Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 05:37

Uyi kompensatsiyasiz buzilgan andijonliklar hokimlik oldida ochlik e’lon qildi (VIDEO)


Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Iftixor mahallasida yashovchi o‘nlab odam hokimlik uyi buzilganlarga tovon pulini bermayotganiga norozilik bildirib, 16 sentabr kuni tuman hokimligi binosi oldida to‘plandi.
Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Iftixor mahallasida yashovchi o‘nlab odam hokimlik uyi buzilganlarga tovon pulini bermayotganiga norozilik bildirib, 16 sentabr kuni tuman hokimligi binosi oldida to‘plandi.

Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Iftixor mahallasida yashovchi o‘nlab odam hokimlik uyi buzilganlarga tovon puli bermayotganiga norozilik bildirib, 16 sentabr kuni tuman hokimligi binosi oldida to‘plandi.

Ozodlikka yuborilgan videoda norozilar ochlik e’lon qilishgani, kompensatsiya berilmagunicha ochlikni to‘xtatmasligini aytadi.

Aksiya qatnashchilarining aytishicha, ichki ishlar tizimi xodimlari norozilar oldiga kelgan, ularni tinchlantirib uylariga qaytishga ko‘ndirishga uringan.

Tuman hokimi vakili norozilar oldiga chiqib "ishlaringizni hal qilib beramiz", deb va’da berganidan so‘ng tarqalishgan.

Балиқчи туманида уйи бузилганлар очлик эълон қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:52 0:00

Namoyish qatnashchilaridan biri Malohat Isoqovaning 17 sentabr kuni Ozodlikka aytishicha, tuman hokimligi 2018 yil mart oyida kompensatsiya berish haqida va’da berib, Iftixor mahallasidagi 18 ta uyni buzgan, lekin shu paytgacha tovon puli to‘lamagan.

Hokimiyat bizni 20 yilga qarzdor qilib qo‘ydi, kredit asosida to‘laysizlar uyni pulini deyapti. 3 xonali kvartira berishdi, 300 million so‘mni to‘laysan, deb o‘zimizni bo‘ynimizga ilib qo‘yishdi

“O‘tgan yil 18ta oilaning uyini, shu jumladan biz yashab turgan 6 sotix yer maydonidagi uyimizni bir kunda buzib tashlashdi. O‘rnida ikki qavatli turar joy binosi qurishdi. Uy buzilganda narxlanmadi. Dom quriladi, shu yerga ko‘chasizlar¸ deyishdi. Hozir endi hokimiyat bizni 20 yilga qarzdor qilib qo‘ydi, kredit asosida to‘laysizlar uyning pulini deyapti. 3 xonali kvartira berishdi, 300 million so‘mni to‘laysan, deb o‘zimizni bo‘ynimizga ilib qo‘yishdi, - dedi Isoqova.

Norozilik namoyishida qatnashgan boshqa bir ayolning aytishicha, aholining xoru-zorlikda yashayotgani ular sabr kosasini to‘ldirib yuborgan.

“Hokim bizni aldab, uyimizni buzib chuv tushirdi - mayda bolalarimiz bilan ko‘chada qoldik. Agar hokimlik buzilgan uyimizning haqini bermasa¸ hokimlik oldida¸ kerak bo‘lsa yotib olamiz, - dedi ismi ochiqlanmasligini istagan boshqa bir namoyishchi ayol.

Baliqchi tumani hokimligining qurilish masalalariga mas’ul mulozimi Ozodlikka uyi buzilganlarga tovon puli berilmay kelinayotganini izohlar ekan:

- Xarob ahvoldagi uylar edi. Shuning uchun buzilib, o‘rnida ikki qavatli zamonaviy turar joy binosi qurilib, hammasi shu yerga ko‘chirildi. Ularga imtiyozli kreditlar berildi. Hozir hokimimiz har bir xonadon egasi bilan shaxsan o‘zi uchrashib¸ ularning talab va istaklarini eshitib¸ shu yuzadan amaliy chora ko‘rayapti", - dedi jumladan.

Uyi buzilganlarga tovon puli berilish-berilmasligi haqdagi savolga hokim o‘rinbosari:

- Buni tuman hokimining o‘zidan so‘raysiz, deb¸ suhbatni uzib qo‘ydi.

Ozodlik Baliqchi tumani hokimi Jasurbek Abduraimovning o‘ziga kun davomida bog‘lana olmadi.

Uyi buzilgan Malohat Isoqova: "Uyimiz xarob ahvolda bo‘lgan bo‘lsa, 6 sotix yerimiz bor ediku, shu yerimizni ustida turar joy binosini qurishdiku, hech bo‘lmasa yerimiz uchun tovon to‘lashsa bo‘ladiku", - deydi.

Bundan oldin Farg‘ona, Qashqadaryo va Xorazmda uyi buzilganlar norozilik bildirib ko‘chaga chiqqan edi.

Уйи бузилаëтган аҳоли: Бизни уйимиздан мажбуран ҳайдаб чиқаришмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:38 0:00

Shu yilning iyul oyida Xorazm viloyati Urganch shahrida kompensatsiya berilmasdan uyi buzilgan aholi katta magistral yo‘lini to‘sib qo‘ygandi.

Isyon Urganch shahar hokimining aholiga kompensatsiya berish sharti bilan bostirildi.

Bir kun o‘tib uyi buzilgan urganchliklarga tovon pullari naqd to‘landi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "noqonuniy buzilishlar uchun" Qashqadaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyati hokimlarini keskin tanqid qildi, hatto hayfsan ham berdi.

"Bu siyosat bilan biz uzoqqa bora olmaymiz — zo‘ravonlik siyosati bilan! Agar zo‘ravonlik siyosati zo‘r bo‘lganda, 30 yilda zo‘r bo‘lib ketardik", deya ta’kidlagandi Shavkat Mirziyoyev iyul oyida o‘tkazilgan hukumat majlisida.

Mirziyoyev buyrug‘i bilan hokimlar uylari buzilgani uchun aholidan kechirim so‘radi.

Мирзиёев топшириғи билан 3 ҳоким бузилган уйлар ва тўланмаган товон учун халқ ва президентдан узр сўради
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:21 0:00

Buzilishlar ortidan kelib chiqqan noroziliklardan so‘ng prezident Mirziyoyev shu yilning 4 avgust kuni farmoyish chiqarib, hokimlardan uy va binolarni buzish huquqini olib qo‘ydi.

Prezident farmoyishiga ko‘ra¸ fuqarolar ko‘chmas mulkini buzish ishlari faqat Bosh vazir qarori bilan amalga oshiriladi.

XS
SM
MD
LG