Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 15:45

“Ortimda prezidentim turgani uchun haq gaplarni aytgan edim, ammo ishdan bo‘shatishdi”


Erkin Gapparov
Erkin Gapparov

Surxondaryo viloyat, Angor tuman, Oxunboboev mahalla fuqarolar yig‘ini kotibi bo‘lib ishlagan Erkin Gapparovning OzodMikrofonga arz qilishicha, u mahalliy rahbarlarning noqonuniy xatti-harakatlarini muntazam ochiq tanqid qilib kelgani uchun, tuman hokimi noqonuniy ishdan bo‘shatgan.

“Prezidentimiz ish faoliyatini “xalqni rozi qilishimiz kerak” deb boshlagan edi. Bundan ruhlanib men ham MFY kotibi sifatida kamchiliklarni ochiq ayta boshladim. Mening tanqidlarim hokim va boshqa amaldorlarning tinchini buza boshladi va qo‘shni mahalladan bo‘lgan bir ayolni menga nisbatan shantaj qildirib, ma’muriy ish ochtirishdi. Meni 15 sutkaga qamshganida tuman hokimi meni ishdan bo‘shatgan ekan. Lekin, qonun bo‘yicha meni faqat ish beruvchim, MFY raisi ishdan bo‘shatish huquqiga ega. Haqiqat tiklanishini so‘rab Sherobod tumanlararo fuqarolik sudiga 4 iyul kuni murojaat qildim. Lekin sud ham mening ishimni ko‘rmayapti. Oliy sudga yozgan shikoyatlarim ham qaytarib mahalliy sudlarga jo‘natilyapti”.

“Ортимда президентим тургани учун ҳақ гапларни айтган эдим, аммо ишдан бўшатишди”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:05 0:00
Бевосита линк

Oxunboboev mahalla fuqarolar kotibi bo‘lib ishlagan Erkin Gapparov o‘tgan yillar davomida Ozodlikka:

Surxondaryo viloyat prokuraturasining Angor tuman 2- ijtimoiy-iqtisodiy sektorini o‘rganishga yuborilgan prokurori Muzaffar Mamatmurodov ikki mahalla oqsoqoli va kotibini 2018 yil 25 aprel kuni ko‘pchilikning oldida qattiq haqorat qilgani;

Angor tumanida kam ta’minlangan oilalar uchun ajratilgan arzon un faqat terimda ishtirok etgan shaxslarga berilayotgani;

Angor tumanida 2018 yilning 18 avgust kuni ayollar mahalla raislari va tuman hokimining bola uchun beriladigan nafaqa puli qirqilishi haqidagi tahdidlari bilan hasharga olib chiqilgani;

Surxondaryo viloyatining Angor tumanidagi Oxunboboev mahallasida 2019 yil 3 mart kuni elektr simlariga birdaniga yuqori kuchlanishda kelgan tok, yuzlab xonadonda ishlab turgan barcha televizor, konditsioner, lampochka va boshqa uskunalarni portlatib, kuydirib yuborgani haqida gapirgan edi.

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG