OzodNazar dasturining bugungi mehmoni taniqli o‘zbek adibi, 51 yashar Ulug‘bek Hamdamdir.
Bir qator yirik nasriy asarlar muallifi bilan milliarder Alisher Usmonov italyan haykaltaroshi haqidagi filmga prodyuserlik qilgani¸ Toshkent mudofaasi uchun jon berganlar qolib, bosqinchi askarlar xotirasiga butxona tiklangani kabi mavzularga o‘z munosabatnini bildirdi.
Ulug‘bek Hamdam Suhbatdosh duch kelgan kitobni emas¸ balki yuksak badiiy saviyadagi asarlarni o‘qish zarurligini uqdirdi.