Линклар

Шошилинч хабар
26 декабр 2024, Тошкент вақти: 21:59

Bosh vazir Aripov Shinjondan quruq qo‘l bilan qaytdi - Eurasianet


Bosh vaziri Abdulla Aripov Xitoyga ikki kunlik tashrifi chog‘ida Shinjon rahbari Ma Sinjuy bilan uchrashdi. Tashrifdan keyin yirik kelishuvlar haqida xabar berilmagan. Qashg‘ar, Xitoy. 1-mart, 2024
Bosh vaziri Abdulla Aripov Xitoyga ikki kunlik tashrifi chog‘ida Shinjon rahbari Ma Sinjuy bilan uchrashdi. Tashrifdan keyin yirik kelishuvlar haqida xabar berilmagan. Qashg‘ar, Xitoy. 1-mart, 2024

Joriy yilning 29-fevral - 1-mart kunlari Xitoyda bo‘lgan Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Xitoy bilan yangi sarmoyaviy kelishuvlarga erisholmadi, deb yozmoqda Eurasianet nashri.

Mahalliy matbuot tashrifdan maqsad savdo va sarmoyani jonlantirish ekani haqida yozgandi.

Bu O‘zbekiston bosh vazirining musulmon uyg‘urlar yashaydigan Shinjon mintaqasiga birinchi tashrifi bo‘lgan. O‘zbekiston Xitoyning uyg‘ur va boshqa milliy va diniy ozchiliklar borasidagi siyosatini so‘zsiz dastaklab keladi. Rasmiy Toshkent o‘tmishda kamida bir uyg‘ur faolini Xitoyga topshirgani ma’lum.

Toshkent va Guanjoudagi investitsiyaviy forumlar o‘zbek matbuotida qizg‘in yoritilgan bo‘lsa-da, bu tadbirlarda sezilarli natijalar qayd etilmadi.

Bosh vazir matbuot xizmatining Telegram-kanali Aripov Xitoyga tashrifi ortidan investitsiyalarga bag‘ishlangan "tanqidiy ruhdagi yig‘ilish" o‘tkazgani haqida xabar berdi.

7-mart kuni vazirlar va hokimlar ishtirokida o‘tgan videoselektorda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriga yangi o‘rinbosari tayinlangani ham e’lon qilindi.

Шанхай орзуси: Камбағалликка қарши хитойча кураш
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:40:28 0:00

Xitoy sarmoyasi uchun kurash

Eurasianet nashrining Yevroosiyo taraqqiyot banki raqamlariga tayanib yozishicha, 2016-yildan 2023-yilning birinchi yarmigacha bo‘lgan davrda Xitoyning sobiq ittifoq davlatlariga kiritgan umumiy sarmoyasi 80 milliard dollarga yetgan.

Xitoyning xorijiy sarmoyaga bo‘lgan ishtiyoqi birmuncha pasaygan.
Qozog‘iston yetti yarim yil davomida Xitoy Yevroosiyoga kiritgan sarmoyaning 52 foizi yoki taxminan 41,9 milliard dollarini o‘zlashtirgan, Rossiya esa Xitoy investitsiyalarning taxminan 24 foizini (19,2 mlrd. dollarini) o‘zlashtirgan.

Sarmoyalarning katta qismi neft gaz sektoriga yo‘naltirilgan.

Xitoyning davlat tomonidan nazorat qilinadigan CNPC energetika konglomerati asosiy investor bo‘lib kelmoqda.

Pekinning energiya va quvurlarga e’tibor qaratayotgani hisobga olinsa, Turkmaniston Xitoyning 2016-2023-yillarda Yevroosiyoga yo‘naltirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarini o‘zlashtirishda 9,4 milliard dollar bilan uchinchi o‘rinni egallashi ajablanarli emas.

Rossiya ETBdagi eng yirik investor hisoblanadi. Bank sobiq sovet davlatlariga kiritilgan sarmoyani hisoblashda hozirda Yevropa Ittifoqiga a’zo Estoniya, Latviya va Litvani hisobga olmagan.

YTB hisobotida shuningdek, 2023-yilning so‘nggi yarmidagi raqamlar qayd etilmagan. Bu davrda Xitoy iqtisodiyoti ishsizlik darajasi ortishi, o‘sib borayotgan munitsipal qarzlar va deflyatsiya kabi turli xil tendensiyalarni boshdan kechirgan.

Хитой ва “камбағалликка қарши кураш“. “Катта оға” тажрибаси ва Ўзбекистон
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:24:58 0:00

Xitoyning ichki moliyaviy muammolarining kuchayib borayotgani va hukumatning bu muammolarga sust munosabatda bo‘lishi Pekinning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari oqimi kamayishiga sabab bo‘lmoqda.

Mart oyi boshida Shinjonda Qirg‘iziston hukumati rahbari Oqilbek Japarov, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Xitoy rasmiylari ishtirokida Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.

Loyiha hozirda Xitoyning qo‘shimcha moliyalashtirishni xohlamasligi tufayli to‘xtab qolgan. Oxirgi muzokaralardan so‘ng ham loyihaning borishi bo‘yicha oldinga siljish bo‘lmadi, deb yozdi Eurasianet.

XS
SM
MD
LG