Линклар

Шошилинч хабар
24 декабр 2024, Тошкент вақти: 00:41

“O‘n kundan buyon test topshirolmayapman, ahvolim og‘irlashyapti”


Toshkent shahar, Shaxontohur tumanida istiqomat qiladigan yosh ona OzodMikrofonga murojaat qilib, o‘zi va bir yashar o‘g‘li koronavirus yuqtirgani, ammo o‘n kundan buyon test topshirolmayotganidan shikoyat qildi.

“O‘n kundan buyon Shayxontohur tumani Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik bo‘limiga telefon qilib tusholmayman. E’lon qilgan bitta telefoni o‘chirilgan, bittasi umuman ko‘tarmaydi. Har kuni issig‘im chiqib, nafas olishim tobora qiyinlashib boryapti. Poliklinikaga murojaat qilsam, vrachlar menga maslahat berib turishibdi, lekin SESga topshirilgan o‘nlab testlarning javobi bir haftadan buyon chiqmaganini aytishmoqda. O‘zim SESga borolmayman, chunki birinchidan u yoqqa yetib borolmayman, ikkinchidan, boshqalarga yuqtirishim mumkin. Bitta men emas, men tanigan o‘nlab bemorlarning ham ahvoli shunday, test topshirolmayapti”.

“Ўн кундан буён тест топширолмаяпман, аҳволим оғирлашяпти”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:43 0:00
Бевосита линк

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG