Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:13

"O‘lasi qilib kaltaklangan" fermerning qarindoshlari militsiyani harakatsizlikda ayblamoqda


Yaqinlarining aytishicha, 27 yoshli fermer Hurshid Sarabekov 10 oktabr kuni paxtazorda uch hamqishlog‘i tarafidan vahshiylarcha kaltaklangani ortidan shifoxonaga yotqizilgan.
Yaqinlarining aytishicha, 27 yoshli fermer Hurshid Sarabekov 10 oktabr kuni paxtazorda uch hamqishlog‘i tarafidan vahshiylarcha kaltaklangani ortidan shifoxonaga yotqizilgan.

Sirdaryo viloyat, Sardoba tuman markazi - Paxtaobod shaharchasida "o‘lasi qilib keltaklangan" fermerning qarindoshlari tuman Ichki ishlar bo‘limini harakatsizlikda ayblamoqda.

Yaqinlarining aytishicha, 27 yoshli fermer Hurshid Sarabekov 10 oktabr kuni paxtazorda uch hamqishlog‘i tarafidan vahshiylarcha kaltaklangani ortidan shifoxonaga yotqizilgan.

Fermerning amakisi Sherzod Sarabekovning Ozodlikka aytishicha, Ichki ishlar bo‘limi "ataylab ishni tekshirishni turli bahonalar bilan cho‘zib kelmoqda".

Sardoba tumani Ichki ishlar bo‘limi navbatchisi Hurshid Sarabekovning kaltaklanishi yuzasidan ish ochilmaganini Ozodlikka tasdiqladi.

Kaltaklangani aytilayotgan fermer yashaydigan mahalla uchastka nozirining aytishicha, holat yuzasidan ish ochish uchun ekspertiza xulosasi kutilmoqda.

Fermerning amakisi Sherzod Sarabekovning Ozodlikka aytishicha, kaltaklanish oqibatida Hurshidning boshi yorilgan, jag‘i singan va gapirolmaydigan bo‘lib qolgan.

- 10 oktabr kech soat 5 larda ukam paxtazavodga paxta topshirgani ketayotgan bo‘lgan. Uch kishi uni to‘xtatib, mashinaga bosib olib ketgan, "solyarkadan qarzing bor", deb paxtazorda o‘lasi qilib kaltaklagan. Ketmonni dastasi bilan boshini yorishgan. Hozir Hurshid mayib-majruh bo‘lib kasalxonada yotibdi. Kaltaklaganlar o‘zimizni qishloqning odamlari, benzin, solyarkafurushlar.

Sherzod Sarabekovning Ozodlikka aytishicha, ular mazkur ish yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qilgan, lekin murojaatlari besamar ketgan.

“IIB ishni tekshirishni turli bahonalar bilan shu paytgacha cho‘zib kelyapti, ularning manfaatdor joyi bormi deyman, bular benzinfurushlardan dolya olib turadi-da. Ish ochishmayapti, ukam kasalxonada o‘lim bilan olishib yotibdi. Qani adolat, odamni o‘lasi qilib kaltaklashsayu militsiya qarab turaverar ekan-da?!

Amakisining iddaosicha, Hurshid Sarabekovni boshini ketmon sopi bilan urib yorishgan.
Amakisining iddaosicha, Hurshid Sarabekovni boshini ketmon sopi bilan urib yorishgan.

Ozodlik kaltaklangan fermer qarindoshlari iddaosi yuzasidan izoh olish uchun Sardoba tumani Ichki ishlar bo‘limiga bog‘landi.

Bo‘lim navbatchisining Ozodlikka bildirishicha, Hurshid Sarabekovning kaltaklanishi yuzasidan ish ochilmagan.

Paxtaobod shaharchasidagi kaltaklangan fermer yashaydigan mahallaning uchastka noziri Sherzod Kattabekov nimaga ish ochilmaganini Ozodlikka bunday izohladi:

- Ekspertiza xulosasi chiqqani yo‘q, xulosaga qarab turibmiz. Mening qo‘limdagi narsa emas-da bu. Kaltaklagani gumonlanayotgan shaxslardan tushuntirish xatlarini olib qo‘yganmiz. Ular hozir mahallada nazoratga olingan.

Fermerning amakisi Sherzod Sarabekov esa ekspertiza xulosasi 13 oktabr kuni chiqqanini aytdi.

- Bizga ko‘rsatmadi, lekin 13 oktabrda chiqqan, militsiyaga beramiz deyishgan xulosani. Ataylab militsiya ishni paysalga solyapti. Aslida ish ochish uchun xulosa kutib o‘tirish shart emas.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil avgust oyidagi hukumat majlisida ichki ishlar faoliyatini tanqid qilib, organ xodimlari xalq uchun himoyachi bo‘lgan taqdirdagina ular fuqarolar orasida obro‘-e’tibor qozonishini aytgan edi.

"Odamlar o‘zini qiynayotgan muammolarni hal qilish uchun to‘la ishonch bilan, avvalambor, ichki ishlar idoralariga, profilaktika inspektorlariga murojaat qilishiga, har bir xodimda o‘z himoyachisini ko‘rishiga erishish zarur. Shundagina ichki ishlar organlari xalq o‘rtasida munosib obro‘-e’tibor qozonadi", — degan edi Mirziyoyev.

XS
SM
MD
LG