Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:33

O‘qituvchi uy vazifasini bajarmagan o‘quvchilarni urdi, maktab direktori muallim yonini oldi (VIDEO)


Ozodlikka voqeaga bevosita guvoh bo‘lgan shaxs tomonidan  6 may kuni yuborilgan videotasvirda o‘qituvchi ayol dars payti o‘quvchilarni doska oldida qatorasiga terib urayotgani aks etgan.
Ozodlikka voqeaga bevosita guvoh bo‘lgan shaxs tomonidan  6 may kuni yuborilgan videotasvirda o‘qituvchi ayol dars payti o‘quvchilarni doska oldida qatorasiga terib urayotgani aks etgan.

Ozodlikka voqeaga bevosita guvoh bo‘lgan shaxs tomonidan 6 may kuni yuborilgan videotasvirda o‘qituvchi ayol dars payti o‘quvchilarni doska oldida qatorasiga terib urayotgani aks etgan.

Videodagi voqea 30 aprel kuni Jizzax shahridagi 16-maktabning 6-sinfida sodir bo‘lgan.

Uch daqiqalik videoyozuvda sinf xonasida o‘quvchilar o‘tirgani, bir ayol doska oldida turgan bolalarni qulog‘i va sochidan tortib, yuzi va boshiga shapaloq tushirayotgani aks etgan.

Aftidan¸ yashirin tarzda zib olingan videoda voqeaning boshi va oxiri tasvirga tushmagan.

Ўқувчиларни урган ўқитувчини мактаб директори ҳимоя қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:35 0:00

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ tasvirga tushirilgan voqea Jizzax shahridagi 16-sonli maktabdagi fizika darsi payti sodir bo‘lgan.

Kaltak yegan o‘quvchilardan birining onasi da’vosicha, o‘qituvchi farzandini uyga vazifani bajarmay kelgani uchun urgan.

- Mening bolamni ham urayapti. Darsini qilmagan ekan. O‘qituvchining o‘zi dars o‘tsa bo‘ladiku. 45 minutni dars o‘tmay, "dars qilmading", "ruchkang yo‘q", "daftaring yo‘q", deb, bir nima bahona topib razbor qilib tugatar ekan. Doim urar ekan. Erkak o‘qituvchilari ham bor qattiq uradigan. Bir kuni o‘g‘lim oyog‘ida kaltak izi bilan keldi. “Muallim skakalka bilan urdi”, deydi. Uraverganidan keyin bolamning o‘qishga ishtiyoqi tushib ketdi, "maktabga bormayman", deydi. Direktorga borsak¸ "unaqa holat bo‘lmagan", deb o‘zini olib qochadi. Oxiri sinfdoshlaridan biri mana shu videoni olibdi, - deydi kaltaklangan bolalardan birining onasi.

Voqeaga oydinlik kiritish uchun Ozodlik Jizzax shahridagi 16-sonli maktab direktori Sojida Jo‘raevaga bog‘landi.

Jo‘raeva bu voqeadan xabari yo‘q ekani, lekin holatni o‘rganib, natijasi bo‘yicha ma’lumot berishni va’da qildi.

- Agar qaysi o‘qituvchi kaltaklagan bo‘lsa¸ shu bugun bo‘shatib yuboraman. Lekin bizda hech bir o‘qituvchi bolalarni kaltaklamaydi. Biz bolalardan ham so‘radik, hammasi aytayapti¸ o‘qituvchi qo‘lini ham tekkizmaydi deb¸ - deydi Jo‘raeva.

Jizzax viloyati Xalq ta’limi boshqarmasining Ozodlik suhbatlashgan mulozimi o‘qituvchining o‘quvchilariga qo‘l qo‘tarishi qabul qilib bo‘lmas holat ekanini aytib, voqea yuzasidan surshtiruv o‘tkazilishini bildirdi.

Videotasvirda o‘quvchilarni urgan o‘qituvchining o‘zi bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi.

Maktablarda zo‘ravonlik

O‘zbekiston maktab va kollejlari hamda bolalar bog‘chalarida o‘quvchi va tarbiyalanuvchilarni o‘qituvchilar kaltaklagani haqida Ozodlik ilgari ham xabar bergan.

O‘tgan oy Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi 141-maktabning 9-sinfida o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini urayotgani aks etgan videoni Ozodlik e’lon qilganidan so‘ng o‘qituvchi ishdan haydaldi.

Ўқитувчи ўқувчини урди. Озодлик суриштируви давомида ишдан кетиш тўғрисида ариза ёзди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:27 0:00

4 aprel kuni esa Xorazm viloyati Xazorasp tumani Pitnak shahridagi 3-son o‘rta maktabning 6-sinf o‘quvchisi Doston Sultonov "Milliy istiqlol g‘oyasi fani"dan dars beruvchi o‘qituvchisi kaltaklab, tan jarohati yetkazgani haqda Ozodlikka shikoyat qilgan edi. Zo‘ravon o‘qituvchi bir hafta o‘tib ishdan olindi.

Хоразмлик 13 ёшли ўқувчи устози аёвсиз дўппослагани ҳақида Озодликка шикоят қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:46 0:00
Бевосита линк

Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi sport maktab internati sport murabbiysi esa mart oyida o‘quvchini urib komaga tushirgani ortidan jazoga totildi.

Sport murabbiysi qasddan hayot uchun xavfli bo‘lgan shikast yetkazishda aybdor deb topildi va uch yilga qamaldi.

Bola yaqinlarining Ozodlikka bildirishicha, 2018 yilning 20 sentabr kuni kaltaklangani ortidan komaga tushgan 5- sinf o‘quvchisi 3 oy davomida koma holatida kasalxonada yotgan.

O‘zbekistonda dzyudo darsida urilgan va komaga tushgan bola
O‘zbekistonda dzyudo darsida urilgan va komaga tushgan bola

Bir oy muqaddam Xalq ta’limi vazirligi maktablarda zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan loyiha amalga tatbiq qilish boshlanganini bildirgan edi.

Vazirlik rasmiy saytida aytilishicha, “Maktablarda zo‘ravonlikning oldini olish va ijobiy psixologiyani o‘qitish metodikasi”, deb nomlangan loyiha shu yilning fevralida boshlangan va iyulga qadar davom etadi.

Unda asosiy e’tibor o‘quv dargohida ijobiy psixologik muhitni shakllantirish, xususan, o‘quvchilar o‘rtasida bullingning oldini olishga qaratilishi, shu bilan birga, loyihaning "o‘qituvchilarga ham stress va ishdan “sovish” holatlarining oldini olishda yordam berishi" aytilgan.

Aytilishicha, bu loyiha 2019-2020 yillarda amalga oshiriladi va zo‘ravonlikni oldini olishga qaratilgan o‘quv materiallari O‘zbekiston sharoiti va qonunchiligiga moslashtiriladi. Loyihada evropalik mutaxassislar ham ishtirok etishi aytilgan.​

XS
SM
MD
LG