Линклар

Шошилинч хабар
20 сентябр 2024, Тошкент вақти: 15:45

Qurg‘oqchilik: Suvi kamayib ketgan Kattaqo‘rg‘on suv omboriga mosh ekildi! (VIDEO-FOTO)


Samarqand viloyatidagi Kattaqo‘rg‘on suv omborida suv keskin kamayib ketdi. Bu haqda Ozodlikka xabar qilgan mahalliy dehqonlardan video va fotosuratlar ham keldi. Ularda omborning suv qochgan qismiga ekin ekilganini ko‘rish mumkin.

Kattaqo‘rg‘on suv ombori rahbari suv kamayib ketganini ham, aholi omborning suvdan bo‘shab qolgan o‘zanida ekin ekayotganini ham tan oldi.

Ayni damda O‘zbekistonga qo‘shni mamlakatlarga ham qurg‘oqchilik tahdid solib turibdi.

Shu kunlarda O‘zbekistonda, shu jumladan Samarqand viloyatida g‘alla o‘rimi avjida. G‘alladan bo‘shagan dalalarga, odatda yana ekin ekiladi. Biroq ikkinchi ekin taqdiri nima bo‘lishi noma’lum: Kattaqo‘rg‘on suv omborida suv keskin kamayib ketgani ko‘zga tashlanib qoldi.

Bu haqda Ozodlikka xabar bergan kattaqo‘rg‘onliklarga ko‘ra, mavjud suv zaxirasi keyingi mavsumiy ekinlarni ekishga yetmaydi.

- Kattaqo‘rg‘on suv omborida suv kirib-chiqishining har kunlik hisob-kitob qaydnomasi bor. Omborda suv hajmi jurnalga nisbatan amalda minus 32 million kub metrni tashkil etadi. Bu suv hozir omborda yo‘q! Chunki Zarafshon suv magistrali tizimi boshqarmasining boshlig‘i shaxsiy buyrug‘i bilan kechqurun soat 11larda dispetcherlar suvni ochtiradi, ertalabki 5da yoptiradi. Shuning hisobiga ombordagi suv hajmi minusga kirib ketyapti. Bunga Suv xo‘jaligi vazirligining hech qanday farmoyishi yo‘q – hammasi og‘zaki berilyapti.

G‘alla o‘rimi ketmoqda, keyin takroriy mavsumi ekinlar ekish majburiyati bor! Qolaversa, paxta turibdi. Suv zaxirasi holati bunday bo‘lsa, biz qaysi suvga ishonib ekin ekishimiz kerak?! deya savol qo‘ydi kattaqo‘rg‘onlik dehqon.

Каттақўрғон сув омбори ҳолати
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:20 0:00

Kattaqo‘rg‘onlik dehqon 2021 - yilgi kabi qurg‘oqchilik va suv yetishmasligi 2012 va 2014 - yillarda kuzatilganini ma’lum qildi.

Ozodlik suhbatlashgan soha mutaxassisi fikricha, joriy yilda “chetga sotilayotgan suv hajmi ko‘paygani” sababli suv zaxirasi keskin kamayib ketgan:

– Samarqand viloyatining Narpay, Paxtachi tumanlari hamda Navoiy viloyatining ayrim tumanlaridagi fermerlarga, klasterlarga suv tushunib olavering nimani hisobiga yetkazib beralyapti. Ha, suv kechasi bilan sotiladi! Shu sababli suv sathini ko‘rsatib turuvchi reykada “minus” ko‘rsatib turgan bo‘lsa, dispetcher jurnalida boshqa raqam yozilgan bo‘ladi. Suv shu darajada kamayib ketganki, ombor ichkarisida odamlar mosh ekyapti.

Ozodlikka kelgan fotosuratlar va videoda, ularni jo‘antganlarning aytishicha, Kattaqo‘rg‘on suv ombori hududida ekilgan mosh maydonlari aks etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bu maydonlarga ekin hech qanday shartnomasiz, og‘zaki kelishuv asosida mahalliy aholi tomonidan ekilgan.

Suv ombori havzasida ekilgan mosh.
Suv ombori havzasida ekilgan mosh.

Ozodlik kattaqo‘rg‘onlik dehqonlar xavotirlari borasidagi savollari bilan bevosita Kattaqo‘rg‘on suv ombori rahbari Mirzo Saidovga murojaat qildi.

Joriy yilda suv tanqisligi sezilayotganini tan olgan suv ombori direktori, shunga qaramasdan, mahalliy dehkon xo‘jaliklariga suv yetkazib berishda muammo bo‘lmasligini va’da berdi:

– Biz Zarafshon daryosidan suv olamiz. Hozircha omborimizda suv bor. Qo‘shni Xatirchi, Paxtachi, Narpay, Kattaqo‘rg‘on tumanlarini vegetatsiya mavsumiga suv bilan ta’minlab beramiz. Omborda hozir 500 millionga yaqin kub suv bor. Suv haqiqatan o‘tgan yilgiga nisbatan kamroq.

