Линклар

Шошилинч хабар
23 декабр 2024, Тошкент вақти: 02:57

Vodiyda metan gazga meganavbatlar: "Haydovchi kamida besh soat vaqt yo‘qotadi"


Noyabr oyining oxirgi o‘n kunligida O‘zbekistonda havo haroratining keskin pasayib ketishi ortidan Farg‘ona vodiysi viloyatlarida avtomobillarga siqilgan gaz quyuvchi shoxobchalar oldidagi mashinalar navbati bir necha kilometrga cho‘zilmoqda.

Toshkentda esa, 27 - noyabrda vaziyat biroz yumshadi: gaz zapravkalari oldidagi navbatda 150-200 tadan mashina turdi. Bir kun avval ham navbatning uzunligi deyarli 10 marta uzun edi.

Ayni paytda janubiy viloyatlarda metan gaz uchun navbat yo‘q.

26 - noyabr, ertalab soat 11 atrofida Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida suratga olingan videodan avtomobillarga quyiladigan metan gaz ta’minoti naqadar abgor ekanligi yaqqol ko‘rinadi.

Ikki yo‘nalishli navbat

Farg‘onalik bloger Dima Qayum mashina salonidan olgan videoda katta yo‘lning ikki chetidagi avtomobillar navbati tasvirga tushgan. Ham u tomonga, ham bu tomonga qarab navbat tizilganini bloger gaz quyish shoxobchasi ikki tomonda ekanligi bilan izohladi.

Dima Qayumning aytishicha, u suratga olgan videodagi avtomobillar navbati har ikki tomonda kamida uch kilometrga cho‘zilgan. “Har bir haydovchi navbatda kamida besh soat vaqt yo‘qotadi ”, - dedi Ozodlikka bloger 27 - noyabr kuni. Uning aytishicha, gazga navbat havo harorati keskin tushib ketishi bilanoq paydo bo‘ldi.

Бензин ва газ учун километрга чўзилган навбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:45 0:00

Aftidan, aholi metan gaz taqchilligiga har yili bo‘ladigan mavsumiy tabiiy ofatga qaraganday qarashga ko‘nikib qolgan. Har holda, Bag‘dod tuman Xalq qabulxonasi mulozimining Ozodlikka 27 - sentabrda bildirishicha, zapravkalar oldidagi navbatlar yuzasidan bironta ham shikoyat tushmagan. Mulozimning aytishicha, “vaziyatni tegishli idoralar o‘rganayapti”.

Bag‘dod tuman gaz ta’minoti korxonasi telefonini ko‘targan xodimning aytishicha, metan gaz quyish shoxobchalariga tumangazning hech qanday aloqasi yo‘q. “Biz faqat aholiga gaz yetkazib berish bilan shug‘ullanamiz, zapravkalar bizga qaramaydi, ular magistral liniyadan alohida quvur tortib olishgan”, - dedi.

Namangandagi navbatlar Farg‘onadagidan uzunroq

Ijtimoiy tarmoqlarda 27 - noyabrda tarqagan yana bir video Namangan viloyatida olingan bo‘lib, undagi avtomobillar navvbati Bag‘doddagidan uzunroq ekanini ko‘rish mumkin.

Газ ва бензин учун навбат
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:29 0:00

Toshkentdan olingan xabarlarga qaraganda, 27 - noyabrga kelib vaziyat biroz yumshagan: gaz zapravkalari oldidagi navbatda 150-200 tadan mashina turdi. Bir kun avval ham navbatning uzunligi deyarli 10 marta uzun edi.

Shahrisabzda navbat yo‘q

Ayni paytda mamlakatning janubiy viloyatlarida metan gazga navbat yo‘q. Har holda, tarmoqda e’lon qilingan bir video Shahrisabzda olingani iddao qilindi. Unda gaz quyish shoxobchasi oldi bo‘m-bo‘sh ekani, navbat kutgan birorta ham mashina yo‘qligini ko‘rish mumkin.

