Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 10:33

Hijob ham, soqol ham yo‘q! Diniy ramzlar nega cheklanmoqda?


Hijob o‘ragan ayol. O‘zbekiston. Illyustrativ surat
Hijob o‘ragan ayol. O‘zbekiston. Illyustrativ surat

Markaziy Osiyo mamlakatlarida diniy kiyimlar, xususan yuzni to‘suvchi liboslar kiyishni taqiqlash tashabbusi bir yildan ziyod vaqtdan beri olg‘a surilmoqda. Jamiyatni sekulyarlashtirishga ehtiyoj qayerdan paydo bo‘ldi va ushbu cheklovlardan muddao nima?

Qirg‘iziston amaldagi qonunchilikka dinning rolini cheklovchi tuzatishlar kiritmoqchi. Din ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi ishlab chiqqan va 28-sentyabrgacha jamoatchilik muhokamasida bo‘ladigan yangi qoidalar, jumladan, kishining shaxsini aniqlashga imkon bermaydigan kiyimlarni taqiqlashni nazarda tutadi.

Shu tariqa rasmiy Bishkek diniy atributlarni cheklashga qaratilgan mintaqaviy kampaniyaga qo‘shildi. Rosa bir yil oldin, 2023-yilning sentyabr oyi boshida O‘zbekiston parlamenti ayni mazmunli tuzatishlarni qabul qilgan edi, joriy yilning iyunida esa Qozog‘istonda jamoat joylarida diniy kiyimlar kiyib yurishni man etish to‘g‘risidagi qonun loyihasi tayyorlanayotgani o‘rtaga chiqdi – loyiha kuzgi sessiya vaqtida parlamentga taqdim etilishi kutilmoqda.

Ozodlik tojik xizmatining yozishicha, shu yilning iyunida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon “Tantanalar va marosimlarni tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekdiki, mazkur hujjat, jumladan, “milliy madaniyatga yot kiyimlarni” mamlakatga olib kirish va jamoat joylarida kiyishni taqiqlaydi. Qonunda “milliy madaniyatga zid kiyim” ta’rifi bo‘lmasa-da, davlat rahbarining bayonotlari-yu huquq idoralarining xatti-harakatlariga qaraganda, aynan hijob va satr kabi musulmoncha liboslar taqiqqa uchragan. Qirg‘izistondan farqli o‘laroq Tojikistonda ushbu qonun jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilinmadi.

Markaziy Osiyoning qariyb barcha mamlakatlarida diniy atributikaga e’tirozlar tizimli ravishda paydo bo‘lmoqda va ular odatda norasmiy xarakterga ega. Dindorlarning tashqi ko‘rinishini cheklovchi qonunchilik shu paytgacha yo‘q edi. Fuqarolarning shaxsiy hayotiga aralashishni nazarda tutuvchi mazkur qonunlar ham konstitutsiya va xalqaro me’yorlarga zid.

Shunga qaramay, Tojikiston va O‘zbekiston diniy liboslarni taqiqlashning huquqiy mexanizmlarini yaratib oldi.

Тошкентда соқол ва ҳижобга қарши рейдлар, диндорларга тегишли емакхоналар ёпилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:17:15 0:00

Taqiq – ekstremizmga qarshi chorami?

Dushanbelik siyosatshunos fikricha, so‘nggi o‘n yilga oid amaliyot mintaqaning barcha mamlakatlarida aholining radikallashuvi tahdidi mavjudligini ko‘rsatmoqda. “Musulmoncha kiyingan odamlarning ko‘paygani – dinga qiziqish ortganini tasdiqlovchi ramzlar, xolos. Biroq bu shunaqa kiyingan odamlarning bari radikal g‘oyalarga moyil bo‘ladi, degani emas. Bunaqa kiyim kiymaydigan kishilar ham radikal bo‘lishi mumkin. Bizning hukumatlar ekspert kengashlar yoki chet mamlakatlar maslahatiga tayanib, shu kabi cheklovlar bilan radikal kayfiyatni tiyib, jamiyatda sekulyarizmni dastaklamoqchi bo‘lyapti. Ehtimol, Shinjonda qo‘llanayotgan xitoy modelidan ilhom olishayotgandir. Ammo musulmon jamiyatlarida bu faqat muvaqqat natija beradi, iqtisbolda esa katta “boshog‘riq”qa aylanadi”, deydi ekspert.

Unga ko‘ra, repressiv choralar dindorlarda adolatsizlik hissini kuchaytirib, radikallashuvga yanada ko‘proq turtki bermog‘i mumkin. “Men universal samarali choralar bo‘lmaydi va har bir hukumat turli metodlarni sinab ko‘radi, deydigan ekspertlar bilan hamfikrman. Biroq Tojikiston misolida ko‘ryapmizki, taqvodorlarga bosim o‘tkazish yanada ko‘proq yoshlarning terrorchilar tomonga og‘ib ketishiga olib kelayotir”, ta’kidlaydi Ozodlik suhbatdoshi.

So‘nggi bir yil ichida Tojikiston Respublikasi fuqarolarining ismlari Rossiya, Eron, Turkiya, Germaniya, Avstriya va Niderlandiyada terrorchilik hujumlari bilan bog‘liq tergov ma’lumotlarida o‘rtaga chiqdi. Shu yilning mart oyida esa prezident Emomali Rahmon uch yil mobaynida Tojikistonning 24 nafar fuqarosi o‘nlab davlatda terrorchilik hujumlarini amalga oshirganini yoki terrorchilikda gumon qilinganini tan oldi.

Yangi hodisa emas

Mintaqa mamlakatlari, ochiq izoh berilmayotgan bo‘lsa-da, cheklov choralarini aynan tez-tez sodir bo‘layotgan terrorchilik aktlari manzarasida joriy etmoqda.

Rossiya va Yevroosiyoni o‘rganish bo‘yicha Berlin Karnegi markazi ilmiy xodimi Temur Umarov dindorlikning vizual namoyishini taqiqlash yangi hodisa emasligini va O‘zbekistonda mustaqillikning ilk yillaridayoq joriy etilganini ta’kidlaydi:

“Diniy ekstremizm xavfi sezilyapti – Rossiyada, Yaqin Sharqda, Yevropada teraktlar sodir bo‘ldi. Mintaqa hukumatlari buni jamiyatning dinga qiziqishi oshgani bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘laydi, holbuki bunday emas. Boz ustiga bunaqa taqiqlovchi choralarni ijro etish oson”.

Umarov mintaqadagi siyosiy rejimlar bir-biriga o‘xshashligini va ko‘plab amaliyot va tashabbuslar sinxron tarzda amalga oshirilayotganini aytarkan, konstitutsiyaviy islohotlar, til siyosati, internet ustidan nazorat, “chet el agentlari” haqidagi qonunchilik tashabbuslarini misol qilib keltiradi.

Вилоят ҳокими "беўхшов соқол" қўйган ва рўмол ўраганга қатъий чора кўришни буюрди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:52 0:00

"Karimovdan qolgan sarqit"

Tojikiston va O‘zbekiston huquq idoralari ro‘molli ayollar va soqol qo‘ygan erkaklarga qarshi tez-tez ommaviy reydlar o‘tkazadi. Ular militsiya bo‘limlariga keltirilib, ro‘molini yechishga majbur qilinadi, erkaklarning esa soqoli qirtishlab olinadi.

Biroq ekspertlar bu kabi cheklov choralari fuqarolarning ekstremist va terrorchi guruhlarga qo‘shilishdan qaytara olmayotganini urg‘ulashmoqda. “Mamlakat ichida diniy ta’limning qat’iy tartibga solish o‘rniga cheklab qo‘yilishi teskari natijaga olib keldi. Masjidlarga kiritilmayotgan yoshlar yangi texnologiyalar davrida internetda destruktiv axborotga berilib, radikal guruhlarga qo‘shilib qolishmoqda. Hukumat ramzlar bilan kurashgandan ko‘ra o‘z qarashlarini o‘zgartirsa yaxshi bo‘lardi”, deydi dushanbelik ekspert.

Tojikiston va O‘zbekiston hukumatlari dindorlarga nisbatan diskriminatsiya va qatag‘on siyosati tufayli Amnesty International va Human Rights Watch tashkilotlarining 2023-yilga oid hisobotlarida tanqid qilingan edi.

Shotlandiyadagi Sent-Endryu universiteti Terrorizm va siyosiy zo‘ravonlik masalalarini o‘rganuvi Xanda markazi tadqiqotchisi, professor Noax Taker fikricha, O‘zbekistonda Mirziyoyev prezidentligi davrida diniy erkinlik bobida ilgarilash kuzatilgan esa-da, mamlakat Karimov davridagi eski rejim sarqitlaridan to‘liq qutulgani yo‘q.

"Men so‘nggi marta O‘zbekistonda bo‘lganimda Toshkent ko‘chalarida, Andijon yoki Buxoroda soqol qo‘ygan yoki ro‘mol o‘ragan odamlar ko‘proq ko‘zga tashlandi, Toshkentning Eski shaharida masalan. Qizlar hijobda maktabga boryapti, garchi bunga qonunda cheklov bo‘lsa-da. Chunki, qonunni o‘zi tushunarsiz. Nima demoqchiman, odamlarning O‘zbekistonda ilgariga qaraganda ozmi-ko‘pmi erkinroq yurishi yaxshi va buni olg‘a siljish degan bo‘lardim. Lekin, ayni paytda soqol qo‘yganlarni soqolini olishga majburlanayotgani haqidagi alohida xolatlarga ham ko‘z yumib bo‘lmaydi", deydi Taker.

Ўзбекистон расмийлари диний эркинлик ҳақида АҚШ оммасига нима деди?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:47 0:00

O‘zbekiston rasmiylari va huquq-tartibot idoralarining diniy ramz deb ko‘riladigan soqol va hijobga qarshi kampaniyalari xalqaro jamoatchilik, jumladan, AQSH Davlat departamenti tomonidan tanqid qilib kelinadi.

O‘tgan yil iyunidagi hisobotida Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat departamenti mamlakatda hamon diniy erkinlikni cheklash amaliyoti kuzatilayotgani, jumladan, erkaklarning soqolini majburan qirdirish , ayollarning hijobini yechtirish, ro‘molli o‘quvchi va talabalarning ta’lim dargohlariga kiritmaslik hollari kuzatilganini qayd etgandi.

XS
SM
MD
LG