Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 16:45

Garovdagi isroilliklar o‘limi. Namoyishchilar HAMAS bilan kelishuvni talab qilmoqda


Tel-Avivdagi norozilik namoyishi. 1-sentyabr 2024-yil
Tel-Avivdagi norozilik namoyishi. 1-sentyabr 2024-yil

Isroilda Benyamin Netanyahu hukumatidan garovga olingan isroilliklar hayotini saqlab qolish uchun HAMAS bilan kelishishni talab qilib, ommaviy norozilik namoyishlari va ish tashlashlar bo‘lib o‘tmoqda. 2023-yil 7-oktyabrida Isroilga hujumda HAMAS 1200 ga yaqin isroillikni o‘ldirib, taxminan 250 nafarini asir olgan edi.

Namoyishlar Isroilda urush boshlanganidan beri eng kattasi bo‘lib, G‘azo sektorida HAMASga qarshi qariyb 11 oy davom etgan urushdan keyin uni qanday davom ettirish borasidagi jamoatchilik o‘rtasidagi bo‘linishni ko‘rsatmoqda.

Netanyahu ichki siyosiy sabablarga ko‘ra garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarni kechiktirishda ayblanmoqda. Hozirgi norozilik to‘lqini Isroil mudofaa kuchlari shanba kuni G‘azo sektorida o‘tkazgan operatsiya chog‘ida o‘ldirilgan olti nafar garovga olinganni topgach boshlandi. Yana 100 ga yaqin garovga olinganlar HAMAS qo‘lida qolmoqda (ulardan qanchasi tirik ekani noma’lum).

ҲАМАС “тўлақонли келишув”га рози
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:41 0:00

Payshanba kuni Isroil hukumati HAMAS bilan muzokaralar strategiyasini muhokama qildi va OAV Netanyahu va mudofaa vaziri Yoav Galant o‘rtasida janjal chiqqani haqida xabar berdi. Asosiy kelishmovchiliklardan biri Netanyahuning Isroil armiyasining G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi chegara ustidan nazoratni saqlab qolish talabi bo‘lib, HAMAS bunga rozi emas. Ta’kidlanishicha, Galant hamda armiya va xavfsizlik kuchlari rahbariyati garovga olinganlarni qutqarish uchun koridor ustidan nazoratni etiborsiz qoldirish mumkin, deb hisoblaydi. Voqea haqida matbuot tavsifiga ko‘ra, Gallant hukumat amaldorlariga garovga olinganlarning hayoti va chegara nazorati o‘rtasida tanlov qilishlari kerakligini aytgan. Vazirlar Netanyahuni qo‘llab-quvvatlagan.

Olti nafar garovga olinganning o‘limi haqidagi xabar ma’lum bo‘lgach, HAMAS tomonidan asirga olingan isroilliklarning qarindoshlari uyushmalaridan biri hukumatga qarshi ommaviy norozilik namoyishlariga chaqirdi: "Netanyahu garovga olinganlarni tashlab qo‘ydi".

Keyin kuchli «Gistadrut» kasaba uyushmasi rahbari Arnon Bar-David dushanba kuni umumiy ish tashlash e’lon qildi: "Kelishuv hamma narsadan muhimroq".

«Gistadrut» Britaniya mandati ostidagi Falastinda paydo bo‘lgan va Isroilning yaratilishida katta rol o‘ynagan (uni o‘shanda Isroilning bo‘lajak birinchi Bosh vaziri David Ben-Gurion boshqargan). 7-oktyabr kuni HAMAS Isroilga hujum qilganidan beri «Gistadrut» siyosiy harakatlardan o‘zini tiydi. Ammo o‘tgan bahorda, Isroil hukumat taklif qilgan sud islohotiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lganda va Netanyahu unga qarshi chiqqan Galantni ishdan bo‘shatishga uringanida, «Gistadrut» ham ish tashlashni e’lon qildi va hukumat oxir-oqibat islohotni to‘xtatgandi.

Yakshanba kuni kechqurun Isroilda o‘nlab, balki yuz minglab odamlar ishtirok etgan eng yirik norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Dushanba kuni bir kunlik ish tashlash boshlandi.

Isroil sudi dushanba kuni tushda ish tashlashni tugatish to‘g‘risida qaror chiqardi va «Gistadrut» bunga rioya qilishini aytdi.

Яқин Шарқ ва Украинадаги уруш: Ғазода 1 ярим миллион аҳоли уйларини тарк этган
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:10:06 0:00

Umumiy manzara

Netanyahu hukumati G‘azo urushidan ko‘zlangan maqsad HAMASni to‘la yo‘q qilish va garovga olinganlarni ozod qilish deb e’lon qildi. G‘azo sektorida o‘n minglab falastinliklarning halok bo‘lishiga va keng ko‘lamli vayronagarchiliklarga sabab bo‘lgan urushga qariyb 11 oy bo‘lganida, guruh yana Isroil mudofaa kuchlari ularni quvib chiqargan hududlarga kirib, faolligicha qolmoqda. G‘azodagi tinch aholi qurbonlari va vayronagarchiliklar tufayli Isroil butun dunyoda tobora ko‘proq tanqid qilinmoqda. HAMAS qo‘lida 100 ga yaqin isroillik garovda qolmoqda.

AQSH va bir qancha arab davlatlari vositachiligida boshlangan garovdagilarni ozod qilish evaziga Isroil va HAMAS o‘rtasida sulh tuzish bo‘yicha olib borilgan muzokaralar natija bermadi.

O‘ta o‘ng partiyalarni o‘z ichiga olgan Netanyaxu hukumati urushni tugatish bo‘yicha aniq rejaga ega emasligi uchun tanqid qilindi. Netanyahu Falastin ma’muriyatining (G‘arbiy Sohilda faoliyat yuritadi) urushdan keyin G‘azo sektori boshqaruvida ishtirok etishiga qarshi chiqdi. Umuman olganda, Netanyahu va o‘ng qanot siyosatchilar mustaqil Falastin davlatini qurish g‘oyasini rad etib, bu Isroilga qarshi terror manbai bo‘lishini aytmoqda. Kelajakda Falastin davlatini qurish esa arab davlatlarining G‘azo sektorini urushdan keyingi rekonstruksiya qilishda ishtirok etishi va u yerda tartibni saqlashi uchun talablaridan biridir.

Netanyahuning o‘zi sulh muzokaralarini siyosiy sabablarga ko‘ra kechiktirganlikda ayblanmoqda: u va uning o‘ta o‘ng hukumati aholi orasida keng qo‘llovga ega emas, ko‘pchilik uning iste’fosi va urush tugaganidan keyin yangi saylovlar o‘tkazilishi tarafdori. Netanyahuning o‘zi korrupsiyada ayblanmoqda va agar u Bosh vazir bo‘lmasa, uning sud jarayoni tezlashadi.

Endi nima bo‘ladi?

Aytilishicha, AQSH shu hafta o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining yangi, «yakuniy» versiyasini taklif qilishni ko‘rib chiqmoqda.

Netanyahu hukumatining muxoliflari esa yangi ommaviy namoyishlarni muhokama qilmoqda.

Netanyahu hukumatidagi o‘ta o‘ngchi siyosatchilar isroilliklarni HAMAS bilan kelishuvni talab qilib, terrorchilar bilan o‘ynashda ayblamoqda va terrorizmga faqat “harbiy vositalar” bilan javob berish haqida gapirmoqda.

XS
SM
MD
LG