Линклар

Шошилинч хабар
23 декабр 2024, Тошкент вақти: 16:41

O‘zbekiston Qirg‘izistonga sovg‘a qilgan 20 ta tez yordam mashinasi O‘sh shahriga olib kelindi (FOTOGALEREYa)


O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mazkur mashinalar O‘shga 13 - mart kuni olib kelindi.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mazkur mashinalar O‘shga 13 - mart kuni olib kelindi.

13 - mart kuni. “Do‘stlik” qirg‘iz-o‘zbek chegarasi orqali O‘shga O‘zbekiston Qirg‘izistonga sovg‘a qilgan 20 ta tez yordam mashinasi olib kelindi.


Mashinalarni topshirish mrosimida O‘sh shahri hokimi Talaybek Saribashev, Qirg‘iziston hukumatining O‘sh viloyatidagi muxtor vakili Alaychiev, Qirg‘iziston TIV va sog‘liqni saqlash tizimi vakillari ishtirok etdi.

Tez yordam avtomashinalarini O‘sh shahri markaziy maydonida Qirg‘iziston rasmiylariga O‘zbekiston nomidan Andijon viloyati xokimi o‘rinbosari Botir Xamroyev topshirdi.

Sovg‘alarni topshirish marosimida yig‘ilganlarga qardosh O‘zbekiston xalqidan Qirg‘iziston xalqiga ko‘rsatilgan tibbiy yordam ahamiyati katta bo‘lgani aytildi.

Ta’kidlash joizki, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 11-12 - mart kunlari rasmiy safar bilan Toshkentga bordi. Tashrif doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov Toshkentdagi “Yashnabod” innovatsion texnoparkini borib ko‘rishdi.

“Yashnabod”dagi transport vositalarini ko‘zdan kechirish chog‘ida O‘zbekiston prezidenti qirg‘iz tomoniga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 20ta tez yordam mashinasini sovg‘a qilgan.

XS
SM
MD
LG