Линклар

Шошилинч хабар
14 ноябр 2024, Тошкент вақти: 08:24

IKEA o‘zining Toshkentda fabrika ochayotgani haqidagi rasmiy xabardan bexabar



Toshkent viloyat hokimi Davron Hidoyatov 8 - fevral kuni Shavkat Mirziyoyevga Chirchiqda IKEA mebel fabrikasi ochilishi haqida hisobot berdi.
Toshkent viloyat hokimi Davron Hidoyatov 8 - fevral kuni Shavkat Mirziyoyevga Chirchiqda IKEA mebel fabrikasi ochilishi haqida hisobot berdi.

Toshkent viloyat hokimi Davron Hidoyatov 8 - fevral kuni Shavkat Mirziyoyevga viloyatdagi investitsion loyihalar haqida bergan hisobotida IKEA kompaniyasining Chirchiqda mebel fabrikasi qurishini ma’lum qildi.

Prezident oldidagi taqdimotida hokim¸ mahalliy matbuotning yozishicha¸ Shvetsiya kompaniyasi 52 million dollarlik innovatsion mebel ishlab chiqarish fabrikasi qurishi va buning uchun 5,5 gektar yer ajratilishini ta’kidlagan.

Ayni paytda¸ dunyodagi eng yirik mebel ishlab chiqaruvchilardan biri sanalgan IKEA kompaniyasi Ozodlikka bunday loyihadan xabari yo‘qligi¸ kompaniyaning 2025 - yilgacha belgilangan rejasida O‘zbekistonda biror biznes qilish yo‘qligini ma’lum qildi.

Toshkent viloyat hokimligi matbuot xizmati Ozodlikning prezidentga taqdim etilgan IKEA mebel fabrikasi haqidagi xabarning qayerdan kelib chiqqaniga oid savollarini javobsiz qoldirdi.

O‘zbekistonda biznes boshlayotganidan IKEAning xabari yo‘q...

O‘tgan oy mahalliy matbuotda bosh xabarga aylangan yangiliklardan biri – Shvetsiyaning IKEA kompaniyasi kelasi 22 oy ichida Toshkent viloyatida “innovatsion mebel fabrikasi” qurishni rejalayotgani IKEA tomonidan rad etildi.

Dunyoning 45 dan oshiq davlatida biznes yuritayotgan IKEA kompaniyasi matbuot xizmati Ozodlikka yuborgan bayonotga ko‘ra¸ shirkatning O‘zbekistonga investitsiya yotqizish va bu mamlakatda biznes qilish rejasi yo‘q.

Dunyo bo‘ylab IKEA franchayzingi uchun mas’ul bo‘lgan Inter IKEA Systems B.V, sifatli va hamyonbop jihozlardan iborat IKEA konsepsiyasiga tobora ko‘proq odamni jalb qilish¸ ularning rag‘bat va ekspertizasini qozonish imkoniyatlarini muttasil ravishda qidirib kelmoqda.

Yangi bozor ochishga kelsak¸ 2025 - yilga qadar IKEA dunyo miqyosida o‘z mijozlarini ko‘paytirish maqsadida 12 yangi bozorga kirishni rejalamoqda. Bozorni kengaytirishga qaratilgan bu rejada O‘zbekiston yo‘q. Na IKEA Industry¸ na-da IKEA ta’minot bo‘limlari bu mamlakatda biror biznes qilish rejasida emas”¸ deyiladi IKEA matbuot xizmati Ozodlikka yuborgan rasmiy bayonotda.

Mirziyoyevga atalgan yolg‘on?

Prezident matbuot xizmati bergan rasmiy ma’lumotga ko‘ra¸ 2021 - yilning 8 - fevral kuni Shavkat Mirziyoyev Andijon va Toshkent viloyatidagi investitsion loyihalar bilan tanishgan. Andijon va Toshkent viloyati hokimlari mamlakat prezidentiga o‘z hududiga kiritilgan va kiritilayotgan investitsiyalarni taqdim qilgan.

Xususan¸ Toshkent viloyatining 30 - yanvar kuni (taqdimotdan bir hafta oldin) tayinlangan yangi hokimi Davron Hidoyatov viloyat hududida 1 milliard 624 million dollarlik inevstitsion loyihalar amalga oshirilayotgani haqida gapirgan.

Viloyatda 187 ta yangi investitsiya loyihasi rejalashtirilmoqda. Taqdimotda ularning eng yiriklari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi”¸ deb xabar berdi prezident matbuot xizmati.

Prezident saytida aynan qanday “yirik”loyihalar tilga olingani aytilmagan bo‘lsa¸ mahalliy matbuot taqdimotda Shvetsiyaning dunyoga mashhur IKEA kompaniyasining Toshkent viloyatida mebel fabrikasi qurishi aytilganini xabar qildi.

