Линклар

Шошилинч хабар
03 ноябр 2024, Тошкент вақти: 02:39

Pentagon: 10 afg‘on, jumladan, 7 bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan harbiylar sudga tortilmaydi


Zemari Ahmadiyning avtomashinasiga bomba tashlangan joy. 2021 -yilning 30 - avgustida olingan fotosurat.
Zemari Ahmadiyning avtomashinasiga bomba tashlangan joy. 2021 -yilning 30 - avgustida olingan fotosurat.

Kobul aeroporti yaqinda 29 - avgust kuni yanglish tarzda havo hujumini amalga oshirgan va 10 nafar afg‘onistonlikning o‘limiga sababchi bo‘lgan AQSh harbiylari jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Bu haqda AQSh Mudofaa vazirligi - Pentagon rasman ma’lum qildi.

Mazkur qaror 29 - avgustdagi hujum yuzasidan xizmat tekshiruvi natijalaridan kelib chiqqan holda, mudofaa vaziri Lloyd Ostin tomonidan qabul qilingan. O‘sha hujumda AQSh gumanitar tashkiloti vakili bo‘lgan 37 yoshli Zemari Ahmadiy va uning oldida turgan 9 kishi, jumladan, 7 bola halok bo‘lgan.

Pentagon hujum oqibatida terrorchilar o‘ldirliganini bildirgan edi. Ammo New York Times gazetasi o‘z surishtiruvini o‘tkazgan va hujumda terrorchilar emas, tinch aholi o‘ldirilgani to‘g‘risidagi ma’lumotni oshkor qilgan.

Shundan so‘ng Pentagon o‘z xatosini tan olgan.

Pentagon rasmiylariga ko‘ra, AQSh havo razvedkasi noto‘g‘ri ma’lumot bergan. O‘sha kuni Zemari Ahmadiy o‘z pikapida Kobul aeroporti yaqinida yig‘ilgan afg‘onlarga suv va boshqa gumanitar yordamni olib kelgan. AQSh razvedkachi samolyoti uchuvchisi esa bu gumanitar yukni bomba sifatida talqin qilgan.

Pentagon hisobotida razvedka ma’lumoti noto‘g‘ri bo‘lgani, razvedkachi samolyot pikap oldidagi bolalarni sezmay qolgani tan olingan. Hisobotda bu hujum yanglish bo‘lgani va hech qanday harbiy jinoyat alomatlari yo‘qligi to‘g‘risida xulosa chiqarilgan.

Zemari Ahmadiy ishlagan gumanitar tashkilot rahbari Stiven Kvon AQSh mudofaa vaziri qaroridan norozi ekanini bildirdi:

“Bizning harbiylar Afg‘onistonning 10 nafar tinch fuqarosini o‘ldirgani fakt, ammo mazkur qotillik uchun hech kim javobgarlikka tortilmagani tushunarsiz holatdir”,-dedi u.

Oktabr oyida AQSh harbiylarining yanglish hujumi oqibatida halok bo‘lganlarning oilalariga tovon puli to‘lanishi va ularga Afg‘onistonni tark etish imkoniyati berilishi haqida bildirilgan edi.

Tolibon 2021 - yilning 15 - avgustida Kobulni egallab, hukumatni bosib olgani ortidan mamlakatdan minglab odamni evakuatsiya qilish jarayoni boshlangan edi.

Qo‘shma Shtatlar 29 - avgust kuni Kobul aeroportidan evakuatsiya qilish jarayonining yakuniy bosqichiga yetib keldi.

Rasman bildirilishicha, Tolibon Kobulni bosib olganidan so‘ng o‘tgan ikki hafta mobaynida AQSh 114 ming kishini evakuatsiya qildi.

Kobul aeroporti yaqinida 26 - avgust kuni xudkush o‘zini portlatgani oqibatida 169 afg‘on va AQShning 13 harbiysi halok bo‘lgan edi.

AQSh dronining yanglish zarbasi oqibatida halok bo‘lgan 10 kishi, jumladan, yetti nafar bolaning yaqinlari adolat talab qilib, Vashingtongga murojaat yo‘llagan.

Uch yoshli qizi Malika 29 - avgust kuni Amerika raketasi avtomobilga kelib tushishi natijasida nobud bo‘lgan Emal Ahmadiy Associated Press agentligiga Vashingtondan bu fojiani taftish qilib, aybdor harbiylarni jazolashni talab qilishini aytgan.

“Uzr so‘rash yetarli emas. AQSh bu ishni qilgan odamni topishi kerak”, degan u.

XS
SM
MD
LG