Линклар

Шошилинч хабар
26 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:53

“Ahmadboyga aldanganday lombard tashkilotiga pul qo‘yib chuv tushdik. Prokuratura chora ko‘rmayapti”


Buxoro viloyat, Jondor tumani, Jo‘ysafed qishlog‘ida yashaydigan Shahodat Jo‘rayeva “Nodirabegim baraka MChJ” lombard tashkilotiga 300dan ortiq odam pul qo‘yib aldanib qolganidan shikoyat qildi:

“2019 yilning iyun oyida tanishlarimning qutqusi bilan “Nodirabegim baraka MChJ” lombard tashkilotiga 14 million so‘m qo‘ygan edim. Qarz oluvchi bu tashkilot har oyda uch foizi bilan bo‘lib berib borishga shartnoma tuzdi. Joriy yilning fevraligacha har oy 420 ming so‘mdan to‘lab keldi. Lekin shundan keyin yo‘qoldi. Ichki ishlarga arz qilgani borsam, 200 dan ortiq menga o‘xshaganlar borgan ekan. Hammamiz ariza qilib topshirdik. Lekin oradan yetti oy o‘tayotgan bo‘lsa-da, hech kim bu ishni ko‘rib chiqmayapti, prokuratura ham hech qanday chora ko‘rmayapti. Bizdan pul olganlar ham yo‘q, pulimiz ham yo‘q”.

Shahodat Jo‘raeva bilan "Nodirabegim baraka MChJ" tuzgan shartnoma.
Shahodat Jo‘raeva bilan "Nodirabegim baraka MChJ" tuzgan shartnoma.

-------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG