Линклар

Шошилинч хабар
28 ноябр 2024, Тошкент вақти: 16:03

"Musulmonlarni kamsitadi". Hindistondagi afg‘onlar yangi fuqarolik qonunidan norozi


Hindistonning Guvahati shahrida fuqarolikni o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonunga qarshi namoyishga chiqqan talabalar.
Hindistonning Guvahati shahrida fuqarolikni o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonunga qarshi namoyishga chiqqan talabalar.

1990-yillar boshida Usmon Alining oilasi fuqarolar urushi sabab Afg‘onistondan Hindistonga ko‘chib kelishga majbur bo‘ladi. Ali va uning besh ukasi Hindistonda ulg‘aydi. Ular afg‘on tilini bilmaydi.

Ammo 30 yoshli Usmon Hindistondagi boshqa ko‘plab afg‘onlar singari vaqtinchalik viza bilan yashab kelmoqda. Ular qonuniy ishlash va hukumatdan yordam olish kabi huquqlarga ega emas.

Afg‘oniston, Pokiston va Bangladeshdan kelgan ko‘plab muhojirlar yangi tahrirda qabul qilinayotgan fuqarolik to‘g‘risidagi qonundan umidlari katta edi. Ular fuqarolik olishni kutayotgan edi.

Biroq 11-mart kuni Nyu-Dehli fuqarolik ilinjidagi muhojirlarni g‘azablantirgan yangi qonunni e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2014-yil 31- dekabrgacha Hindistonga ko‘chib o‘tgan musulmon bo‘lmagan ozchiliklar - hindular, sikxlar va buddistlargina fuqarolik uchun ariza topshirishlari mumkinligi belgilandi.

Pokistonning Sind viloyatidan ko‘chib kelgan hindu qochqin.
Pokistonning Sind viloyatidan ko‘chib kelgan hindu qochqin.

«O‘z mamlakatimda o‘zimni muhojirdek his qilyapman. Hindistondagi barcha fuqarolar ega bo‘lgan huquqlardan foydalanolmayman. Bu Hindistonda dunyoviylik uchun qora kun», deydi Usmon Ali.

Fuqarolik to‘g‘risidagi qonunga kiritilayotgan o‘zgartirishlar Hindistonda noroziliklarni keltirib chiqardi va keng tanqidlarga sabab bo‘ldi. Inson huquqlari tashkilotlari qonun musulmonlarni kamsitishi hamda mamlakat konstitutsiyasiga mos emasligini aytmoqda.

Afg‘onistonlik yana bir muhojir Farhod 15 yildan beri Hindistonda yashaydi. Har yili u vizasini yangilashga majbur. U xorijga chiqish huquqidan ham mahrum. «Hatto Hindiston ichida sayohat qilish ham qiyin», deydi u.

«Biz juda ko‘p harakat qildik, lekin bizni yillar davomida fuqarolikdan mahrum qilib kelishdi»

Afg‘onlar Hindiston pasportisiz bankda hisob raqam ocholmaydi, qonuniy ishlay olmaydi, bu ularni qashshoqlikda yashashga mahkum etmoqda.

Hindiston o‘nlab yillar davomida Afg‘onistonning yaqin ittifoqchisi bo‘lib kelgan. Mamlakat 1990-yillardagi fuqarolar urushidan buyon o‘n minglab musulmon afg‘onlarga, shuningdek, Afg‘onistonning kichik hindu va sikx jamoalariga boshpana berdi.

Biroq Hindiston BMTning 1951-yildagi «Qochqinlik maqomi to‘g‘risida»gi konvensiyasi hamda 1967-yilgi tegishli protokolni imzolamagan.

Hindistondagi afg‘onlarning aniq soni noma’lum. BMTning Qochqinlar bo‘yicha agentligi 2022-yilda Hindistonda ro‘yxatga olingan 46 000 qochqinning aksariyati Afg‘oniston va Myanmadan kelganini bildirgan.
Qolaversa, Hindistonda yana bir necha ming hujjatsiz afg‘onlar ham istiqomat qiladi, deb ishoniladi.

«Ko‘pchiligimizda ijara va boshqa xarajatlarni to‘lash uchun pul yo‘q», deydi, Afg‘oniston birdamlik qo‘mitasi rahbari Muhammad Qays Malakzoda.

Bu qonun rasman dunyoviy davlat bo‘lgan, o‘ndan ortiq diniy guruhlar yashaydigan Hindistonda birinchi marta fuqarolik uchun diniy mezonlar hisobga olinishi belgilanayotganini anglatadi.

Huquq tashkilotlarining aytishicha, qonundagi o‘zgartirish Bosh vazir Narendra Modi boshchiligidagi hind millatchi hukumatining 200 millionlik musulmon ozchilikni yanada chetga surishga qaratilgan urinishi.

Баҳром Ҳамроев: “Мусулмонлар Россиянинг душман эканини тушунишади”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:54 0:00


«Yangi tahrirdagi fuqarolik to‘grisidagi qonun e’tiqodiga ko‘ra kamsitishni qonuniylashtiradigan mutaassib ruhdagi qonun», deya munosabat bildirdi Xalqaro Amnistiya tashkiloti boshqaruvi raisi Aakar Patel.

Tanqidlarga qaramay, yangi qonun Afg‘onistondagi hindu va sikx ozchiliklari uchun yaxshi imkoniyat yaratdi.

Bir necha o‘n yillar oldin Afg‘onistonda 100 mingga yaqin sikxlar va hindular yashagan. Ammo urush boshlanib, ta’qiblar kuchayganidan keyin ko‘pchilik mamlakatdan chiqib ketdi.

Aksar hindular 2018 va 2020 yillarda bir qator halokatli to‘s to‘polonlardan keyin Afg‘onistonni tark etdi.

Diya Singx Anjan Hindiston poytaxtida o‘nlab yillar davomida yashab kelayotgan yana bir afg‘on sikxlaridan biri.

«Endi qaysidir davlat idorasiga borsak, biz ham fuqarolarga berilgan imtiyozlardan foydalana olamiz».

XS
SM
MD
LG