Линклар

Шошилинч хабар
18 ноябр 2024, Тошкент вақти: 08:44

O‘zbek sarmoyadori Vladivostokdagi biznesi bosimga uchraganini iddao qilmoqda (Foto-Video)


Jamoliddin Haqberdiyev istirohat bog‘iga 50 ming dollar atrofida mablag‘ sarflaganini aytmoqda
Jamoliddin Haqberdiyev istirohat bog‘iga 50 ming dollar atrofida mablag‘ sarflaganini aytmoqda

Vladivostok markaziy bog‘ida tadbirkorlik qilayotgan o‘zbekistonlik biznesmen mahalliy hokimiyat vakillari bosimiga uchraganini iddao qilmoqda. O‘zbek muhojiri shahar infratuzilmasiga kiritgan 50 ming dollar sarmoyasidan mahrum bo‘lib qolishi mumkinligidan xavotir bildirib, yordam so‘radi.

Tadbirkor bilan shartnomani tuzgan park ma’muriyati bu iddaolarni rad etdi.

Samarqandlik aka-uka Kamoliddin va Jamoliddin Haqberdiyevlar Rossiyaning Uzoq Sharqidagi Vladivostok shahrida joylashgan Lazo nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida tadbirkorlik qiladi.

Bolalar maydonchasi, o‘yingohi va jamoatchilik hojatxonasi kabi inshootlarga 50 ming dollar kiritganini aytayotgan Jamoliddin Haqberdiyev koronavirus pandemiyasidan oldin yaxshi daromad olib turgani, biroq pandemiya boshlanganidan keyin zararga ishlab kelgani haqida so‘zlab berdi.

"Ҳожатхонанинг ўзига 1,5 миллион рубль сарфладим"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:08 0:00

U katta miqdorda pul tikkan biznesi park ma’muriyati tomonidan tortib olinayotganini iddao qildi.

- Mana, park ichidagi inshootlarga 1,5 million rubl harajat qilganmiz va 5 yilga park ma’muriyati bilan shartnoma imzolaganmiz. Park ma’muriyati “bu tadbirkor 7 oydan beri ishlagani yo‘q” deb, shartnomani buzmoqchi. Ular o‘zlari ishlatgani qo‘ymasdan, shartnoma uzmoqchi. Parkda yangi xo‘jayinlar kelib, topgan foydangdan “Biz bilan teng yarim foydangni bo‘lishasan, bo‘lmasa - ishlamaysan!” dedi. Norozilik bildirganimizdan keyin, svet bilan suvni yopdi. Advokat orqali prokuraturaga murojaat qilsak, bular tekshiruv kelgan kuni svet bilan suvni yoqib qo‘yibdi, - deydi Jamoliddin.

O‘zbek tadbirkori park hududida qishin-yozin ishlaydigan hojatxona, bolalar maydonchasi va yog‘ochdan qurilgan boshqa inshootlar o‘zi va akasiga tegishli ekani, bu inshootlarda 4 nafar o‘zbekistonlikni ish bilan ta’minlab kelganini bildirdi.

"Ишимиз тўхтатилганига 7 ой бўлди"
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:04 0:00

Jamoliddinning aytishicha, Lazo nomli istirohat bog‘ida undan tashqari yana 3 nafar O‘zbekistondan kelgan tadbirkor ishlab keladi. U ma’muriyatni reyderlikda ayblab, ular tomonidan bosim boshlanganidan beri deyarli faoliyat yuritmayotgani va daromad qilmayotganini gapirdi.

- Bu yerda millatchilik bo‘lyapti, 7 oydan beri ishlaganimiz yo‘q. Prokuraturaga, politsiyaga yozdik. U yerda “jinoyat alomatlari aniqlanmadi” degan javob kelyapti. Rossiya iqtisodiga sarmoya kiritgan investor sifatida vaziyatga O‘zbekiston hukumati, elchixonasi e’tibor qaratishini, Ozodlik Radiosi nazoratiga olishini iltimos qilaman.

Ozodlikka taqdim etilgan hujjatlardan samarqandlik tadbirkor aka-uka Haqberdiyevlar “Lazo nomidagi Madaniyat va istirohat bog‘i” unitar korxonasi hisobiga bolalar maydonchasidan tushgan daromaddan yozning har oyida bir 25 ming rubl, qishki mavsumda esa 1 ming rubldan o‘tkazib turish to‘g‘risida shartnoma imzolangani aniqlandi.

Tadbirkor aka-ukalarning qilgan rasmiy murojaatlariga javoblar.
Tadbirkor aka-ukalarning qilgan rasmiy murojaatlariga javoblar.

Hojatxona masalasida imzolangan shartnomada o‘zbek sarmoyadori uni 5 yilga ijaraga olgani, bahor-yoz mavsumida har oy 40 ming rubldan, kuz-qishda 5 ming rubldan to‘lab borishi belgilangan.

Ma’lum bo‘lishicha, Lazo istirohat bog‘i ma’muriyati aka-uka Haqberdiyevlarga 2019 - yilning dekabridan 2020 - yilning aprel oyigacha “elektr va suvdan foydalangani” hisobiga qo‘shimcha 105 000 rubl jarima solgan.

Ozodlik bilan suhbatda Jamoliddin bog‘ ma’muriyati talablarini noqonuniy ekanini ta’kidlab, uning tadbirkorlik faoliyatiga sun’iy to‘sqinlik qilish, deya baholadi.

U shikoyat arizasi bilan nafaqat ichki ishlar organlari, balki Vladivostok ma’muriyatiga ham murojaat qilganini bildirdi.

Prokuratura tekshiruvi "jinoyat alomatlari aniqlanmagani"ni xabar qilgan.
Prokuratura tekshiruvi "jinoyat alomatlari aniqlanmagani"ni xabar qilgan.

Jamoliddin Haqberdiyev O‘zbekiston elchixonasidan amaliy yordam so‘rab borganini ham aytdi. Vladivostok prokuraturasi shikoyat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilgani va faktlar asosida jinoyat alomatlari aniqlanmaganini bildirdi.

Ozodlik Radiosi Vladivostokdagi Lazo istirohat bog‘i direktori muovini Aleksandr Xvandan mazkur vaziyatga oid izoh olishga muvaffaq bo‘ldi.

Park rasmiysi so‘zlariga ko‘ra, o‘zbek tadbirkori o‘z vaqtida ijara pulini to‘lamagini bois ma’muriyat shartnomani bekor qilishga qaror qilgan.

- Vaziyat juda sodda. Haqberdiyev Kamoliddin ijara pulini o‘z vaqtida to‘lamagan. U bir necha marotaba ogohlantirilgan. Mening ogohlantirishlarimni e’tiborsiz qoldirib, Jamoliddinni menga hatto tahdid qildi, haqorat qildi. Har joyga xatlar yozishyapti. U 50 ming dollar sarmoya kiritgani yolg‘on va provokatsiya! U o‘zini haqligini isbotlamoqchi bo‘lsa sudga murojaat qilishi mumkinligi to‘g‘risida aytganmiz. Sud bizning nohaqligimizni isbotlab bersa, kelib ishlayversin. Biz har qanday muzokara uchun ochiqmiz, deb aytdi park direktori muovini Aleksandr Xvan.

Suhbatdosh bog‘da boshqa o‘zbek tadbirkorlari ham ishlayotgani, biroq ular bilan muammolar yo‘qligiga ishora qildi.

Biroq Ozodlikka kelib tushgan ma’lumotlardan ma’muriyat Lazo nomidagi Madaniyat va istirohat bog‘ida ishlayotgan o‘zbekistonlik va rossiyalik boshqa tadbirkorlarga shartnomalarni qayta imzolatib, pandemiya karantini vaqtida shundoq ham qiyin ahvolda qolgan biznes egalariga ijara haqini ko‘targani ma’lum bo‘ldi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasmiy hisob-kitobiga ko‘ra, Uzoq Sharqning Primorskiy o‘lkasida 70 mingdan ziyod o‘zbek muhojiri rasman ishlab keladi, yana 9 mingdan ko‘proq o‘zbek millatiga mansub shaxslar fuqarolik olgan.

2019 - yilning 1 - martida mintaqada O‘zbekistonning ilk Bosh konsulligi ish boshladi.

XS
SM
MD
LG