Линклар

Шошилинч хабар
16 ноябр 2024, Тошкент вақти: 11:26

O‘quv yili arafasida Andijonning Bo‘stonida 14 o‘qituvchidan koronavirus chiqdi


Andijon viloyat, Bo‘ston tumanida 28-29 avgust kunlari surtma olingan 978 o‘qituvchidan 14 nafarining testi musbat chiqdi.
Andijon viloyat, Bo‘ston tumanida 28-29 avgust kunlari surtma olingan 978 o‘qituvchidan 14 nafarining testi musbat chiqdi.

28 avgustdan 4 sentabrgacha Bo‘ston tuman maktablarining 1070 o‘qituvchisidan Covid-19 testini o‘tkazish uchun surtma olindi. 28-29 avgust kunlari surtma olingan 978 o‘qituvchidan 14 nafarining testi musbat chiqdi.

Bu ma’lumotni Ozodlik Andijon viloyat, Bo‘ston tuman (sobiq Bo‘z) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi (SEOM) vrachidan oldi. Vrach tuman SEO markazi oldida 28 avgustda suratga olingan videoda aks etgan holatning yuzaga kelishida xalq ta’limi mutasaddilarini aybladi. SizdanTelegram rukniga kelgan videoda SEO binosi oldida test topshirgani kelganlar tiqilinchini ko‘rish mumkin.

Ayni paytda, ba’zi joylarda, maktab rahbarlari o‘quvchilarni Covid-19dan tilxatlar yordamida saqlab qolishga urinmoqda.

To‘polonning videoaksi

31 soniyali qisqa videoda bir necha qavatli binoning kiraverishidagi zinalar ustida va atrofda yuziga tibniqob taqqan bir necha o‘n kishi, asosan ayollarning ochiq eshik tomon intilayotganini ko‘rish mumkin. Eshik ochiq turganiga qaramay, bir-biriga yopishib turganlarning oldga harakati sezilmayotganidan eshik oldida kimdir turganini, u hech kimga ichkarilashga izn bermayotganini taxmin qilish mumkin. Hamma birdaniga gapirganidan hosil bo‘lgan g‘ala-g‘ovur orasidan bir ayolning “Malohat bu yoqqa keling”, boshqa ayolning “10- maktab” degan so‘zlarinigina ilg‘ab olsa bo‘ladi.

Video muallifi uni Ozodlika jo‘natar ekan, mana bu matnni ilova qilgan:

SES xodimlarining o‘zlari karantin qoidalariga rioya qilmay, ta’lim xodimlarini bir kunda, bir vaqtda, bir joyga to‘playapti. Ushbu holatda virus tarqalmasligiga kim kafolat bera oladi?

“Andijon viloyati Bo‘ston tumanidan yozyapmiz. O‘qituvchi va maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari tuman SES bo‘limida yangi o‘quv yili arafasida koronavirusga analiz topshirishi kerak. Ammo SES xodimlarining o‘zlari karantin qoidalariga rioya qilmay, ta’lim xodimlarini bir kunda, bir vaqtda, bir joyga to‘playapti. Ushbu holatda virus tarqalmasligiga kim kafolat bera oladi? Karantin qoidalariga avvalo tibbiyot xodimlari va SES vakillari to‘laqonli rioya qilishsin”.

Vrach: Ha, shunday voqea bo‘ldi

Bo‘ston tuman SEOM vrachi (o‘zini tanishtirishni istamadi) videodan xabari borligini, unda aks etgan vaziyat 28 avgustda bo‘lganini tan olarkan, dedi:

"Biz tumandagi maktablarning yarmi tushgacha, qolgani tushdan keyin kelsin, deb Xalq ta’limi bo‘limiga xat chiqarganmiz. Lekin soatlar belgilanmagan, to‘g‘ri. O‘qituvchilar ro‘yxatini berishdi. Ro‘yxat bo‘yicha chaqirsak, ko‘pchilik kelmagan ekan. 10-10:30 larda birdan odam ko‘payib ketib qoldi. Tushdan keyin kelishi keraklar ham kelib olibdi".

Vrachning aytishicha, videoda aks etgan vaziyat yarim soatgina davom etgan, keyin tartib o‘rnatilgan:

Har bir tumanga bir kundan vaqt berishibdi. Masalan, biz 28 avgustda ulgurganimiz yo‘q, 29 avgustda ham davom ettirdik. Ikki kunda 978 o‘qituvchidan surtma oldik.

Bo‘ston tuman SEOM vakilining fikricha, Covid-19 testi topshirish jarayonida yuzaga kelgan boshboshdoqlik uchun xalq ta’limi mutasaddilari aybdor. “Har bir tumanga bir kundan vaqt berishibdi. Masalan, biz 28 avgustda ulgurganimiz yo‘q, 29 avgustda ham davom ettirdik. Ikki kunda 978 o‘qituvchidan surtma oldik. Bu ish shu kungachayam davom etyapti. Vaqtida topshirmaganlar kelib topshiryapti. Shu kungacha 1070 kishidan surtma olindi”.

O‘qituvchilar Covid-19 testini topshirishi uchun ko‘proq vaqt ajratilsa bo‘lmasmidi? Bu savolga javobni na Bo‘ston tuman Xalq ta’limi bo‘limidan, na Andijon viloyat Xalq ta’limi boshqarmasidan olib bo‘ldi: bo‘lim telefonini ko‘targan xodim savolni eshitib, aloqani uzdi, boshqarma telefonlarini hech kim ko‘tarmadi.

Ma’lum bo‘lishicha, tumanlar SEO markazlari test topshiruvchidan surtma oladi, xolos. Surtmalar tahlili viloyat SEOM O‘XYuK (O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar) laboratoriyasida o‘tkaziladi.

Covid-hujjat

Ozodlikda tilga olingan laboratoriyada 28 avgustda Covid-19 ga o‘tkazilgan tahlillar natijasiga oid hisobot nusxasi bor. Aftidan viloyat bo‘yicha tuzilgan va bir necha varaqdan iborat bo‘lgan katta hisobotning bir varag‘i bo‘lgan bu hujjatda hammasi bo‘lib 16 kishining ism-familiyasi, tug‘ilgan sanasi, yashash manzili kabi ma’lumotlar qayd etilgan. Hisobotda unda keltirilganlarning hammasi o‘qituvchi va hammasida virus aniqlangani belgilab qo‘yilgan.

Andijon viloyat SEOM O‘XYuK laboratoriyasida 28 avgustda o‘tkazilgan testlarga oid hisobot. Hujjatdan unda keltirilgan fuqarolarning shaxsiga oid barcha ma’lumotlarni Ozodlik o‘chirdi.
Andijon viloyat SEOM O‘XYuK laboratoriyasida 28 avgustda o‘tkazilgan testlarga oid hisobot. Hujjatdan unda keltirilgan fuqarolarning shaxsiga oid barcha ma’lumotlarni Ozodlik o‘chirdi.

Hisobotda qayd etilgan 16 kishining 3 nafari Izboskan tumanidan, qolgan barchasi Bo‘stondan. 13 nafari ayol.

Demak, 28 avgustda Covid-19ga test topshirgan bo‘stonlik o‘qituvchilardan 13 nafaridan virus chiqqan. Bo‘ston tuman (SEOM) vrachining 4 sentabrda Ozodlikka aytishicha, 28 avgustdan buyon test topshirgan 1070 o‘qituvchining 14 nafaridan virus chiqqan.

Covid-hujjatdagilar

Ozodlik hisobotda ismi qayd etilganlardan bir nechasi bilan bog‘landi. Ulardan biri, Erkin opaning aytishicha, u azadorligi tufayli 28 avgust kunduzi test topshirishga borolgan emas:

O‘sha kuni kech soat 9 larda borib topshiruvdim. Ikki kundan keyin virus chiqqanini aytishdi. Dorilarni olib kelib berishdi. 14 kun uyda o‘tirar ekanman.

“Maktab direktori telefon qildi. Opa, azadorligingizni bilamiz, lekin borib topshirib qo‘ysangiz yaxshi bo‘lardi. Hozircha bepul, ertaga pullik bo‘lib qolishi mumkin, dedi. O‘sha kuni kech soat 9 larda borib topshiruvdim. Ikki kundan keyin virus chiqqanini aytishdi. Dorilarni olib kelib berishdi. 14 kun uyda o‘tirar ekanman”.

Erkinoy opaning aytishicha, u ishlaydigan maktabda yana bir o‘qituvchining testi musbat chiqqan. Ozodlikka uning ham ism-familiyasi hisobotdan ma’lum.

Ozodlik Andijon viloyat SEOM O‘XYuK (O‘ta xavfli yuqumli kasalliklar) laboratoriyasining 28 avgustda o‘tkazilgan testlarga oid hisobotida keltirilgan yana bir bo‘stonlik va bir izboskanlik o‘qituvchi ayol bilan bog‘landi. Ularning aytganlari hisobotda keltirilgan ma’lumotlarni to‘liq tasdiqladi.

Covidga tilxat qalqon?

Bo‘ston tuman SEOM vrachining aytishicha, o‘qituvchilar Covid-19 testidan, Bosh vazir Abdulla Aripovning topshirig‘iga binoan, butun mamlakat bo‘yicha o‘tkazilmoqda. Biroq joylarda, kasallikdan saqlanishning g‘aroyib yo‘llarini o‘ylab topmoqdalar. Masalan, Namangandan xabar qilishlaricha, shahardagi maktablarda “farzandim maktabda kovid yuqtirsa e’tirozim yo‘q” degan mazmunda kafolat xati olinyapti”. Bu haqda xabar qilgan namanganlik tilxat namunasini ham Ozodlikka jo‘natdi.

Respublika maxsus komissiyasi karantin talablarini yumshatish maqsadida 5 sentabrdan bolalar bog‘chalari va maktablar faoliyatiga ruxsat berdi.

Qarorda ta’kidlanishicha, bu masalada ota-onalarning fikrlari va mahalliy deputatlar kengashlarining takliflari inobatga olingan. Maktab va bog‘chalar faoliyati an’anaviy va masofaviy shaklda olib borilishi mumkin.

Xalq ta’limi vazirligiga ko‘ra, yangi o‘quv yilida mamlakat bo‘ylab 9 ming 942 ta maktab ishlaydi, 480 mingdan ortiq o‘qituvchi dars beradi, 6,2 milliondan ortiq o‘quvchi ta’lim oladi.

XS
SM
MD
LG