Qishga qanaqa pessimistik ssenariylar tuzilgandi, hali aytishar deb umid qilamiz, lekin plyus haroratdagi uch soatlik yomg‘irga tizim bardosh bera olmayapti.
Nimstansiya va transformatorlar otib yuborayapti, butun yoz qishga tayyorgarlik deya nima ish qilingan va qanday qilingan, ajratilgan mablag‘lar qanday sarflangan, degan savollar hozir berilishi kerak.
Anomal kuz, anomal yomg‘ir, anomal daraxt yiqilishi kabi bahonalarni endi to‘xtatish kerak.
Bozorga o‘tgan bo‘lsak, limit nega kerak? Limitlar saqlanib qolayotgan ekan, bozorga o‘tdikmi o‘zi?
Kuzning birinchi yomg‘iri bilan metan zapravkalarda ko‘zo‘ynatar navbatlar hosil bo‘la boshladi, vodiy viloyatlarida esa tushdan keyin qator zapravkalarni "limit tugadi" degan sabab bilan yopilishi holatlari kuzatilgan.
Eslatish shart emasdir, lekin kuzda boshlanib bahorgacha davom etgan energokulfat o‘tgan yili ham shunday boshlangandi, undan oldingi yili ham, avvalgi yilda ham.
Lekin o‘tgan, undan oldingi va avvalgi yillardan farqli o‘laroq 2024-yil 1-avgustdan boshlab O‘zbekistonda metan narxini bozor belgilashi e’lon qilingan. Ya’ni, 2,5 oy avval davlat o‘rnatgan potolok narxlar bekor qilingan.
Unda nega zapravkalar uchun daqqiyunusdan qolgan limitlar saqlanib qolmoqda?
Energochinovniklarning limit taqsimlashi, grafik o‘rnatishi, kimga gaz berish bermaslikni hal qilishlaridan iborat buzuq rejimi nega haliyam amal qilayapti?
Limitlar bekor qilinsa, kabinetda o‘tirib gaz taqsimlaydigan energochinovniklar och qoladimi?
Men tushunaman, agar harorat minus 20ga tushib ketsa, pessimistik ssenariy bo‘yicha, tarmoq va iste’molchilarga vaqtinchalik favqulodda cheklovlar o‘rnatilishini (o‘zi shuning uchun ham ssenariylar ochiqlanishi kerak)
Otabek Bakirov
Iqtisodchi, bloger
Telegramdagi Bakiroo kanalidan olindi. (Imlo o‘zgarishsiz qoldirildi)
Tahririyatdan: OzodTarmoq ruknidagi mualliflarning nuqtayi nazari tahririyat nuqtayi nazarini aks ettirmaydi.