4-5 kun Qozog‘istondan kelgan sovuq oqim havoni biroz sovutib berdi. Shunga daryodan suv kelishini kutyapmiz. Avvaliga Xudo! Ombordan suv oluvchilarga yetarli. Suv ombori o‘zi 900 million kubga proyekt qilingan. Talabga muvofiq 200 millionga yaqin suvni chiqardik. Takroriy ekinlarga suv yana kelishi kerak, kutyapmiz. Biz Navoiy GRESga ham suv beramiz-da. Agar daryodan ularga kelmay qolsa, ularni ham biz ta’minlashimiz kerak suv bilan. Ular sekundiga 29 kub suv oladi!

Mirzo Saidov omborda suv kamayib ketgani bois yon-atrofda ekilgan mosh va boshqa dehqonchilik masalasiga ham to‘xtaldi:

– Men odamlarni 3 yildan beri ogohlantiraman: suv kelganida uni baribir suv bosib ketadi. Biz hech kimga qarshilik qilmaymiz, ombor atrofi o‘rmon xo‘jaligiga qarashli hududlar, lekin ombor ichkarisi bizga qarashli. Biz necha marotaba ekma deganimiz bilan odamlar ekaveradi! Suvni tumanlar ham tejashi kerak, faqat suv omboriga ishonib qolmasdan, dedi Kattaqo‘rg‘on suv ombori direktori Mirzo Saidov.

O‘zbekiston Suv xo‘jaligi vazirligi saytidan olingan ma’lumotga ko‘ra, qurilishi 1941 - yilda boshlanib 1951 - yilda foydalanishga topshirilgan Kattaqo‘rg‘on suv ombori dengiz sathidan 35 metr balandlikda joylashgan, kengligi 79,5 kvadrat kilometr bo‘lib, unga 900 million kub metrgacha suv sig‘adi.

Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlaridagi 94 ming gektarga yaqin yer maydonlari ayni shu ombor suvi bilan sug‘oriladi.

Markaziy Osiyo mintaqasida suv yetishmovchiligi kuzatilmoqda

O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirligi bu yil suv omborlaridagi zaxira avvalgi yillarga nisbatan 20-30 foizga kam bo‘lishidan ogohlantirgan edi.

Samarqand shahri va viloyatdagi qator tumanlar shu kunlarda suv ta’minotida uzilishlarga duch kelmoqda. “Samarqand suv ta’minoti” MChJ bunga joriy yilda kuzatilayotgan “tabiiy qurg‘oqchilik” sabab bo‘layotganini bildirgandi.

Qayd etilishicha, hozirda yog‘ingarchilik yo‘qligi va Zarafshon daryosi o‘zanida suv oqimining kamligi sababli yerosti suvlarining sathi (debiti) pasayib ketgan.

Ayni damda, suv yetishmovchiligi mintaqadagi boshqa mamlakatlarida ham kutilmoqda.

Meteorologlar prognoziga ko‘ra, iyun oyi davomida Qozog‘istonning katta hududida, ayniqsa janubiy va sharqiy qismida namlik yetarli bo‘lmaydi.

Oqmola (Jaksi tumani), Aqto‘be (Aytekebi, Xromtau tumanlari), Sharqiy Qozog‘iston (Beskaragay tumani) va Mangistau viloyatida (Qoraqiyon tumani), Qarag‘anda viloyatining Abay tumani va Qo‘stanay viloyatining Amangeldi tumanlarida kuchli qurg‘oqchilik kutilayotgani xabar qilingandi. Qozog‘iston qishloqlarida yaylov maydonlari ancha qisqargani qo‘y sonining qisqarishiga va natijada, O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga olib kelgani to‘g‘risida Ozodlik xabar bergan edi.

Qozog‘iston janubiy mintaqalarida o‘tkir suv tanqisligi kuzatilayotgan bir paytda Tojikistondagi Qayroqqum suv omboridan qo‘shimcha 315 million kub metr suv olishni rejalamoqda. Mamlakat janubidagi fermerlar Sirdaryo havzasida suv yetishmasligi tufayli sholini sug‘orishni kamaytirishga majbur bo‘lishgan.

Qirg‘izistonda suv taqchilligi tufayli qishloq xo‘jaligi sohasida vaziyat og‘irlashgan. Xususan, Chuy viloyati fermerlari hosil butunlay nobud bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda. Shu yilning 14 - iyun kuni Chuy viloyatidagi bir necha qishloq fermerlari suv muammosini hal qilish talabi bilan hukumat binosi oldida miting qilishgan.

XS
SM
MD
LG