Линклар

Шошилинч хабар
24 декабр 2024, Тошкент вақти: 22:32

OzodSuhbat: “Prezident hadya qilgan uyni siyosiy pora deb hisoblamayman”


Bobomurod Abdullayev
Bobomurod Abdullayev

Jurnalist Bobomurod Abdullayev 18 - oktabrda o‘ziga O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Green Park turar-joy majmuasidan yangi uch xonali kvartira sovg‘a qilgani haqida bildirgan va u buning uchun prezidentga o‘z minnatdorchiligini izhor qilgan edi.

Bu bildiruv jamoatchilikda bir qator savollarni paydo qildi. Chunki Qirg‘iziston Davlat Milliy Xavfsizlik Qo‘mitasi Bobomurod Abdullayevni shu yilning 8 - avgustida O‘zbekiston tomonining rasmiy so‘roviga binoan Bishkekda ushlagan va 22 - avgustda O‘zbekistonga topshirgandi. O‘sha kuniyoq Toshkentda DXX xodimlari tarafidan sakkiz soat so‘roq qilinishi ortidan qo‘yib yuborilgan, ammo unga qarshi ish hali yopilmagan edi.

Abdullaev 18 - oktabrda kvartira uchun Prezidentga minnatdorchilik bildirdiyu ertasigayoq Feysbukdagi sahifasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshevga videomurojaat e’lon qildi. O‘z murojaatida Abdullayev DXX tergovchisining noqonuniy harakatlaridan himoya qilishni so‘raganki, natijada bir kun oldin paydo bo‘lgan savollar yonida yana bir qator savollar paydo bo‘ldi va ularning barchasini OzodSuhbat eshittirishi jurnalistning o‘ziga berdi.

OzodSuhbat: “Президент ҳадя қилган уйни сиёсий пора деб ҳисобламайман”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:15:36 0:00
Бевосита линк
  • Bobomurod Abdullayev 2017 - yilning 27 - sentabrida MXX tomonidan hibsga olingan. Shundan so‘ng u 2011 - yildan boshlab "Usmon Haqnazarov" imzosi ostida "amaldagi tuzumni o‘zgartirishga chaqiruvchi" maqolalar chop etish va O‘zbekistonda "inqilob qilish"ga urinishda gumon qilinib, sudlangan.
  • Mahkama davomida Bobomurod Abdullayev o‘zining Usmon Haqnazarov taxallusi ostidagi maqolalarning aksariyati muallifi ekanini tan olgan, biroq o‘zi yozgan maqolalarda davlat to‘ntarishiga chaqiriq bo‘lganini rad etgan.
  • Shu bilan birga, sudda jurnalistga nisbatan tergov davomida qiynoq qo‘llanilgani qayd etilgan.
  • Prokuror B.Abdullayevga 5 yillik qamoq jazosi so‘ragan. Biroq 2018 - yil 7 - may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida bo‘lib o‘tgan mahkamada jurnalist O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 159- moddasi, 1- qismi, “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor topilib, unga ish haqining 20 foizini davlatga o‘tkazish va 3 yilga axloq tuzatish ishlariga jalb etish jazosi tayinlangan hamda sud zalidan ozod qilingan.
  • Bobomurod Abdullayevning sud zalidan ozod qilinishini qator nufuzli xalqaro tashkilotlar, jumladan, YeXHTning Matbuot erkinligi bo‘yicha vakili, Amnesty International , CPJ va boshqa inson huquqlari tashkilotlari tomonidan olqishlagan.
XS
SM
MD
LG