel kuni kechga yaqin tuman elektr tarmoqlari idorasi boshlig‘ining G‘ayrat ismli o‘rinbosari, otasining uyiga kelib, falokat oqibatlarini ko‘zdan kechirgan:

- Bu falokat sizlarning aybingiz bilan bo‘ldi, otam va kelinim o‘lishiga oz qoldi, televizor kuydi, uy yondi, tovonini kim to‘laydi desam, G‘ayrat aka “men bu bo‘yicha mutaxassis emasman, ortda qolgani rost bo‘lsin”, deb ketdi.

Ozodlik 3 mart kuni Angor tumanining Oxunboboev mahallasida tushdan keyin elektr simlariga birdaniga yuqori kuchlanishda kelgan tok, xonadonlarda ishlab turgan barcha televizor, konditsioner, lampochka va boshqa uskunalarni portlatib, kuydirib yuborgani haqida xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG