Линклар

Шошилинч хабар
24 декабр 2024, Тошкент вақти: 22:32

O‘zbekiston chegarachilari qo‘lga olingan qirg‘izistonlikni 200 ta qo‘yi bilan vataniga qaytardi


Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi ogohlantiruvchi yozuv.
Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi ogohlantiruvchi yozuv.

O‘zbekistonlik chegarachilar qirg‘izistonlikni 200 ta qo‘yi bilan 8 yanvarda vataniga qaytargani to‘g‘risida Qirg‘izistonning Olabuqa tuman hokimi Emil Isaqulov xabar qildi.

Isqaulovga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasidagi aniqlanmagan hududga qo‘ylari bilan o‘tib ketgan cho‘pon o‘zbek chegarachilari tomonidan 8 yanvarda qo‘lga olingan edi.

6 yanvar kuni ham ayni shu tuman aholisi bilan o‘zbek chegarachilari orasida nizo chiqqan edi. Natijada O‘zbekiston chegarachilari havoga qarata ikki marta o‘q otishga majbur bo‘lgan.

Olabuqa tuman hokimi Emil Isaqulov 8 yanvarda yuz bergan voqea tafsilotlarini aytib berdi:

- Tumanning Qumdaq qishlog‘ida yashaydigan cho‘pon chegaraning aniqlanmagan qismida qo‘y boqayotganida o‘zbek chegarachilari ushlab olgan. Qirg‘iziston chegara xizmati vakillari telefon orqali muzokaralar olib borgani natijasida, ko‘p o‘tmay o‘sha fuqaro qo‘ylari bilan birga Qirg‘izistonga qaytarildi. Men o‘zim u yigit bilan uchrashib, xol-ahvolini so‘radim.Bundan tashqari, Cho‘ngsoy qishlog‘i aholisi bilan uchrashib, tushuntirish ishlarini olib bordik, – dedi Isaqulov.

6 yanvar kuni ham ayni shu tuman aholisi bilan o‘zbek chegarachilari orasida nizo chiqqan edi. Vaziyat jiddiylashgach, O‘zbekiston chegarachilari osmonga qarata ogohlantiruvchi o‘q uzgan. Hech kim jabrlanmagan.

Bu voqea Olabuqa tumanining Ko‘ktosh qishloq hududi Aqqurcha degan joyida sodir bo‘lgan. Qirg‘izistonliklarning 520 ta qo‘y - echkisi ikki davlat o‘rtasidagi aniqlanmagan chegara hududiga o‘tib ketgani uchun o‘zbek chegarachilari ularni olib qo‘ygan. Shundan keyin qo‘shni davlat chegarachilari bilan qo‘y-echki egalari o‘rtasida mojaro chiqqan.

Olabuqada O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi bahsli hudud deb hisoblangan 19 ming gektar yer bor. Bu kabi voqealar, mutaxassislarning aytishlaricha, aynan mana shu kabi aniqlanmagan hududlarda tez-tez sodir bo‘lib turibdi.

Chegara masalalari bo‘yicha hukumatning maxsus vakili Qanibek Bo‘to‘bayevning aytishicha, aniqlanmagan hududlar masalasini hal qilish borasida O‘zbekiston bilan muzokaralar olib borilmoqda. Lekin bu so‘zlashuvlar sust ketayapti.

- Aniqlanmagan hududlar masalasida muzokaralar bo‘layapti. Har bir uchrashuvda bu masala birinchi navbatda muhokama qilinmoqda. Oxirgi marta 2019 yilning may oyida chegara bo‘yicha muzokaralarni o‘tkazganmiz. Endi yanvar oyida bo‘ladi deyishayapti. Bo‘lib qolsa kerak. Biz bu masalani muhokama qilishga tayyormiz, - dedi Bo‘to‘bayev.

Jalolobod viloyati hududida Qirg‘iziston bilan O‘zbekiston o‘rtasida aniqlanmagan 5 uchastka bor. Talash yerning ikkitasi Axsi tumanida, qolgani Olabuqa tumanida joylashgan.

Aniqlanmagan yerlarning umumiy maydoni 19 ming 600 gektarni tashkil etadi. O‘zbekiston xozircha Olabuqada bo‘lgan voqealar yuzasidan biron bir ma’lumot tarqatmadi.

Ikki davlat o‘rtasidagi chegara uzunligi 1378 kilometrga teng. Uning 85 foizi aniqlab bo‘lingan.

XS
SM
MD
LG