Линклар

Шошилинч хабар
22 декабр 2024, Тошкент вақти: 22:45

Senatning to‘ylarni cheklashga oid qarori qo‘shiqchilarni hurkitdi


O‘zbek qo‘shiqchilari o‘z fikrini poster vositasida ifoda qildi
O‘zbek qo‘shiqchilari o‘z fikrini poster vositasida ifoda qildi

Oliy Majlis Senatining «To‘y-hashamlar, o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida»gi 14 sentabr kungi qaror yuzasidan o‘nlab qo‘shiqchilar shu kunlarda o‘z havotirini izhor qilmoqda.

Qarorning “bitta to‘yda ikki nafardan ortiq xonandaning xizmat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi” degan qismi ular nazarida shou-biznes industriyasiga iqtisodiy zarba beradi.

Ozodlik suxbatlashgan qo‘shiqchilarning aytishicha¸ qarorning bu bandidan “birrovchi” (to‘yga qisqa muddatga kelib, bitta qo‘shiq aytib ketadigan -tahr.) san’atkorlar ziyon ko‘radi.

Yulduzlar nimadan norozi?

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning Instagram’dagi sahifasida 18 sentabr kuni paydo bo‘lib, 30 sentabrda olib tashlangan post tarmoq yuzerlari tarafidan ulashildi.

Yulduz Usmonovaning Instagram’dagi posterlar paradi
Yulduz Usmonovaning Instagram’dagi posterlar paradi

Bu postda Rashid Xoliqov¸ Jaxongir Otajonov, Farruh Zokirov¸ Zilola Musayeva va Ozoda Nursaidova posterlari qo‘yilgan.

Posterlarda olti nafar ijodkorning har biri o‘sha “birrov” ortidan yuzlab odamlarni ish bilan ta’minlashini yozgan.

Xonanda Munisa Rizayeva o‘zining Instagram’dagi sahifasida to‘y va marosimlardagi «birrov» xizmati narxi muhokamalarga sabab bo‘lgani uchun ushbu fikrlarga o‘zining munosabatini bildirib o‘tdi.

Munisa Rizayevaning ta’kidlashicha, u «birrov» xizmati uchun oladigan 700 dollar puldan bir oyda 150 kishi foyda ko‘radi.

Toshkentlik xonanda Dilnur Komilov Ozodlik bilan suhbatda “Balki jamiyat uchun foydali bu qaror san’atkor byudjetiga zarar berib ishchi o‘rinlar kamayishiga” olib kelishini ta’kidladi.

Қўшиқчи Дилнур Комилов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:49 0:00
Бевосита линк


To‘yda emas, konsertda kuylasin

Taniqli rok ijrochi Davron G‘oipov Ozodlik bilan suhbatda “qo‘shiqchilar to‘yda emas, konsertlarda o‘zini ko‘rsatsin. To‘ylardagi qo‘shiqchilar sonining cheklanishi ortidan konsert faoliyati va bu bilan birga xonandalarning professional musiqiy saviiyasi yuksalishi mumkin” degan fikrni bildirdi.

Shou-biznes hayoti haqidagi qator maqolalar muallifi¸ san’atshunos Akmal Rizayev Senat qarori qabul qilingan bo‘lsa ham, xujjatning chalkash joylari soha rahbarlari e’tiroziga sabab bo‘lganiga e’tibor qaratdi:

- 20 sentabr kuni Senatda o‘tgan yig‘ilishda to‘y hashamlarni cheklash haqidagi qarorning san’atkorlarga oid qismiga “O‘zbekkonsert” direktori Odiljon Abduqahhorov e’tiroz bildirdi. Abduqahhorov xonandalar Shahzoda, Nilufar Usmonova, Shohruhxon bitta guruh sifatida faoliyat olib borishi va ular to‘yda birga xizmat qilishini misol qilib keltirdi. Rostdan ham shu holatga qarorda aniqlama yo‘q. Masalan, duet aytadigan qo‘shiqchini bitta deb hisoblaymizmi ëki ikkita?

Qaror qat’iy va uni aylanib o‘tishga istisno yo‘q

Ozodlik bu yuzadan O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasidan izoh oldi. Matbuotga gapirish vazifa doirasiga kirmagani uchun ismi aytilishini istamagan mulozimga ko‘ra “To‘yda faqat ikkita xonanda qatnashadi”:

- Qarorda aniq-ravshan yozilgan. 2 nafar xonanda deb. O‘nta xonandani bular bitta litsenziya asosida birlashgan guruh deb qarorni aylanib o‘tishga yo‘l qo‘yilmaydi. Muzikantlardan tashqari bitta solo aytadigan kishi xonanda deyiladi. Aytaylik, bitta xonanda dejur sifatida to‘yda boshdan-oëq xizmat qilsa¸ boshqa bir xonanda birrovga kelib xizmat qilib ketishi mumkin¸ - dedi mulozim.

Uning ta’kidicha¸ ikki nafardan ko‘p xonanda qatnashgan to‘y va to‘yxona egasi jarimaga tortiladi, san’atkorni litsenziyadan mahrum qilish haqida so‘rov yuboriladi:

- To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaror 2020 yilning 1 yanvaridan kuchga kirishi belgilangan bo‘lib, endi to‘y-hashamlarni o‘tkazuvchi shaxslar tadbirlarni o‘tkazishdan bir hafta oldin yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organini xabardor qilishi shart.

To‘yni tartibga solish qiyin kechmoqda

Qarorga ko‘ra oilaviy tadbirlar faqat bir kun soat 06:00 va 23:00 oralig‘ida o‘tkaziladi. Soat 23:00 dan keyin oilaviy tadbirlarni davom ettirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mustaqil O‘zbekistonda to‘ylarni tartibga solishga urinishlar tarixi Islom Karimov davriga borib taqaladi.Bundan 20 yil oldin, 1998 yil, 28 oktabrda Prezident «To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlar xotiralariga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida»gi farmonni imzolagan edi.

Shundan so‘ng rasmiylarning bu sohadagi harakatlari vaqti-vaqti bilan, esga tushib ketganda o‘tkaziladigan kampaniyalarga aylangani kuzatildi.

XS
SM
MD
LG