Линклар

Шошилинч хабар
25 декабр 2024, Тошкент вақти: 10:06

Qirg‘iziston O‘zbekistondan olib qo‘ygan pansionatlarni xususiy investorlarga bermoqchi


Issiqko‘ldagi dam oluvchilar.
Issiqko‘ldagi dam oluvchilar.

Qirg‘iziston hukumati 2016 yilda O‘zbekistondan olib qo‘ygan Issiqko‘ldagi pansionatlarni xususiy investorlarga berishni rejalashtirmoqda.

2017 yili O‘zbekiston ushbu pansionatlar yuzasidan da’vo arizasi bilan Xalqaro arbitraj sudiga murojaat qilgan edi. Ammo hozirgacha bu jarayon qanday kechayotgani to‘g‘risida O‘zbekiston tomoni informatsiya bergani ma’lum emas.

Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston Sovet davridan beri ishlatib kelgan va O‘zbekiston mulki hisoblangan 4 pansionatni 2016 yilda o‘z tasarrufiga olib qo‘ygan edi.

Issiqko‘ldagi “Oltin qum”, “Rohat” va “Dilorom” pansionatlarini hususiy boshqaruvga berish rejalashtirilayotgani haqida Davlat mulkini boshqarish fondi raisi Jildiz Isakulov Bishkekda o‘tgan matbuot anjumanida bildirdi.

Jildiz Isakulov mazkur pansionatlar binolarining eskirganini, ularni zamonaviylashtirish kerakligini aytarkan, dedi:

“Rostdan ham “Rohat”, “Dilorom” va “Oltin qum” pansionatlarida binolarning axvoli yomon, Mazkur pansionat boshqaruvchilarining aytishlaricha, go‘yoki ularga binolarni shu ahvolda qoldirishgan va ular tashqi investitsiyasiz vaziyatni o‘zgartirisha olmaydi”.

Uch pansionatni ishonchli boshqaruvga berish yoki davlat-hususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish masalasi hozirda Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan hamkorlikda o‘rganilmoqda.

2016 yil 4 aprelida O‘zbekiston bilan munosabatlar yomonlashgani ortidan Qirg‘izistonning o‘sha paytdagi bosh vaziri Temir Sariyev Issiqko‘ldagi O‘zbekistonga qarashli “Dilorom”, “Rohat”, “Oltin qum” va “Bo‘ston” pansionatlarini Qirg‘iziston ixtiyoriga o‘tkazish to‘g‘risida qaror chiqargandi.

Bu qarordan so‘ng Qirg‘iziston Davlat mulkini boshqarish jamg‘armasi mas’uli Bishkek pansionatlar uchun Toshkentga tovon puli to‘lamasligini bildirgan.

Mazkur qaror qabul qilinishiga 2016 yilning 18 mart kuni O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan bahsli bo‘lib turgan Chalasart hududiga harbiy texnika va askar kiritgani ortidan ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan edi. Vaziyat 26 mart kuni Chalasartdan o‘zbek askarlari va harbiy texnikasi olib chiqib ketilganidan so‘ng yumshagan.

Dam olish joylari nomlari ham qirg‘izchalashtirilib, “Rohat” – “Altin jay”, “Dilorom” – “Ene-Say”, “Oltin qum” – “Bosteri” deb o‘zgartirilgan. “Bo‘ston” pansionatining nomi esa o‘zgartirishsiz qolgan edi.

2017 yili O‘zbekiston ushbu pansionatlar yuzasidan da’vo arizasi bilan Xalqaro arbitraj sudiga murojaat qilgan. Ammo hozirgacha bu jarayon qanday kechayotgani to‘g‘risida O‘zbekiston tomonidan ma’lumotlar berilmayapti.

2017 yilning 12 dekabrida parlamentda chiqish qilgan Qirg‘iziston Bosh vazirining o‘sha paytdagi o‘rinbosari Dayir Kenekeyev ushbu masalani kelishuvlar yo‘li bilan hal qilish harakatlari bo‘layotganini aytgandi:

"Bilasizki, Qirg‘iziston bu ob’ektlarni qaytarib olgach, O‘zbekiston AQShdagi xalqaro arbitrajga murojaat qildi. Hozirda ushbu ish sudda ko‘rilmoqda. Qirg‘iziston hukumati ushbu muammoni huquqiy asoslarda hal bo‘lishidan umidvor", - degan edi Kenekeyev.

XS
SM
MD
LG