Линклар

Шошилинч хабар
27 ноябр 2024, Тошкент вақти: 21:42

"Miltiq bo‘lsa otib tashlang". Faollar "o‘qituvchini qamatgan hokim" taqdirlanganidan darg‘azab


Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova 10-iyul kuni Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovga “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishonini topshirdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova 10-iyul kuni Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovga “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishonini topshirdi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova 10-iyul kuni Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimovga “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishonini topshirdi. Bir yil avval Surxondaryo viloyatidagi maktab direktori aynan hokim Qosimovning og‘zaki buyrug‘i ortidan qamalgan edi.

Hodisani yodga olgan jamoat faollari Ta’lim vaziri “o‘qituvchini qamatgan hokim”ga nishon topshirganini “sharmandalik” deb atadi.

2023-yil iyul oyida Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov va Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori Umida Tursunova o‘rtasidagi tortishuv videosi tarqalgan edi. Umida Tursunova viloyat hokimiga e’tiroz bildirar ekan, unga noto‘g‘ri ma’lumot berilayotganini aytadi.

OzodNazar: А. Мўминов иши: ҳукм ўқилди; Ҳоким қамаган аёлни вазир бўшатди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:53:47 0:00

Hokim bilan dahanaki tortishuv ortidan maktab direktori 7 sutkaga qamaladi, lavozimidan olinadi va keyinroq kaltaklab ketiladi. Faollar pedagogning boshiga kelgan bu musibatlarni uning hokim bilan tortishuviga bog‘lagandi.

Sud va tergovsiz direktorni qamatishga buyruq bergan hokim javobgarlikka tortilmagani, bil’aks, “Ta’lim homiysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani ijtimoiy tarmoqlarda keskin e’tiroz uyg‘otdi.

“O‘qituvchini qamatgan hokimning Xalq ta’limi vaziri tomonidan taqdirlanishi va bo‘lib ham nishon nomi “Ta’lim homiysi” ekani bu – katta sharmandalik. Skleroz, strategiyasizlik, o‘qituvchilarga nisbatan hurmatsizlik. Bu, shuningdek, jamiyatga qarata erkin fikrli o‘qituvchining joyi qamoq, qamatganniki esa ko‘krak nishon, deyish ham. Albatta, hokim o‘shanda haq bo‘lganiga ishonadi-da, albatta, keyingi faoliyatiga kuch oladi-da”, deb yozdi jurnalist Ilyos Safarov.
“O‘shanda Surxondaryo viloyati hokimiga xo‘rlangan o‘qituvchi “miltiq bo‘lsa otib tashlang”, degandi. Bunday adolatsizlik va mantiqsizlikni ko‘rib jonimiz azob chekmasin, Hilola Umarova, miltiq bo‘lsa otib tashlang... meni!”
deya vazirga xitob qildi jurnalist Anora Sodiqova.

Jurnalist va inson huquqlari himoyachisi Abdurahmon Tashanov Surxondaryo hokimi siylanganini uzoq yillar ta’lim vaziri lavozimida ishlagan va keyinroq poraxo‘rlik sabab qamalgan Turob Jo‘rayev bilan bog‘liq boshqa bir “sharmandali keys”ga muqoyasa qildi.

“Bu odam vazirlikning majlislaridan birida Bo‘ka tumani XTB boshlig‘ining (erkak kishi) chotiga chunonam tepgandiki, u yuzlab hamkasblari ko‘z o‘ngida yiqilgan. Xalq ta’limi tarixiga sharmandalik bilan kirgan bu voqea yagona bo‘lmasa kerak. Vazir Hilola Umarovaning Surxondaryo viloyati hokimi ko‘ksiga medal taqqani ham Turob Jo‘rayevning jasoratidan kam bo‘lmadi. U hamkasbining chotiga tepmasa ham o‘tgan yili o‘nga yaqin maorif mudirlarini 15 sutkaga qamatgan odamni mukofotlab, Jo‘rayevning rekordini yangiladi. Bravo, vazir xonim!” deb yozdi Tashanov.

“Viloyat hokimi bilan janjaldan bir necha kun o‘tib, kaltaklanib, og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan ayol haqida haligacha hech qanday ma’lumot mavjud emas. Kuch adolatda emas, adolat kuchda bo‘lgan mamlakatda odamlar ertangi kunga ishonarmikan?” deya sobiq direktorning taqdiriga oydinlik kiritishga undadi “Fayzbog‘” kanali.

Sobiq deputat Qobil Do‘sov esa hokim Qosimovning “Ta’lim homiysi” deb topilishini qo‘llab-quvvatlab post qoldirgan.

“Surxondaryo viloyati hokimining xatosi borligini inkor qilmagan holda, u kishini maktablarimizga 100 ming yangi kitob sovg‘a qilib, direktorlarning qarindosh-urug‘i to‘ldirgan maktablarimizda direktorlarni rotatsiya qilgani uchun hokimni men bo‘lsam ham taqdirlagan bo‘lar edim. O‘zbekiston tarixida hech bir viloyat hokimi maktablarga 100 mingta kitob sovg‘a qilmagan”, deya iddao qildi Do‘sov.

XS
SM
MD
LG