Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:49

Podmoskovyedagi yong‘inda 6 o‘zbekistonlik nobud bo‘ldi (FOTO)


O‘zbekistonlik 3 ayol va 3 erkak yonib halok bo‘lgan uy. Foto Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva viloyat boshqarmasi fotosurati.
O‘zbekistonlik 3 ayol va 3 erkak yonib halok bo‘lgan uy. Foto Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva viloyat boshqarmasi fotosurati.

Moskva oblast, Ramenskoe tumanida shaxsiy uyda sodir bo‘lgan yong‘inda 6 kishi kuyib halok bo‘ldi.

Ozodlik olgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, nobud bo‘lgan uch erkak va uch ayol - O‘zbekiston grajdanlaridir.

5 may, tonggi soat 4 atrofida Ramenskoe tumanidagi Durnixa qishlog‘idagi shaxsiy uylardan birda chiqqan yong‘in, Moskva oblast Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, soat 6 larda o‘chirilgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasining Ramenskoe tuman bo‘limi xodimlari tomonidan uyda topilgan olti jasadning o‘limi yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 109- moddasi 3- qismi (“Ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan o‘ldirish”) asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

- Yong‘inni o‘chirish paytida oltita noma’lum shaxs - uch erkak va uch ayol murdasi topildi. Yong‘inga elektr tarmog‘idagi nosozlik sabab bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, binoda qo‘shni davlat grajdanlari bo‘lgan 26 odam yashab kelgan. Ularning Rossiyada legal-nolegal holatda yashayotganligi tekshiriladi, dedi Moskva viloyai Tergov qo‘mitasi boshqarmasi navbatchi ofitseri.

Aniqlanishicha, hodisa yusazidan sud-tibbiy va yong‘in-texnik ekspertizalar tayinlandi.

Binoda izolyatsiya holatida bo‘lgan o‘zbekistonlik mehnat muhojilari yashagan
Binoda izolyatsiya holatida bo‘lgan o‘zbekistonlik mehnat muhojilari yashagan

Internet tarmoqlarida hodisa joyidan olingan videoyozuvlar paydo bo‘ldi.

Ramenskoe tuman politsiya bo‘limining ismini sir qoldirishni so‘ragan xodimlaridan biri Ozodlik bilan suhbatda nobud bo‘lgan ayol va erkaklarning barchasi O‘zbekiston vatandoshlari ekani, o‘lganlardan bir nafarining shaxsi aniqlanmaganini ma’lum qildi.

Ozodlik Ramenskoe tumani, Durnixa qishlog‘i, 96- a uyda nobud bo‘lganlarning shaxsiga oid ma’lumotlarni surishtirmoqda.

Politsiya tergov-surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda. Taftish ishlariga Moskva viloyati prokuraturasi xodimlari ham jalb qilindi. Hodisa joyiga viloyat prokurori o‘rinbosari Sergey Rokityanskiy va Ramenskiy tuman prokurori Andrey Danilovlar bordi.

Ozodlik yong‘inda ommaviy ravishda o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari nobud bo‘lgan boshqa holatlar borasida ham​ oldin xabar bergan.

XS
SM
MD
LG