Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2024, Тошкент вақти: 08:29

Samarqandda Karimov tashabbusi bilan qurilgan devor buzib tashlanadi


Bu devor Samarqandni ikkiga ajratib qo‘ygan
Bu devor Samarqandni ikkiga ajratib qo‘ygan

Samarqanddagi tarixiy Registon maydonini shaharning eski shahar qismidan ajratib turuvchi 2006 yili qurilgan balandligi 3, uzuni 320 metrlik devor buziladigan bo‘ldi. Devor O‘zbekistonning birinchi prezidenti tashabbusi bilan tiklangan edi.

Devorni buzish haqida qaror qabul qilinganini Ozodlikka Samarqand viloyat madaniyat boshqarmasi xodimi bildirdi.

Mulozimga ko‘ra¸ Registon orqasidagi devor buzilishiga Madaniy meros tashkiloti , Miliiy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi Samarqand viloyat boshqarmalari rozilik bergan:

«Bu devor 2006 yilda asosan xavfsizlik maqsadida qurilganligi va madaniy qiymatga ega emasligi sababli buzib tashlanishi belgilandi»

Devorning shimol tarafdan ko‘rinishi
Devorning shimol tarafdan ko‘rinishi

Samarqand viloyat hokimining qurilish masalalari bo‘yicha yangi tayinlangan maslahatchisisi Taxmina Turdialiyeva Ozodlik muxbiri bilan suhbatda «tarixiy axamiyati bo‘lmagan» devorning olib tashlanishini olqishlar ekan, dedi:

«Hozirda devor olinib tashlangandan keyingi holat qanday bo‘lishi borasida dizayn takliflar ko‘rib chiqilmoqda. Maydonning asl tarixiy xolatiga zarar yetkazmaydigan takliflar inobatga olinadi».

Me’mor va antropolog Abdumalik Turdiyevning Ozodlikka aytishicha¸ bu devor 2006 yilda O‘zbekiston prezidenti xavfsizlik xizmati taklifiga binoan tiklangan va devor qurilishi o‘sha davrda Bosh vazir lavozimida bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev nazoratida amalga oshirilgan:

- Devorni qurishdan birinchi maqsad Registon maydonidagi davlat tadbirlari mobaynida o‘sha davrdagi birinchi rahbar Islom Karimovni extimoliy terror xujumidan ximoyalash bo‘lgan. Bu birlamchi maqsad. Shu bois devor pishiq g‘ishtdan qalin qilib qurilgan. Ikkinchi omil esa Samarqandning eski shahar qismidagi mulozimlar fikricha¸ xunuk deb bilingan aholi uylarini mehmonlar nazaridan pana qilish edi. Devorning Registon tarafidagi qismi geometrik naqshlar bilan bezatilgan. Aholi uylari tarafidagi qismi esa bezaksiz. Devor o‘rnida oldin Registon ansamblini eski shahar bilan bog‘laydigan qadimiy ko‘cha¸ ariq¸ xovuz va tutzorlar bor edi. Yangi qurilgan devor bu uyg‘unlikni yo‘qqa chiqargan edi. Bu devorning olib tashlanishi shaxarsozlik va tarixiy -estetik jihatdan ham to‘g‘ri qaror.

Devorniing sun’iy yo‘ldosh orqali olingan tasviri
Devorniing sun’iy yo‘ldosh orqali olingan tasviri

Samarqanddagi Berlin devori?

Devor buzilishi to‘g‘risidagi xabar ijtimoy tarmoqning o‘zbek segmentida asosan ijobiy baholandi.

Nodir Ravshanov ismli facebook yuzeri Registon orqasidagi devorni Berlin devori bilan qiyoslaydi: «Ijro hokimiyati Samarqandning ko‘rki Berlin devori kabi qurilgan sun'iy devorlar emas, balki shaharning odatiy tabiiy ko‘rinishi ekanligini anglayotganidan xursandman. Go‘ri Amir maqbarasi orqasidagi baland devor buzilishini ham kutib qolamiz».

Ayni tarmoqning yana bir yuzeri - Sherzod Bavatov esa shahardagi ushbu devordan-da muhimroq ishlar qolib ketayotganligini tanqid qildi: «Hokimiyat va arxitektura vakillariga hayronman. Buzilishdan boshqa narsani bilmaysizlar. Avval shahardagi bor buzilishlarni tartibga solib, keyin ushbu devorni buzib tashlasa bo‘lmaydimi?»

Tarmoqdagi mavzu muhokamasida ishtirok etgan me’mor Fayzulla Muhammadqulov esa «Devorning hammasini buzish zarur emas» deb hisoblaydi:

«Hammasini buzmay milliy arka tarzida kesib darvozalar qilsa bo‘ladi Tilla kori majmuasi tarafidan qaralsa devorning smalta bilan bezatilgan guldor qismi chiroyli ko‘rinadi. Xar xolda restavrator ustalarning bu naqshlarni yaratishga ozmuncha mehnati singmagan».

Dunyoning sayqali

Samarqandning Registon maydoni uchta madrasa: Ulug‘bek madrasasi, (1417—1420) Tillakori madrasasi (1619-1636), Sherdor madrasasi (1619-1636), dan tashkil topgan me’moriy majmua.

Tarixiy ma’lumotlarda Registonning janubiy tomonida xalq orasida “Childuxtaron” deb atalmish takya va maqbaralar joylashgani aytiladi.

Ammo bu sahn 1904 yilgi zilzila oqibatida xarobaga aylangan va 1910 yili butunlay buzib tashlangani haqida ma’lumotlar bor.

Registon maydoni va unga yondosh mavze 2001 yilda YUNESKOning jaxon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Registon maydoni
Registon maydoni
XS
SM
MD
LG