Mebel va uy jihozlari ishlab chiqarish hamda sotish bo‘yicha dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri – IKEA Toshkent viloyatida innovatsion mebel ishlab chiqarish fabrikasini quradi. Bu viloyatda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalar dasturida belgilangan”¸ deb yozdi Kun.uz nashri.

Mazkur marosimni yoritgan Gazeta.uz muxbiri esa¸ Chirchiq shahrida 22 oy ichida innovatsion mebel ishlab chiqarish fabrikasi qurish rejasi taqdim etilganini bildirdi.

Prezidentga taqdim etilgan IKEA investitsion loyihasi haqidagi ma’lumotlar taxtasi.
Prezidentga taqdim etilgan IKEA investitsion loyihasi haqidagi ma’lumotlar taxtasi.

Loyiha tashabbuskori sifatida «IKEA» MChJ ko‘rsatilgan. Loyihaning umumiy qiymati 52 mln AQSh dollariga baholangan bo‘lib, 10 mln dollar loyiha tashabbuskorining o‘z hisobidan, qolgan 42 mln dollar esa xorijiy investitsiya evaziga moliyalashtiriladi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 5,5 gektar yer maydoni ajratilishi so‘ralgan.

Mebel ishlab chiqarish fabrikasi ishga tushgach, 320 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati 3,2 ming dona mebel va 17 mln dollarga baholanmoqda”¸ deb yozdi Gazeta.uz.

Nashr maqolaga ilova qilgan suratlardan¸ Toshkent viloyat hokimligi taqdimotida¸ darhaqiqat Shvetsiyaning IKEA kompaniyasi logosi qo‘yilgan loyihaning prezidentga namoyish etilgani ko‘riladi.

Bu xabar ortidan Ozodlik Toshkent viloyat hokimligi matbuot xizmati bilan bog‘lanib¸ IKEAning O‘zbekistonga investitsiya yotqizayotgani va Chirchiqda mebel fabrikasi qurayotgani haqida xabarning nimaga asoslanganini so‘radi. Bu va boshqa savollar javobsiz qoldirildi.

Telia (Sonera) sudi va shved biznesining O‘zbekistondan qo‘rquvi

Aksiyalarining uchdan biri Shvetsiya hukumatiga qarashli bo‘lgan Telia Company (Telia Sonera) 2007 - yilda O‘zbekiston telekom bozoriga kirish uchun o‘shandagi prezidentning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga 350 million AQSh dollari miqdorida pora berganlikda ayblanishi ortidan¸ xalqaro maydonda boshlangan korrupsiya janjali aks sadosi hamon tingan emas.

Bu ayblov ortidan Shvetsiya telekom shirkatining eng yuqori rahbarlari mahkamaga tortildi¸ Telia Company esa¸ AQSh Adliya vazirligi bilan korrupsiya janjalini sudga qadar hal qilish maqsadida¸ 2017 - yili qariyb 1 milliard dollar jarima to‘lashga rozi bo‘ldi.

Bu janjal haqida Ozodlikka bergan intervyusida Telia Company advokati¸ “O‘zbekistonga kirish kompaniyaga nihoyatda qimmatga tushgani va bundan so‘ng bunday mamlakatlar bilan biznes qilish-qilmaslik masalasida nihoyatda ehtiyotkor bo‘linishi"ni bildirgan edi.

Telia mojarosini yillar davomida yoritgan shved jurnalisti Ola Vesterberg bu korrupsion janjal shved matbuoti va biznes guruhlari xotirasidan chiqmaganini ta’kidlaydi.

Shunday bir vaziyatda IKEAning O‘zbekistonda biznes boshlashi haqidagi xabar men uchun mutlaq kutilmagan yangilik bo‘ldi. Ammo kompaniya rasmiylari menga ham bu xabarning yolg‘on ekani va O‘zbekistonda biznes qilish rejasi umuman yo‘qligini bildirdi”, deydi shved jurnalisti.

IKEAning O‘zbekistonda “innovatsion mebel fabrikasi” qurayotganidan IKEAdagilarning o‘zi bexabar bo‘lsa¸ unda Chirchiqdan 5.5 gektar yer olib¸ mebel fabrikasi qurayotgan “investor” kim?

Shvetsiyaning IKEA kompaniyasi nomidan Toshkent viloyatida 52 milllion dollarlik investitsion loyiha boshlash tashabbuskori sifatida IKEA MChJ ko‘rsatilgan.

O‘zbekistondagi kompaniyalar rasmiy reestrida Namanganda IKEA Premium, Qoraqalpog‘istonda IKEA MM va Andijonda IKEA Andijon Group ta’sis qilingani ko‘riladi. Ayni paytda¸ Shvetsiyadagi IKEA korporatsiyasiga aloqasi yo‘q bunday mahalliy shirkatlardan birortasi nomi IKEA MChJ emas. Bu shirkatning qachon ochilgani¸ kimga qarashli ekani va uning IKEA korporatsiyasi nomidan gapirish vakolatini kimdan va qayerdan olgani hozircha ma’lum emas.

XS
SM
MD
LG