Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:56

Qashqadaryoda deputatlikka nomzodlardan majburan ariza yozdirib olindi


Saylovga oid karikatura/ Eltuz.com
Saylovga oid karikatura/ Eltuz.com

Qashqadaryo viloyat, Koson tumani xalq deputatlari kengashiga deputatlikka nomzodi qo‘yilgan mulozimlardan o‘z nomzodini qaytarib olish haqida majburiy ariza yozdirib olindi.

Ozodlik suhbatlashgan nomzodlarning aytishlaricha, tuman hokimining buyrug‘i bilan uning o‘rinbosari har bir nomzod oldiga borib, saylovda qatnashishdan ixtiyoriy voz kechish haqida ariza yozdirgan.

Tuman hokimining yoshlar ishlari bo‘yicha yordamchisi hokimlik saylov ishlariga aralashmaganini aytdi.

Ozodlikka tuman hokimligi tashkiliy bo‘limi tomonidan tuzilgan, deputatlikka nomzodlar ro‘yxatidan o‘chirilishi lozim bo‘lgan shaxslarning ism familiyasi yozilgan ro‘yxat kelib tushdi.

Bu ro‘yxatni Ozodlikka taqdim qilgan, ismi sir qolishini so‘ragan hokimlik mulozimlaridan birining aytishicha, tuman xalq deputatlari kengashiga qo‘yilgan 14 nomzodning ismi-sharifini ro‘yxatdan o‘chirish vazifasini tuman hokimi yoshlar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Ubaydullo Ochilovga yuklagan.

Bu ro‘yxatda ismi qayd etilgan Oyranchi MFY raisi G‘ayrat Boymirzayev saylovga ikki kun qolganda, hokim o‘rinbosari Ubaydullo Ochilovdan nomzodini olish haqida ariza yozishni eshitishi, uning uchun ham kutilmagan hol bo‘lganini aytdi:

Endi, kostyumimni yelkamga tashlaymanda, O‘zbekistondan chiqib ketaman. Bunday yolg‘on, muttaham, o‘g‘ri zamonning keragi yo‘q menga!


- Qariyb o‘ttiz yildan buyon hokimiyat tizimida ishlayman. Tuman hokimining muovinlari uning nomidan ish qilyapti. Men O‘zLiDepdan, prezident partiyasidan nomzodimni qo‘ygan edim. Hamma narsa hokimiyatning qo‘lida bo‘lganidan keyin shunday bo‘ladi ekan, partiyada rol bormi? Yo‘q! Gapimni yozib olib, prezidentga qo‘yib beringlar. Prezidentim uchun, xalqim uchun jonimni beraman. Biz saylovchilar bilan uchrashdik, dasturlarimiz bilan xalqni tanishtirdik. Hammaga ma’qul bo‘ldi. Endi esa majburan oldirtiryapti, olmasang ertaga ishlagani qo‘ymasa, nima qilish kerak? Mening o‘z nomzodimni qo‘yishimga konstitutsiyaviy haqqim bor. Endi, kostyumimni yelkamga tashlaymanda, O‘zbekistondan chiqib ketaman. Bunday yolg‘on, muttaham, o‘g‘ri zamonning keragi yo‘q menga! Men raislikdan uyalaman, or qilaman endi!”

Ismi sir qolishini so‘ragan yana bir deputatlikka nomzod ham majburan ariza yozib berganini Ozodlikka aytdi:

Lekin tuman hokim o‘rinbosari olmasangiz bo‘lmaydi, bu hokimning topshirig‘i dedi.


“Men ismimni ochiq aytishim mumkin edi. Lekin bular keyin meni ishlagani qo‘ymaydi. Tuman hokim o‘rinbosari olmasangiz bo‘lmaydi, bu hokimning topshirig‘i dedi. Bor nima qilsalaring qilinglar, saylovingga ham, o‘zlaringga ham tupurdim, dedim. Hokimga o‘zlarining odamlaridan deputatlar ko‘proq bo‘lishi kerak bo‘lib qolgan ko‘rinadi. Bizning o‘rnimizga saylovga ikki kun qolganida o‘zining odamlarini tiqishtiryapti. Bizda bu sohada demokratiya bo‘lishi uchun, hali yetti qovun pishig‘i bor, shekilli”.

Ozodlik bu holatga izoh so‘rab Koson tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Ubaydullo Ochilov bilan bog‘landi.

Hokim o‘rinbosari saylov jarayoniga hokimlikning arlashuvini inkor etdi:

- Mening saylov bilan ishim yo‘q, saylovga aralashganim yo‘q. Yangi yil archasi bilan shug‘ullanyapman. Mening hech narsadan xabarim yo‘q, men o‘z ishim bilan shug‘ullanyapman.

Qashqadaryo viloyatining boshqa tumanlarida ham hokimlar aralashuvi bilan boshqa nomzodlar saylovga tiqishtirilayotgani haqida xabar kelmoqda.

Ismi sir qolishini so‘ragan chiroqchilik saylov komissiyasi a’zolaridan biri 21 dekabr kuni bu haqda Ozodlikka shunday deb yozdi:

"Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hokimligi tomonidan qaysi deputatlar saylanishi kerakligi haqida uchastka raislari okrug raislarini alohida-alohida qabul qilib topshiriq bo‘ldi!

Avvalgi saylovda shahrisabzlik hokim Ravshan Komilov muttahamlik qilib Kitob tumanilik 4 foiz ovoz olgan bosh vrachning nomzodini deputatlikka o‘tkazib yuboruvdi. Bu safar sobiq Qashqadaryo hokimining birinchi o‘rinbosari, prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan oxirgi bora imkoniyat berilgan Chiroqchi hokimi Xurram Jo‘rayev deyarli targ‘ibot-tashviqot o‘tkazmagan g‘uzorlik nomzodni Oliy Majlis qonunchilik palatasiga deputat etib saylamoqchi.

Iltimos bu safar xam chiroqchiliklar munosib nomzodni saylashiga nohaqlik, adolatsizlik qilinmasin. Agar mana shu nomzod saylansa hokim aralashgani rost buladi!"

Ozodlik 19 dekabr kuni nomzodi Qashqadaryo viloyat, Shahrisabz shahar xalq deputatlari kengashiga O‘zLiDeP tomonidan ko‘rsatilgan tadbirkor Muhabbat Nasrullayevaning ism- familiyasi nomzodlar ro‘yxatidan o‘chirilgani haqida xabar bergan edi.

Bu haqda Ozodlikka gapirgan Muhabbat Nasrullayevaga ko‘ra, O‘zLiDepning Shahrisabz shahar bo‘limi mulozimlari bu o‘zgartirish shahar hokimligi tomonidan bo‘lganini iddao qilishgan.

XS
SM
MD
LG