Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 01:14

"Daryoga cho‘kib ketgan kuyovimning jasadini topish uchun suvni kamaytirishmayapti"


Surxondaryo viloyat, Jarqo‘rg‘on tumanidan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan Donaxon Qobilovaning aytishicha, 6 iyun kuni Surxon daryosiga cho‘kib ketgan kuyovi 33 yashar Faxriddin Muhammadiyev jasadini g‘avvoslar suv ko‘pligi sabab topa olmayapti.

Donaxon Qobilovaning aytishicha¸ daryo suvini bir muddat to‘g‘ondan kamaytirib turishni so‘rab tuman, viloyat hokimligi, Suv xo‘jaligi vazirligiga bir necha bor murojaat qilgan¸ ammo hech qanday natija bo‘lmagan.

“G‘avvoslar o‘sha kuni kelib suvga kirib chiqishdi. Suv ko‘p, o‘zimizni oqizib ketmoqda, iltimos qiling suvni biror soatga kamaytirishsin, dedi. Tuman hokimiga murojaat qilsam, Suv xo‘jaligi vazirligiga murojaat qiling, deydi. Vazirlikka murojaat qilsam xat yozing deydi, kamaytirsak ham sizning hududga kelguncha 24 soat vaqt o‘tadi, qorong‘uda g‘avvoslar ishlamaymiz deydi. Xullas, otangga bor¸ onangga bor deb, bir-birlariga solib yotishibdi”.

Donaxonning aytishicha, 6 iyun kuni kuyovi Faxriddin Muhammadiyev velosipedini ko‘tarib olib, daryoning narigi qirg‘og‘iga suv kechib o‘tayotganda to‘lqin oqizib ketgan. Uning suvda oqib ketganiga jiyani guvoh bo‘lgan.

Faxriddin avval soliq inspeksiyasida ishlagan, yaqindan boshlab esa ishdan bo‘shab, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni boshlagan. Qaynonasining aytishicha¸ Faxriddin Muhammadiyev ortida 8 yashar o‘g‘li¸ 2 va 6 yashar qizlari qolgan.

Дарёга чўкиб кетган куёвимнинг жасадини топиш учун сувни камайтиришяпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:33 0:00
Бевосита линк

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG