Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 14:53

Qashqadaryo hokimining “kechirim” so‘rashi uyushtirilgan spektakl bo‘ldi


Zuhra Muqimova
Zuhra Muqimova

Qashqadaryo viloyat, Yakkabog‘ tumanidan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan tadbirkor Zuhra Muqimovaning aytishicha, hokim Zafar Ro‘ziev, chin ko‘ngildan emas, balki prezidentga ko‘rsatish uchun “kechirim so‘rash” sahnasida rol o‘ynab berdi:

“Viloyat hokimi sport majmuasiga kelib uzr so‘ragan bo‘ldi. Majmuaning atrofini militsiya xodimlari o‘rab oldi. Obodonlashtirishdan maxsus olib kelingan ayollar, hokimning o‘zining odamlari, blogerlar va hukumat nashrlari muxbirlari bor edi, xolos. Uylari va do‘konlari buzilgan aholi, hokim muoviniga o‘t qo‘yib yuborgan tadbirkorning yaqinlari ichkariga kiritilmadi. Hokim go‘yoki uzr so‘raganday bo‘lib, o‘zining odamlari oldida chiroyli chiqish qilib berdi, xolos”.

Қашқадарё ҳокимининг “кечирим” сўраши уюштирилган спектакл бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:45 0:00
Бевосита линк

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayogan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG