Линклар

Шошилинч хабар
24 декабр 2024, Тошкент вақти: 04:12

Belarusda namoyishlar davom etmoqda, qo‘lga olingan namoyishchilar qo‘yib yuborildi


Minsk traktor zavodi ishchilari ish tashladi. 2020, 14 avgust.
Minsk traktor zavodi ishchilari ish tashladi. 2020, 14 avgust.

Belarus poytaxti Minsk va boshqa qator shaharlarda 13 avgustga o‘tar kechasi ham o‘ng minglab kishi norozilik namoyishlariga chiqdi. Rasmiylar tanglikni yumshatish ilinjida kechga yaqin hibsga olingan mingga yaqin namoyishchini qo‘yib yubordi. Ichki ishlar vazirligi esa ayrimlarga qarshi oshiqcha kuch qo‘llanilgani uchun uzr so‘radi.

Ichki ishlar vaziri Yuriy Karayev tasodifiy odamlar jarohat olgani uchun uzr so‘rab, mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olishini bildirdi.

Belarus milliy kengashi raisi Natalya Kochanova prezident Aleksandr Lukashenko namoyishchilarni hibsga olish jarayonini zudlik bilan ko‘rib chiqishga chaqirganini aytdi.

- Jang qilmoqchi emasmiz, bizga urush kerak emas. Bugun kechga qadar ming kishi ruxsat berilmagan tadbirlarda qatnashmaslik majburiyati bilan ozodlikka chiqarildi, - dedi Kochanova.

Belarus politsiyasi namoyishchilarni ayovsiz kaltakladi, ayrim holatlarda namoyishchilarga o‘qotar quroldan o‘t ochildi. Natijada yuzlab namoyishchi jarohatlandi, kamida ikki kishi nobud bo‘ldi.

Ayni damda 6 mingga yaqin namoyishchi hibsda qolmoqda. Bir necha nashr hibsda namoyishchilarni politsiya kaltaklagani va tahqirlagani haqida xabar qildi.

Bu orada zo‘ravonlikni to‘xtatish uchun Belarus hukumatiga xalqaro bosim kuchaymoqda. 13 avgust kuni BMTning inson huquqlari bo‘yicha bir guruh mutaxassisi Belarus politsiyasi ko‘rgan choralarni qoralab bildiruv e’lon qildi.

Estoniya, Latviya, Litva va Polsha yetakchilari «Belarusdagi bo‘hronga tinch yechim topish uchun» yarashtiruvchi vazifasini o‘tash taklifi bilan qo‘shma bildiruv e’lon qildi.

Bildiruv Belarusda «milliy mulofot» olib borish mumkin bo‘lgan forumni tuzishga chaqirdi.

Belarus bo‘ylab ayrim hukumatga tegishli zavod va fabrikalar ishchilari ish tashlashdi.

13 avgust kuni bir guruh ayol Minskda yonma-yon turib, «birdamlik zanjirini» tuzdi. Tinch namoyishlarda ishtirok etayotganlar oldidan avtomobilda o‘tgan haydovchilar esa birdamlik izhor qilish uchun signal chalishdi.

Belarus davlat filarmoniyasining bir guruh musiqachisi filarmoniya oldida «Ovozimni o‘g‘irlashdi» yozuvi bilan namoyishga chiqishdi.

Belarusdagi IT shirkatlarining 700 dan oshiq yetakchisi qo‘shma maktub yozib, hukumatni zo‘ravonlikni to‘xtatishga hamda «ochiq va adolatli» prezident saylovini o‘tkazishga chaqirdi.

Belarus jurnalistlari birlashmasi 23 nafar jurnalist hibsda qolayotganini bildirdi. Birlashmaga ko‘ra, saylov ortidan umumiy hisobda 68 nafar matbuot xodimi qo‘lga olingan.

Беларус тергов изоляторларидаги калтаклаш ва ҳақорат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:59 0:00

11 avgustdan beri Belarus davlat telekanalining bir necha xodimi namoyishchilarni qo‘llashini izhor qilib, iste’foga chiqdi.

Ayrim politsiya xodimlari hamda Belarusning OMON xavfsizlik kuchlari a’zolari ijtimoiy tarmoqlarda tinch namoyishchilarga qarshi keskin kuch qo‘llanilganini qoralab, ish formalarini uloqtirishdi yoki yoqib yuborishdi.

Mingdan oshiq olim va tadqiqotchi hukumatga ochiq xat yo‘llab, namoyishchilarga qarshi kuch ishlatishni bas qilishga hamda qo‘lga olingan barcha namoyishchini qo‘yib yuborishga chaqirdi.

Mahalliy matbuot nashrlariga ko‘ra, mamlakat sharqidagi Bobruysk shahri qamoqxonasida mahbuslar isyon ko‘targan. Mahalliy aholi 13 avgust kuni qamoqxonaga Ichki ishlar vazirligi qo‘shinlari olib kelinganini so‘zlab berdi.

Belarusda amaldagi prezident Lukashenko prezident saylovi g‘olibi bo‘lgani e’lon qilingani ortidan 9 avgustda boshlanib ketgan edi.

Saylovda Lukashenkoning asosiy raqibi bo‘lgan nomzod Svetlana Tixanovskaya ovoz berish natijalarini tan olmadi. Tixanovskayani Belarusni tark etdi va ayni paytda Litvada qolmoqda.

13 avgust kuni Ichki ishlar vazirligi bildiruv e’lon qilib, «mamlakat bo‘ylab tartibsizliklar o‘z kuchini yo‘qotganini, ammo huquq-tartibot organlariga qarshi agressiya hanuz kuchli» ekanligini bildirdi.

Vazirlikka ko‘ra, namoyishlar boshlanganidan beri 103 nafar politsiya xodimi jarohatlangan, ularning 28 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG