Линклар

Шошилинч хабар
21 декабр 2024, Тошкент вақти: 22:12

OzodSuhbat: Orenburg va Samarada to‘plangan 2000 o‘zbekka Qozog‘iston qachon yo‘l berishi noma’lum qolmoqda


11 maydan boshlab Rossiya va Qozog‘iston chegarasida o‘z yurtiga ketayotgan yuzlab o‘zbek muhojirlari to‘plana boshladi. Ular davlat hukumatlaridan Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tranzit yo‘lini ochib berishni so‘ramoqda.
11 maydan boshlab Rossiya va Qozog‘iston chegarasida o‘z yurtiga ketayotgan yuzlab o‘zbek muhojirlari to‘plana boshladi. Ular davlat hukumatlaridan Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tranzit yo‘lini ochib berishni so‘ramoqda.

9 iyulda O‘zbekistonning Rossiyadagi diplomatik idoralari rasmiylari Orenburg oblast (Rossiya) Buzuluk rayonidagi Aldarkino qishlog‘ida O‘zbekistonga qaytolmayotgan 1000 nafarga yaqin mehnat migrantlarining 73 vakili bilan uchrashdi. Uchrashuvda migrantlar rasmiylar oldiga o‘z talablarini qo‘ydi. Elchixona vakillari vaziyatni tushuntirishga harakat qildi, biroq o‘zbekistonliklarga Qozog‘iston hukumati o‘z hududidan qachon yo‘l berishi noma’lum qoldi.

Bu ma’lumotni Ozodlik Orenburg oblastidagi O‘zbeklar avtonomiyasi nodavlat, notijorat tashkiloti rahbari, 45 yashar Ravshanhoji Kavlanovdan oldi.

OzodSuhbat: Оренбург ва Самарада тўпланган 2000 ўзбекка Қозоғистон қачон йўл бериши номаълум қолмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:16:29 0:00
Бевосита линк

O‘zbeklar avtonomiyasi rahbarining OzodSuhbatda aytganlarining asosiy nuqtalari:

  • Haydovchilar avtomobillarini O‘zbekistonga olib ketishi uchun imkon yaratilishini, piyoda muhojirlar charter parvozlar kamligini, aviachiptalar qimmatligini aytib, poyezdda yoki avtobuslarda olib ketishni talab qildi.
  • Elchixona rasmiylari muhojirlar talablarini yozib olib, hukumatga yetkazishni va’da qildi. Qozog‘iston va O‘zbekistondagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, muhojirlardan sabr qilib turishni so‘rashdi. Vaziyat yuzasidan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligiga nota yuborilgani ma’lum qilindi.
  • Elchixona rasmiylari Orenburg va Samara oblastlari hududida to‘planib qolgan o‘zbekistonliklarning O‘zbekistonga qaytishiga oid konkret muddat aytmadi. Bu masala ustida ish olib borilayotgani, yechim topilishi bilanoq ma’lum qilinishini va’da qilishdi.
  • Samara oblastida 1300 nafardan ziyod, Orenburg oblastida 920 o‘zbekistonlik mehnat muhojiri to‘planib turibdi.
  • Buzuluk tumaniga kelgan 900 dan ziyod kishiga sharoit yaratilgan, ular chodirlarda yashamoqda. Doktor ham bor.

Bu ma’lumotlarni Ozodlik Orenburg oblastidagi O‘zbeklar avtonomiyasi nodavlat, notijorat tashkiloti rahbari, 45 yashar Ravshanhoji Kavlanov OzodSuhbatda bildirdi.

Orenburg oblastining Qozog‘iston chegarasiga yaqin Sol-Iletsk shahri yaqinida taqriban ikki haftadan buyon Qozog‘iston yo‘l berishini kutib turgan o‘zbekistonlik bir necha yuz mehnat muhojiri 3 iyul kuni Samara oblastiga chegaradosh Buzuluk tumaniga ko‘chirilgan.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasining o‘zbekistonlik mehnat migrantlari Orenburg viloyatining Qozog‘iston chegarasiga yaqin qismida to‘planib qolganidan ham xabari bor.

“Afsuski, shu kunlarda Samara viloyatidagi Bolshaya Chernigovka qishlog‘i, Orenburg viloyatidagi Buzuluk tumani va Sol-Iletsk shahrida O‘zbekiston fuqarolarining yana to‘planishi kuzatilmoqda. Ularning ko‘pchiligi yolg‘on xabarlarga ishonib Rossiyaning turli hududlaridan kelgan va Qozog‘iston orqali vatanimizga qaytish istagini bildirmoqda”, -deyilgan O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasining 5 iyuldagi bayonotida.

Ayni paytda

8-9 iyul kunlari qozoq-o‘zbek chegarasidagi “Jibek jo‘li” – “G‘ishtko‘prik” nazorat-o‘tkazish punktidan 3746 nafar o‘zbekistonlik yurtiga o‘tkazilgan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

TIV Operativ shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, 1 iyuldan 7 iyulgacha mazkur NO‘P orqali 2700 nafardan ziyod vatandosh O‘zbekistonga qaytgan. Biroq yuzaga kelgan texnik muammolar tufayli qozoq-o‘zbek chegarasidan o‘zbekistonliklarni o‘tkazish cheklangan miqdorda amalga oshirilgan. Bu holat chegarada 3000 ga yaqin o‘zbekistonlik to‘planib qolishiga sabab bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG