Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 22:38

“100 gektar yerni xalqdan tortib olib bir kishiga berdi. Xalq och qoladigan bo‘ldi”(VIDEO)


Langar qishlog‘i ahli prezidentga murojaat qilib. oilasiga madad bo‘lib turgan lalmi yerlarini olib qo‘ymasligini so‘ramoqda.
Langar qishlog‘i ahli prezidentga murojaat qilib. oilasiga madad bo‘lib turgan lalmi yerlarini olib qo‘ymasligini so‘ramoqda.

Qashqadaryo viloyat, Qamashi tuman, Langar qishlog‘ida yashaydigan 36 yashar o‘qituvchi Ravshan Xudoynazarov OzodMikrofonga bog‘lanib, aholining so‘nggi ilinji bo‘lgan, qora qozonini qaynatishga madad bo‘lib turgan lalmi yerlari olib qo‘yilib, bir fermerga berib yuborilganidan shikoyat qildi.

Лангар қишлоғи аҳлининг президентга мурожаати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:12 0:00
Бевосита линк

“Bobom urush veterani edi. O‘shanga kolxoz davrida oilangizga yarab tursin deb bir gektar lalmi yer berishgan edi. Bizdan tashqari yana o‘ttiz kishiga bir-bir yarim gektardan shunday lalmi yer berilgan edi. Odamlar o‘sha yerga arpa, bug‘doy ekib, yog‘ingarchilik yaxshi bo‘lgan yilllari 2-3 sentnerdan hosil olib, tirikchiligiga yaratib turardi. Endi qishlog‘imizdagi o‘sha 30 kishining lalmi yeri olib qo‘yilib, bir fermerga chorvasini boqish uchun berib yuborildi.

“100 гектар ерни 30 кишидан олиб 1 кишига берди. Халқ оч қоладиган бўлди”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:58 0:00
Бевосита линк

Men o‘zim o‘qituvchiman, oltita bolam bor, sakkiz jonmiz. Dars soatlari kamligi uchun 600 ming so‘m oylik olaman. Bizning Langarda birorta korxona yo‘q, bu yer sal bo‘lsa ham ro‘zg‘orimizga madad bo‘lib turgan edi. Endi o‘shani ham ko‘p ko‘rishdi. Boshimizni endi qaysi toshga uraylik. Bola-chaqamizni qanday boqaylik, dasht-cho‘l bo‘lib bekor yotgan yer endi kerak bo‘lib qoldimi? Xalqni ham o‘ylaydigan rahbarlar bormi?”

****************************************************************

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG