Линклар

Шошилинч хабар
25 ноябр 2024, Тошкент вақти: 13:55

“Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan nogironlar qiynalib yashashga majbur ekan!”


Toshkent viloyat, Qibray tuman, Yangiyo‘l mahallasida yashaydigan birinchi guruh nogironi, ko‘zi ojiz Sayyora Xanning OzodMikrofonga arz qilishicha, unga 2018 - yilda uyidan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan Olmaliq shahridan ikki xonali uy berishgan, lekin u qariyb to‘rt yil davomida uyga egalik huquqini ololmagan:

“Men 2014 - yildan buyon uy-joy masalasida hokimlikka murojaat qilar edim. Ikki farzandim bor. 2018 - yilda Olmaliq shahridan kam ta’minlangan va nogironlar uchun qurilgan uydan bittasini menga berishdi. Mana, qariyb to‘rt yildan buyon Olmaliq va Qibray o‘rtasida sarson bo‘lyapman. Shu paytgacha egalik huquqi berilmadi. Imzosiz, pechatsiz bitta soxta sertifikat berishgan, xolos. U esa hech qayerga o‘tmaydi. Egalik huquqi berilmas ekan, bu aniq bo‘ldi. Ko‘chib o‘tdim. Lekin bola pulini to‘g‘rilay olmadim, ijtimoiy muhofazadan qolib ketdim. Keyin u uydan chiqadigan suv mening bolalarimga salbiy ta’sir qildi. Bollarimga allergiya toshib ketyapti. Olmaliqning ob-havosi va suvi menga va bolalarimga juda og‘irlik qilyapti. Qancha sayyor qabullar bo‘ldi, iltimos qildim, yolvordim, o‘zimizning Qibray tumanidan ota-onamga yaqinroq joydan uy beringlar deb, hech kim quloq solmadi. Oxiri Senatning orqa tomonidagi "Kabmin"ga borsam, o‘nta erkak meni ko‘tarib olib, chiqib ko‘chaga otib yuborishdi. Rosa alam qildi, yig‘ladim, siqtadim, bir ko‘zi ojiz ayolga munosabat shumikan, deb xo‘rligim keldi. Bizdagi qonunlar qog‘ozda qolib ketar ekan, aslida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan nogironlar qiynalib yashashga majbur ekan”.

****************************************************************

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!.

XS
SM
MD
LG