Шаҳрисабзда шохобчалар мижозларни кутмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:36 0:00

Shahrisabz tuman Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi Shahodat Qurbonova 27 - noyabrda Ozodlik savoliga javoban qabulxona xodimlari so‘nggi bir hafta ichida aholining elektr energiyasi va gaz bilan ta’minlanishi ahvolini o‘rganganini, “yechimini kutayotgan ba’zi muammolar bor”ligini, biroq metan gaz shoxobchalarida hech qanday navbat yo‘qligini bildirdi.

Har yili shu ahvol

O‘zbekistonda, ayniqsa Farg‘ona vodiysi viloyatlarida metan gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammo yillardan buyon davom etib kelmoqda.

Ozodlik bu haqda 2019 - yilning noyabrida ham:

2018 - yilning dekabrida ham:

2018 - yilning fevralida ham:

undan oldingi yillarda ham xabar qilgan.

Farg‘ona vodiysida tabiiy gaz, jumladan metan gazi (bu mahsulot tabiiy gazning siqilgan shakli) taqchilligiga barham berilmayotgani sababini namanganlik gaz mutaxassisi O‘zbekiston “Shimoliy So‘x” va “Cho‘ng‘ara-G‘alcha” yerosti gaz omborlaridan foydalana olmay qolgani bilan izohladi. Mutaxassis bu o‘zining taxmini bo‘lgani uchun ismi aytilishini istamadi.

O‘zbekiston uzoq yillar foydalanib kelgan “Shimoliy So‘x” va “Cho‘ng‘ara-G‘alcha” yerosti gaz omborlari qo‘shni Qirg‘izistonning Botken viloyati hududida joylashgan. Qirg‘iziston parlamenti 2011 - yil, 13 - mayda bu ikki gaz omborini Qirg‘iziston yurisdiksiyasiga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Vodiyda gaz taqchilligi shu qaror bilan bog‘liqmi? Nega metan zapravkalaridagi vaziyat turlicha: mamlakat sharqida metan yo‘q, janubida bor? Vodiy va Toshkent shahri aholisi o‘z mashinalariga qachon metan gazini navbatda turmay quya boshlaydi?

Bu savollarga javob olish uchun Ozodlik 27 - noyabrda Energetika vazirligi matbuot xizmati bilan bog‘landi. Xizmat xodimi savolni eshitib-eshitmayoq bugun (27 - noyabr) “O‘ztransgaz” rahbariyati AOKAda matbuot anjumani o‘tkazayotgani, hamma savollarni o‘sha joyda berish mumkinligini uqtirish bilan cheklandi. Chindan ham 27 - noyabr, soat 12 da AOKAda shunday matbuot anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan, biroq ushbu maqola yozilayotgan paytda mahalliy OAVda anjumandan xabarlar paydo bo‘lmadi.

Hukumatning uch yil oldingi mahobatli rejasi

Vazirlar Mahkamasi 2017 - yil, 11 - oktabrda «Avtomobillarga gaz to‘ldirish stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirish, avtotransport vositalarini siqilgan tabiiy gazga bosqichma-bosqich o‘tkazish, shuningdek, ular uchun mo‘ljallangan gaz ballon uskunalarining xavfsiz ekspluatatsiyasini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaror qabul qilgan.

Qarorga binoan 2017–2019 - yillarda O‘zbekistonda 178ta AGTKS (Avtomobilga gaz to‘ldiruvchi kompressor stantsiya) qurish rejalashtirilgan. Bu stansiyalar 800.447 avtomobilni siqilgan tabiiy gaz bilan ta’minlashi aytilgan.

Hukumat rejasiga ko‘ra, siqilgan tabiiy gazdan yonilg‘i sifatida foydalanish 3 yil ichida 21 foizga (2017 yilda — 2,4 mlrd kub metr, 2019 yilda — 2,9 mlrd kub metr) ortishi lozim edi.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG