Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 18:25

“Tog‘alarimni qiynoqqa solib qotillikni bo‘yniga qo‘yishmoqchi”


Jonqul Navro‘zov
Jonqul Navro‘zov

Qashqadaryo viloyat, Mirishkor tuman, Chandir qishlog‘idan OzodMikrofonga qo‘ng‘iroq qilgan Qadam Nazarovning arz qilishicha, IIB xodimlari uning tog‘alarini qiynoqqa solib, qotillikni bo‘yniga olishga majbur qilmoqda.

“Тоғаларимни қийноққа солиб қотилликни бўйнига қўйишмоқчи”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:58 0:00
Бевосита линк

Mirishkor tumanining Chandir qishlog‘ida yashaydigan Navro‘zov Jonqul, uning o‘g‘li Alimardon Allamurodov va Panji Navro‘zov joriy yilning 8 - mayida shu qishloqda yashovchi qarindoshlari cholu-kampirni 2020 - yilning 4 - oktabrida o‘ldirganlikda gumonlanib ikkinchi marta hibsga olingan.

Qadam Nazarovning aytishicha, bundan oldin ular o‘tgan yilning oktabr oyida hibsga olinib, 23 kun qamoqda o‘tirgan va gunohlari yo‘qligi bois ozod qilingan.

Alimardon Allamurodov
Alimardon Allamurodov

Gumonlanuvchilar ular o‘shanda qilmagan qotillikni bo‘ynilariga olishlari uchun 23 kun davomida muttasil qiynoqqa solinganini qarindoshlariga aytgan.

Ammo Nazarovga ko‘ra joriy yilning 8 - mayida ular yana Mirishkor tumani IIBga telefon orqali chaqirtirilgan va ularning qamoqqa olingani to‘g‘risida hech kim oilasiga xabar bermagan.

Panji Navro‘zov
Panji Navro‘zov

Yetti kunlik qidiruvdan so‘ng uning advokati gumonlanuvchlarni Qarshi shahar IIb Beshkent bo‘limidan topgan.

Advokat mijozlari bilan uchrashib, yana qiynoqqa solinganlarini yaqinlariga aytgan.

“Nega hibsga olishganini oila a’zolariga aytishmagan, nega tog‘alarimni bizdan yashirgan? Axir o‘tgan yili 23 kun davomida qiynoqqa solib hech narsani isbotlay olishmagan ediku. Nega yana hech kim xabarsiz hibsga olishdi? Nega hibsga olinganda ularga advokat yollashga ruxsat berishmadi? Bu qonunbuzarliklarning cheki bormi?”

****************************************************************

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG