Линклар

Шошилинч хабар
21 декабр 2024, Тошкент вақти: 22:22

Pulini olib, o‘zini qiynoqqa solishgan. Qozog‘istonda ushlangan o‘zbek hikoyasi


Qiynoqlar, illustrativ surat.
Qiynoqlar, illustrativ surat.

O‘zbekistonlik Mamatqobil Yoqubov – Qozog‘istonda 2022-yilgi yanvar namoyishlari va tartibsizliklar chog‘ida kuchishlatar xodimlar tomonidan ushlanganlardan biri. O‘shanda mamlakatning ko‘plab shaharlarida odamlar gaz qimmatlashganidan norozi bo‘lib ko‘chalarga chiqqan va tinch namoyishlar ommaviy tartibsizlikka aylanib ketib, hukumat kuchlari tomonidan ayovsiz bostirilgandi.

Yanvar voqealari chog‘ida minglab odamlar ushlangan va kaltaklangan, o‘nlab kishi kuchishlatar xodimlar otgan yoki tasodifiy o‘qlardan o‘lgan. Qozog‘iston hukumati namoyishchilarga qasdddan o‘q uzilganini inkor etib keladi, ushlanganlarni kaltaklash va qiynash ommaviy tus olganiga qaramay kuchishlatar xodimlarning o‘z vakolatini suiiste’mol qilishi holatlari bo‘yicha bir nechta ish ochildi, xolos.

Mamatqobil Yoqubovga ko‘ra, Qozog‘istonda namoyishlar boshlanganidan so‘ng qozoq politsiyachilari uni ushlashgan va bir necha kun kaltaklab, og‘ir jismoniy jarohat yetkazishgan – shu yo‘l bilan undan Yanvar voqealari vaqtida go‘yo kuchishlatar xodimlarga hujum qilgani haqida iqrorlik ifodasi olmoqchi bo‘lishgan ekan. Shuningdek, Mamatqobil politsiyachilar qo‘lga olish chog‘ida uning 17 mln 300 ming tanga (qariyb 33 ming dollar) pulini noqonuniy olib qo‘yishganini aytadi. Qo‘yib yuborishganidan so‘ng Yoqubovga faqat telefoni va pasportini berishgan, pulini esa hanuz qaytarib berishmagan.

“Meni 11 kun ushlab turishdi. Qiynoqlar to‘rt sutka davom etdi. Burnimni, qovurg‘alarimni sindirishdi, o‘pkamni ezishdi”, deydi u.

Mamatqobil va yana 22 nafar o‘zbekistonlik Qo‘shmambet qishlog‘ida qo‘lga olingan edi, u Olmaota viloyatida joylashgan, Olmaota shahri bilan o‘rtada 20 kilometr masofa bor. Yanvar voqealari chog‘ida eng yirik tartibsizliklar aynan Olmaota shahrida bo‘lgan va kuchishlatar xodimlar bu yerda ayniqsa shafqatsizlik bilan harakat qilganlar.

“Bizdan go‘yoki talon-torojda qatnashganimiz, miting boshlaganimiz va terrorchi bo‘lganimiz, zo‘ravonlik qilganimiz, do‘konlarni talab, politsiyachilarni otganimiz va kaltaklaganimiz haqida iqrornoma yozib berishni talab qilishdi. “Yozib, qo‘l qo‘yib bersang, uyingga jo‘natib yuboramiz”, deb avrashardi nuqul. Ammo men agar imzo cheksam, terrorchi deb uzoq muddatga qamashlarini juda yaxshi bilardim”, hikoyasida davom etadi O‘zbekiston vatandoshi.

Yoqubovning aytishicha, avval boshdan qozoq politsiyachilariga o‘zbekistonlik mahbuslarni terrorchi o‘rnida ko‘rish va shunga yarasha muomala qilish buyurilgan. Shu bois ularni hammadan ko‘p do‘pposlaganlar.

“Avtobus oynasidan qarab turarkanmiz, baqir-chaqir, alamli dod-faryodlar baralla eshitilib turdi. Bu dahshatni, bu vahshiylikni ta’riflashga til ojiz. Bir necha daqiqadan so‘ng bizga ham navbat yetdi”, deya xotirlaydi suhbatdoshimiz.

Yoqubov hibsxonada mahbuslarni harbiylar va politsiyachilardan iborat “jonli yo‘lak” qarshi olganini eslaydi. Bu “yo‘lak”dan o‘tgan barcha mahbus rezina tayoqlar bilan kaltaklanadi. Politsiyachilar esa, ko‘proq kaltak yeyishlari uchun ularni sekinroq yurishga majbur qiladilar.

Ой бориб омон қайтмаганлар - Қозоғистонда ҳалок бўлган мигрантлар ҳикояси
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:19:53 0:00

Yoqubov sudda guvohlik bergan so‘nggi jabrlanuvchilardan biri bo‘ldi. U bilan birga yana 22 o‘zbekistonlik ifoda berdi: ularning barchasi Qo‘shbambet qishlog‘ida ushlanganidan so‘ng ayovsiz qiynoqqa solingan.

“Terrorchi bo‘lishni istamasdim, shu bois boshidayoq: “Hech nimaga qo‘l qo‘ymayman, yaxshisi hoziroq o‘ldiringlar”, dedim. Chunki shundog‘am ko‘p umrim qolmagandi. Ammo qiynoqlarga bardosh berib, ozodlikka chiqdim va hech nimaga qaramasdan kurashni davom ettirishga qaror berdim”, deydi Yoqubov.

Hozirda u jabrlanuvchi deb topilgan va qozog‘istonlik kuchishlatar xodimlarning o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilishiga doir jinoyat ishi bo‘yicha sudda guvohlik bermoqda. U bilan birga 20 dan ortiq o‘zbekistonlik ham jabrlanuvchi maqomini olishgan. Biroq ularni urgan politsiyachilar haqiqiy qamoq muddati olishi ehtimoli kam: Yanvar voqealari doirasida sudga tortilgan kuchishlatar xodimlarning aksari yengil jazo bilan qutulib qolishmoqda.

XS
SM
MD
LG